Yoshlarda deviant yoki deliknvent xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari


Download 37.51 Kb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi37.51 Kb.
#1136850
  1   2   3
Bog'liq
мақола


Yoshlarda deviant yoki deliknvent xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari


Raxmonov E.A.
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Ijtimoiy ish (Yoshlar bilan ishlashni tashkil etish)
mutaxassisligi magistranti

Deviant xulq – atvor (lotin tilida deviatio – ogʻish) tushunchasi orqali quyidagi holatlar tushuniladi. Insonning mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan meʼyorlari, yaʼni “ruhiy sogʻlomlik, huquqiy, madaniy yoki axloq meʼyorlari”ga mos kelmaydigan harakatlaridir.


Mavjud jamiyatdagi rasmiy jihatdan qabul qilingan yoki qaror topgan meʼyorlariga (standart va shablonlar) mos kelmaydigan tarzdagi inson xatti – harakatlarining ommaviy shaklda ifodalanishi, ijtimoiy hodisa.
Birinchi holatda deviant xulq – atvor bevosita umumiy va yoshga oid psixologiya, pedagogika va psixiatriya predmeti sifatida oʻrin tutadi. Ikkinchi holatda esa deviant xulq – atvor tushunchasi – sotsiologik va ijtimoiy psixologiya predmeti hisoblanadi.
Deviant xulq – atvor koʻplab salbiy jihatlarni oʻz ichiga qamrab olishi bilan tavsiflanib, diniy nuqtayi nazardan bu holatlar “yovuzlik” koʻrinishida, tibbiyot nuqtayi nazaridan “kasallik” simptomlari sifatida, huquqiy meʼyorlar nuqtayi nazaridan “noqonuniy” koʻrinishda va hatto ushbu xulq – atvor shaklini “meʼyoriy boʻlmagan” koʻrinishda baholash kuzatiladi.
N.Smelzer tomonidan oʻz darsligida deviant xulq-atvorni izohlovchi turli xildagi nazariyalarga qisqacha sharh berib oʻtadi – bunda ruhiyatda genetik jihatdan orttirilgan tarzda sifat xususiyatlaridagi chetlashishlar koʻrinishidagi biologik jihatlardan tortib, kapitalistik jamiyatda qaror topgan alohida ijtimoiy qatlamlar oʻrtasidagi ziddiyatlar xosilasi sifatidagi deviant xulq-atvorni ifodalovchi radikal-kriminalistik holatlargacha vaziyatlar qisqacha tavsiflanadi1. Bu nazariyalarning tipologiyasi ularda yagona jadvalga solib chiqish xususiyatlari mavjudligini ifodalaydi. Bu yerda biz fiziologik va psixotahliliy izohlashlarga eʼtibor qaratmaymiz, balki ayrim yetakchi mavqega ega boʻlgan sotsiologik konsepsiyalarga qisqacha toʻxtalib oʻtishni maqsadga muvofiq hisoblaymiz.
Deviant xulq – atvorning madaniylashtirilgan jihatini oʻrganilishi Rossiyada Ya.I.Gilinskiy hisoblanib, u tomonidan “deviant xulq – atvor” tushunchasi fanga kiritilgan va hozirgi kunda bu atama “chetlashuvchi xulq-atvor” atamasi bilan bir xil maʼnoda qoʻllaniladi.
Konsepsiyalardan biri – yorliqlarning osilmaslik nazariyasi hisoblanadi2. Deviatsiya sotsiologiyasida “deviant xulq-atvor boʻyicha yorliqlarning osilmaslik nazariyasi” koʻpincha holatlarda deviatsiya boʻyicha “sotsiyetal reaksiya nazariyasi” deb ham foydalaniladi3. Bu ikkila koʻrinish shuni anglatadiki, sotsiologik izohlashlar deviant xulq-atvorning individual psixologiya hosilasi sifatida yoki genetik irsiyat asosidagi holat emasligini anglatadi, balki sotsial strukturalar va sotsial nazorat taʼsiri natijasi ekanligini anglatadi.
Agar oʻsmir qonunbuzar jinoyat qilishda ayblanib hibsga olinsa, bu holat uning kelgusidagi hayotiy faoliyatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu turli xil yoʻl bilan amalga oshirishi mumkin. Bu koʻrinishdagi taʼsirlardan biri – ruhiy tavsifga ega hisoblanadi: Oldin oʻzini boshqalar singari his qiluvchi kishi endi oʻzini boshqalardan farqli xususiyatlarga ega hisoblay boshlaydi. Endi unga jinoyatchi yorligʻi osiladi, yoki boshqacha aytganda jinoyatchi – oʻsmir yorligʻi yopishtiriladi, aytish mumkinki, bu yorliq yordamida bu koʻrinishdagi oʻsmirlar osonlik bilan jinoyatchilik toʻdalari, tashkilotlari toʻri tarkibiga tushib qoladi. Bu yoʻl boʻylab har bir qadam his-tuygʻularni mustahkamlaydi, natijada ular oʻzlarini boshqalar singari meʼyoriy emasliklarini qabul qila boshlashadi. Ular kriminalistik oʻxshashlikka ega hisoblanadi. Ayrim holatlarda bu koʻrinishdagi jarayon stigmatizatsiya deb xam nomlanadi.
Stigma (grek tilida stigma – dogʻ, tamgʻa degan maʼnoni anglatadi) – bu individni yoki hatto butun ijtimoiy guruhlarni diskreditlovchi ijtimoiy belgi hisoblanadi. Bu yondashuvning asoschilaridan amerikalik sotsiolog R.Kollinz tomonidan “yorliqlarning yopishtirilishi” kuchli taʼsiri ostida yuzaga keluvchi ijtimoiy vaziyatlar ishonarli tarzda ifodalab berilgan: “Taʼkidlanishicha, jamiyatda barcha odamlar qonunlarni buzadi. Biroq, ularning ayrimlarigina qoʻlga tushadi, ayblanadi va ularga tamgʻa yopishtiriladi va ular toʻlaqonli jinoyatchilarga aylanishadi. Agar jinoyatchilar sud orqali yoki qamoqxona orqali oʻtkazilsa, u holatda ularning kelgusida bechora, qora kimsalarga aylanishi ehtimoli darajasi ortadi yoki qandaydir boshqacha yoʻl bilan kimlarningdir «ijtimoiy nomaʼqul”, “ijtimoiy taʼqiqlangan” hisoblanuvchi gʻoyalari taʼsiri ostiga tushib qolishadi4.
R.Kollinz tomonidan koʻrsatib oʻtilishicha, jamiyatda jinoyatchilikning mavjudligi holati nisbatan radikal (mutaasib) holatda izohlanadi. Masalan, xususiy shaxslar tomonidan giyohvand moddalarni saqlash va sotish koʻrinishida tarqatish tegishli qonunlar bilan taʼqiqlanishiga qadar jinoyat hisoblanmagan. Jamiyat va davlat organlari bu holatlarni tegishli jinoyat sifatida qayd qilgan. Hozirgi kunda parodoksal holatda giyohvand moddalarni sotish bilan shugʻullanuvchilar tomonidan ularning saqlash va tarqatish orqali yashirin daromad koʻriladi, giyohvand moddalarning qonuniy tarzda tarqatilishi esa ularni juda katta daromaddan mahrum qiladi.
E.Dyurkgeym tomonidan keltirilgan gʻoyalardan biri – sezilarli taʼsirga ega deviatsiya sotsiologik nazariyasini tuzishda yoʻnaltirilgan nuqta vazifasini bajaradi. Bu gʻoya – anomiya gʻoyasi hisoblanadi. Bizga maʼlumki, bu tushuncha bilan “ijtimoiy oʻzaro munosabatlar bilan boshqariluvchi meʼyorlarning tutgan oʻrni pasayishi” koʻrinishidagi ijtimoiy vaziyat tavsiflanadi. E.Dyurkgeym tomonidan taʼkidlanishicha, yetarlicha koʻp holatlarda deviatsiyalar (jumladan, uning oʻz joniga qasd qilish bilan bogʻliq holatlarida) aniq tarzdagi ijtimoiy meʼyorlarning mavjud emasligi natijasida yuzaga kelishi kuzatiladi. Ushbu holatda tartiblarga boʻysinish talab qilingan holatda, koʻpchilikning bu holatga kam rozilik bildirishi holatlarida qayta tashkillanishning umumiy holati yoki anomiya chuqurlashadi.
Ushbu gʻoyaga tayangan holatda Robert Merton tomonidan deviatsiyaning anomik konsepsiyasi ishlab chiqilgan5. U taʼkidlashicha, xohlagan turdagi deviatsiyaning asosiy sababi institutsional madaniy maqsadlari va ushbu maqsadlarga erishishda ijtimoiy maʼqullangan vositalarga ega boʻlish oʻrtasidagi uzilish holatlari yuzaga kelishi bilan bogʻliq hisoblanadi. Koʻp sondagi ijtimoiy struktura elementlari orasidan R.Merton uning fikriga koʻra eng muhim ikkitasini ajratib koʻrsatadi.
Birinchisi – bu maʼlum bir jamiyatning madaniy maqsad va manfaatlari hisoblanib, bu holat butun jamiyat uchun qabul qilinuvchi yoki uning alohida qatlamlari uchun, ular tomonidan ijtimoiy muvofiq (va shu sababli institutsional deb nomlanuvchi) deb topilgan tarzdagi “qonuniy” maqsadlar koʻrinishida namoyon boʻladi.
Ikkinchi element ijtimoiy muvofiq deb topilgan vositalarni aniqlaydi (maqsadlarga erishish usullari) va nazorat qiladi, shuningdek ularning qoʻllanilishini nazorat qiladi. R.Merton odamlarning ijtimoiy va madaniy jihatdan berilgan maqsad va vositalarga moslashishida beshta tipini ajratib koʻrsatadi. Yaqqol tarzda ifodalanishi uchun u ularni sxematik jadvalga joylashtiradi va bu yerda “+” ramzi “qabul qilish”, “+-” ramzi mavjud joriy qadriyatlarning rad etlishi va ularni yangilari bilan almashtirishni» ifodalaydi.

Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling