Yoshlarimiz ta`lim tarbiyasida axborot xavfsizligining o`rni samvmi o`qituvchisi: Suvanova Dilnura Kurbanovna Samvmi talabasi: Nematova Nigora
Download 21.28 Kb.
|
iqtidorli talaba bilan
YOSHLARIMIZ TA`LIM TARBIYASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING O`RNI SamVMI o`qituvchisi: Suvanova Dilnura Kurbanovna SamVMI talabasi: Nematova Nigora Hozirgi paytda dunyoda globallashuv, madaniyatlararo qorishuv jarayoni kechmoqda. Bu murakkab jarayon nafaqat yoshlarga, balki barcha fuqarolar dunyoqarashiga ham ta`sir etmoqda. Yoshlar ma`naviy dunyosini egallash borasida turli axborot maydonlaridan faol foydalanish “poyga”si jadallashmoqda. Bunda internet va axborot texnalogiyalarining o`rni beqiyos. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so`zlagan nutqida yoshlarning ongu tafakkurini ma`rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligini alohida ta`kidlab o`tdilar. Jumladan Yurtboshimizning “globallashuv va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat-BMTning Yoshlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish”1 ni taklif etganlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda axborot xavfsizligi tushunchasi faqat axborot texnologiyalari sohasidagi olimlar va mutaxassislar tomonidangina emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari vakillari, siyosatchilari, iqtisodchilari va moliyachilar tomonidan ham keng qo`llanila boshlandi. Shu bois har qanday davlat har qanday jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga jiddiy e`tibor qaratmoqda. Boshqacha aytganda, hozirgi dunyoda axborot xavfsizligini ta`minlash muammolari axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalangan holati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki , axborot qudratli kuchga aylanib, yadro poligonlaridan ham xavfliroq tus olib bormoqda. Jahonda noxolis axborot tarqatish, uni salbiy talqinqilish yoki o`z manfaatiga moslab uzatish holatlari avj olmoqda. Shuning uchun ham axborot xavfsizligini ta`minlash har qachongidan ham muhimdir. Demak, axborot sohasini isloh qilish, so`z erkinligini ta`minlash masalasini o`rganish va tatqiq etish zarur va shartdir. Axborot xurujlarining oldini olish, axborot xavfsizligini ta`minlash mamlakatni ichki va tashqi xavflardan himoyalash demakdir. Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning oldini olish va bartaraf etishda huquqiy, dasturiy texnik va tashkiliy iqtisodiy usullar qo`llanildi. Bugungi kunda va mutaxassislar tomonidangina emas, balki davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar va moliyachilar tomonidan ham keng qo`llanila boshlandi. Shu bois har qanday davlat , har qanday jamiyat axborot xavfsizligi muammosiga jiddiy e`tibor qaratmoqda. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o`sishi milliy madaniyat va qadriyatlarning uyg`unlashuviga olib keladi. Boshqacha aytganda, madaniyatlarning qo`shilib ketishi natijasida o`zgacha madaniyat yuzaga keladi. O`zbekistonda milliy mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar va huquqiy me`yoriy hujjatlarda xalqaro huquqiy aktlar talablariga har tomonlama javob bera oladigan demokratik tamoyillar asos qilib olindi. Shuning uchun ham mamlakatda OAV faoliyati qisqa davr ichida demokratik qadriyatlar asosida butunlay yangidan tashkil etildi. Mustaqillik arafasidayoq, ya`ni 1991 yilning 14- iyunida “Ommaviy axborotlar to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi konstitutsiyamizning 67-moddasida quyidagicha keltirib o`tilgan. “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g`riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo`l qo`yilmaydi”2 Ommaviy axborot vositalari tushunchasiga qonunchilik bilan birga ilmiy adabiyotlarda ham muayyan darajada ta`rif berilgan. Xususan, S.Xidirov va G`.Mirzolarning ta`kidlashicha, “Ommaviy axborot vositasi- sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik-axborot sifatida ommaga yetkazib turuvchi muassasa” sifatida ta`riflaydi. Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Xulosa qilib aytganda olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. 1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. 2 O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi “O`zbekiston” 2015-y 22-bet Download 21.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling