Yoshlarda deviant yoki deliknvent xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi omillarning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari


-rasm. Salbiy deviant xulq-atvorning asosiy turlari


Download 37.51 Kb.
bet3/3
Sana28.01.2023
Hajmi37.51 Kb.
#1136850
1   2   3
Bog'liq
мақола

2-rasm. Salbiy deviant xulq-atvorning asosiy turlari

Alkagolizm – spirtli ichimliklarga patologik holatda ruju qoʻyishdan iborat boʻlib, oʻz navbatida bu holat shaxsning ijtimoiy – axloqiy jihatdan degradatsiyasiga olib keladi. Mastlik – bu alkogolni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish bilan bogʻliq holat hisoblanib, oʻz navbatida bu holat shaxsning salomatligiga jiddiy xavf tugʻdiradi, uning ijtimoiy moslashuvchanlik xususiyatini izdan chiqaradi.
Koʻpincha holatlarda alkogol isteʼmol qilish motivlari sifatida: shunchaki koʻngilhushlik, yaqin muhitning taʼsiri, anʼanalarga sodiq qolish, sanalarni bayram sifatida nishonlash, er-xotinlik va oilaviy munosabatlardagi kelishmovchiliklar, ishdagi omadsizliklar koʻrsatib oʻtiladi8. Alkogolga bogʻlanib qolish asta – sekin shakllanadi va murakkab tarzda aniqlanadi, bu holat ichuvchi odam organizmida amalga oshadi. Spirtli ichimliklarga ruju qoʻyish bevosita odamning xulq – atvoriga sezilarli taʼsir koʻrsatadi: jumladan, ichishga tayyorgarlikda besaranjomlik, “qoʻllarni bir biriga ishqalash”, ruhiy kayfiyatning koʻtarinkiligi qayd qilinadi. Odamda “alkogolga ruju qoʻyish malakasi” qancha katta boʻlsa, u ichimlikdan shuncha kam huzurlanadi.
Fohishabozlik (lotincha prostitution – bulgʻamoq). Olimlar tomonidan fohishabozlikka tegishli quyidagi asosiy belgilar ajratib koʻrsatiladi:
Mashgʻulot turi – mijozlarning jinsiy mayllarini qondirish;
Mashgʻulot tavsifi – turli xildagi shaxslar bilan jinsiy aloqa shakllarida tizimli tarzdagi fikrlashlar, hissiyotlarsiz koʻngilhushlik va mijozlarning jinsiy ehtiyojlarini hoxlagan yoʻl bilan qondirishga yoʻnaltirilgan xatti – harakatlar;
Mashgʻulot motivi – pul yoki moddiy qimmatbaho buyumlar bilan taqdirlash koʻrinishida oldindan ragʻbatlantirish, rozilik, bu holat fohishabozlikning mavjudligida asosiy yoki qoʻshimcha manbalar hisoblanadi.
Fohishabozlikning sabablari sifatida boshqa koʻplab ijtimoiy xulq-atvordagi chetlashishlar singari ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-axloqiy omillar ajratib koʻrsatiladi. Fohishabozikning yana bir boshqa sababi sifatida atrof muhitda fohishabozlikning rivojlanganligi koʻrsatiladi.
Oʻz joniga qasd qilishga olib keluvchi xulq-atvor. Oʻz joniga qasd qilish – bu ongli ravishda oʻzini yashashdan mahrum qilish yoki oʻz joniga qasd qilishga urinishdan iborat hisoblanadi. Oʻz joniga qasd qilishga olib keluvchi xulq-atvor oʻsmirlarda koʻpincha holatlarda hayot tajribasiga ega boʻlmaslik va hayotiy moʻljal olishni aniqlay olmaslik bilan izohlanadi. Aftidan ushbu sabablar bilan birgalikda alohida oʻziga xos sabablar xam mavjudligi koʻrsatiladi. Quyidagi sabablar keng tarqalgan:
Atrofida yaqin kishini yoʻqotish yoki muhabbat hissining yuqori darajada his qilinishi;
Oʻzining munosibligiga boʻlgan ishonchsizlik hissi;
Chegaraga yetish darajasida adashish (yoʻldan ozish);
Alkogolizm taʼsirida mastlik va psixotrop moddalar qabul qilish oqibatida shaxsning himoya mexanizmlarining buzilishi;
Toksikomaniya va giyohvandlik;
Oʻz joniga qasd qilgan yuqori nufuzli shaxsga taqlid qilish;
Oʻtkir tajovuz, qoʻrqinch shaklidagi affekt yoki frustratsiya holati, bunda odam oʻz xulq-atvori ustidan nazorat qilish hissini yoʻqotadi9.
Oʻz joniga qasd qilishga olib keluvchi xulq-atvor sabablarini aniqlashda uning motivlari va unga olib keluvchi aniq shart-sharoitlar holatlarini oydinlashtirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Motiv va sabablarni aniqlash maʼlumotlarning kamligi sababli har doim ham samarali amalga oshirilmaydi.
Giyohvandlik – bu kasallik hisoblanib, giyohvand moddalarga bogʻliq holatda jismoniy yoki ruhiy qaramlik bilan namoyon boʻladi, unga boʻlgan rad etib boʻlmas bogʻlanish va oqibatda organizmning jismoniy va ruhiy inqiroziga olib keladi. Giyohvandlikda etnologik sabablar orasida giyohvandning shaxsi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuningdek, bunda demografik, yoshga oid va ijtimoiy – tibbiy jihatlar hisobga olinadi. Giyohvandlar orasida erkaklar koʻpchilikni tashkil qiladi. Boshqa bir muhim holat – bu giyohvandlik moddalarini isteʼmol qiluvchilarning asosiy qismi 12 – 25 yosh oraligʻidagi oʻsmir – yoshlar ekanligi hisoblanadi10.
Giyohvandlik – yoshlarning kasalligi sifatida qayd qilinadi. U ijtimoiy hayotda meʼyoriy holatda eng kuchsiz, irodasiz yoshlarni oʻz domiga tortib ketadi. Uning mamlakat kelajagidagi xavfi xam aynan ushbu holat bilan belgilanadi. Butun dunyoda giyohvand moddalar isteʼmol qiluvchilar orasida 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar yetakchilik qilishi qayd qilingan. Bu muhit orasida giyohvandlikning oʻsishi jadalligi eng yuqori darajada namoyon boʻladi. Hozirgi kunda giyohvandlikka ruju qoʻyuvchilar orasida oʻrtacha yosh 13 yoshni tashkil qilishi uning jiddiy muammoligini anglatadi.
Giyohvandlik oʻtkir koʻrinishdagi ijtimoiy oqibatlarga ega hisoblanadi, bunda qonunbuzarlik soni ortishi, odamlarning jismoniy va ruhiy salomatligiga putur yetkazilishi va ayniqsa yoshlar ommasi jiddiy zarar koʻrishi qayd qilinadi. Aynan voyaga yetmagan oʻsmirlar, bolalar zamonaviy jamiyatda yuqorida keltirilgan salbiy ijtimoiy hodisalarga kuchli beriluvchanlik xususiyatini namoyon qiladi.
Deviant, yaʼni meʼyordan ogʻuvchi xulq – atvor insonning keng koʻlamdagi qilmishlari spektrini oʻz ichiga qamrab oladi. Ogʻish amplitudasiga bogʻliq holatda va shuningdek meʼyorning buzilish xususiyatlari boʻyicha uning uchta darajasini ajratib koʻrsatish mumkin:
1. Axloq va odob meʼyorlaridan sezilarsiz darajadagi chetlashishlar; xususiy deviant xulq atvor;
2. Huquqiy meʼyorlarning buzilishi, biroq bu holatda ham xulq – atvorning meʼyoridan ogʻish unchalik sezilarli darajada boʻlmasdan, jinoiy javobagarlikka tortish darajasida boʻlmagan holatda aks etadi, sotsiologiyada bu koʻrinish delikvent (noʼmaqul) xulq – atvor tushunchasi orqali ifodalanadi.
3. Huquqiy meʼyorlarning jiddiy tarzda buzilishi, boshqacha aytganda jinoyatchilikka oid yoki kriminal xulq – atvordir.
Psixolog oʻsmir shaxsi psixologik holatini baholashda qayd etilgan meʼyorlardan birini oladi. Aksariyat hollarda individning psixologik holatini baholash jarayoni yashirin ideologik va siyosiy tus olib, oxir-oqibat alohida bir guruh insonlar ongida yoki jamiyatda ustuvorlik qilgan qadr-qimmat tizimiga koʻra baholanadi.

1 История социологии в Западной Европе и США. Учебник / Отв.ред. Г.В.Осипов. – Москва, 2001.

2 Osnovы sotsialnoy rabotы / Otv. red. P.D.Pavlenok. – 3-ye izd. – M: INFRA-M, 2006. – 560 s.

3 Osipova O.S. Deviant hulq – atvor: farovonlik yoki zulmat? // Sotsis. – 1998. - №9.

4 Collins R. Weberian sociological theory. Cambridge:Cambridge University Press, 1986.

5 Дюркгейм Э. Самоубийство: Социологический этюд. /Пер, с фр. с сокр.; Под ред. В. А. Базарова. – Москва: Мысль, 1994. Книга II Социальные причины и социальные типы. – С. 42-53.

6 Мертон Р. К. Социальная структура и аномия // Социологические исследования. 1992. №2. – С. 118.

7 Osipova O.S. Deviant hulq – atvor: farovonlik yoki zulmat? // Sotsis. – 1998. – №9.

8 Ijtimoiy chetlashishlar – 2-nashr., qayta ishlangan va toʻldirilgan. – Moskva, Huquqiy adabiyot. 1989, - 65 bet.

9 П.Д. Павленок. Ижтимоий иш асослари. – Москва,1998. – С. 274.

10 Маркова Н.Е. Культуринтервенция//Гиёванд моддаларга йўқ!/http://www.narkotiki.ru/research_5375.html

Download 37.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling