Yoshlar uchun ijtimoiy xizmatlar


Download 7.19 Kb.
Sana09.09.2023
Hajmi7.19 Kb.
#1674873
Bog'liq
Yoshlar uchun ijtimoiy xizmatlar

Mavzu: O‘zbekiston yoshlar muammolarini o‘rganishda ijtimoiy ish huquqi fanini obyekti va predmeti.

Reja :

  • Yoshlar Ijtimoiy ishning ob`ekti sifatida.
  • Yoshlar o’zixa xos ijtimoiy dimografik guruh sifatida
  • Yoshlarga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar
  • Xulosa

Yoshlar tushunchasi

Yoshlar – bu jamiyatning ijtimoiy demografik guruhi bo’lib , yoshlar tarbiyalanayotgan jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti bilan aniqlanadigan yosh jihatlari , ijtimoiy holat , psixologik xususiyatlarning o’ziga xosligi yig’indisi bilan ajratiladi .

"Yoshlik" so‘zi jismoniy kamolotning tugashi va ijtimoiy kamolotga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan qaram bolalikdan mustaqil va mas'uliyatli kattalikka o‘tish bosqichini anglatadi


Yosh
14-17
O’smirlik
18-22
yoshlar
23-28
Voyaga yetgan yoshlar

Yoshlar qanday aniqlanadi ?

Angliyalik olim Saymon Fris yoshlarni aniqlashda o’z yondoshuvini , yoshlar holatining ijtimoiy kontekstini bolalikdan voyaga yetishga o’tish jarayoni sifatida ko’rib chiqishni taklif etadi . Uning tasavvurida bolalikdan voyaga yetish bog’liqlikdan– mustaqillikka va mas’ulyatsizlikdan– mas’ullikka o’tish hisoblanadi .

Olimlar yoshlikyoshinng quyi va yuqori chegaralari harakatchan ekanligi va ularning birinchi navbatda u yoki bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda muayyan mamlakat , jamiyatdagi siyosiy vaziyat , milliy o’ziga xosliklar , milliy ananalarga bog’liq bo’lishi haqida hulosa qilganlar .

Olimlar yoshlikyoshinng quyi va yuqori chegaralari harakatchan ekanligi va ularning birinchi navbatda u yoki bu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda muayyan mamlakat , jamiyatdagi siyosiy vaziyat , milliy o’ziga xosliklar , milliy ananalarga bog’liq bo’lishi haqida hulosa qilganlar .

Yoshlarga oid Davlat siyosati

  • Yoshlarga oid Davlat siyosati tushunchasi yoshlarni har tomonlama mukammal etib voyaga yetkazishda ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va qonuniy chora-tadbirlar tizimini nazarda tutadi. 
  • Qonunda yosh fuqarolar tushunchasiga izoh berilgan. Unga ko‘ra, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, xususan, yosh oila, yosh mutaxassis va yosh tadbirkor aynan yoshlar qatoriga kirishi qayd etilgan.

Yoshlar oid davlat siyosati

2016-yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi. Bu qonun loyihasi 24 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullanib, 12 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan edi. Qonun haqidagi hujjat "Narodnoye slovo” va "Xalq so‘zi” gazetalarida 15 sentyabrdan nashr etildi va shu kundan kuchga kirdi. Qonun 4ta bob, 33 moddadan iborat.

Yoshlarga oid Davlat siyosatining asosiy prinsiplari

  • ochiqlik
  • shaffoflik
  • yoshlarga oid davlat siyosatida yoshlar ishtirokini ta'minlash,
  • yoshlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hisoblanadi.

Yoshlarga oid Davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari

 

1. Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;

2. Yoshlarning hayoti va salomatligini saqlash;

3. Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy, jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish;

4. Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;

5. Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

 

6. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; 

6. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish; 

7. Iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlashtirish; 

8. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;

 9.Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish;

 

Yoshlar va ijtimoiy xizmatlar

  • Yosh oilalarni ma'naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash (munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish )
  • Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (imtiyozli kreditlar olishda ko’maklashish)
  • Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish ;

yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish

  • yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish
  • harbiy chaqiriq yoshidagilarni(18-27), harbiy chaqiriq komissiyasining yo‘llanmasi bilan tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish va davolash;
  • yoshlarning ta’lim olishini ta’minlash

Xulosa

Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi . Yoshlarning bilim olishi , sog’lom bo’lishi , turli yot ta’sirlardan himoyalanishi uchun ular ijtimoiy himoyaga olinadi . Bundan tashqari yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishida ko’maklashish zarur . Yoshlar mamlakat ertasini belgilovchi kuch hisoblanadi .

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 7.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling