Yoshlar va ta’lim
Download 16.7 Kb.
|
Yoshlar va ta\'lim
Yoshlar va ta’lim Bugungi rivojlanib kelayotgan Yangi O’zbekistonda barcha sohalar jadal rivojlanib kelmoqda. Shu qatorda ta’lim tizimi ham.Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek: “ Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo’lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug’iladi. Shuning uchun Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o’ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi”. Davlat siyosatining asosiy qismini tashkil etayotgan yoshlar va ularning ta’lim-tarbiyasiga oid masalalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ya’ni yoshlarning tarbiyasi va ulg’ayishida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi.Ta’kidlash joizki, davlatimiz har qanday sharoitda ham yosh avlodning ta’lim olishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solishyapti. Ya’ni pandemiya davrida ta’lim tizimida biroz uzilishlar, qiyinchiliklar bo’ldi. Shunga qaramasdan barcha ta’lim muassasalarida darslar online shaklda olib borildi. Kelajak avlodning yaxshi ta’lim olishi uchun barcha kerakli choralar ko’rildi va kerakli ishlar qilindi. Yaqinda prezidentimiz tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasining “ Ta’lim to’g’risida”gi qonunining asosiy maqsadi ham har qanday sharoitda yoshlarga sifatli ta’lim berish, yoshlarninhg bilim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilish hisoblanadi. Qonunga muvofiq, taʼlim turlari quyidagilardan iborat: · maktabgacha taʼlim va tarbiya; · umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim; · professional taʼlim; · oliy taʼlim; · oliy taʼlimdan keyingi taʼlim; · kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; · maktabdan tashqari taʼlim. Qonunga koʻra, davlat oliy taʼlim, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Uzoq yillar davomida toʻplanib qolgan tizim bilan bogʻliq muammolar bosqichma-bosqich hal etilyapti. Birgina oliy taʼlim tizimida oxirgi uch yil davomida amalga oshirilgan ishlar xususida toʻxtalsak. Respublikada 45 ta yangi oliy taʼlim muassasalari, jumladan, 30 ta mahalliy va 15 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalarining filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, oliy taʼlim muassasalari soni 125 taga yetkazildi. 22 ta xorijiy davlatlarning 104 ta yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etildi. Yoshlarni taʼlim bilan qamrab olish darajasi 25 foizga yetkazildi. Xalqaro ilgʻor tajribalar asosida professional taʼlim tizimini takomillashtirish, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus, professional taʼlim bosqichlari va ularga muvofiq taʼlim muassasalari turlari, variativ va uzluksiz kasbiy taʼlim dasturlari tizimi kiritildi. “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliq. Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” degan edi Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida. Yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida zamonaviy, ilgʻor-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun Oʻzbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Shu maqsadda Oʻzbekiston boshqa davlatlarni ham hamkorlikka chorlamoqda. Shu bois davlatimiz rahbari BMTning 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bagʻishlangan Samarqand xalqaro forumi oʻtkazilganini eslab, jahon hamjamiyatini Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasi qabul qilish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qabul qilinishi kutilayotgan Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi jahon miqyosida yoshlar haq-huquqlarini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Oʻz-oʻzidan bu tashabbus mahsuli taʼlim tizimiga ham oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Download 16.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling