Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari Axmedov Baxtiyor Shodiyorovich


Download 59.12 Kb.
bet4/4
Sana26.02.2023
Hajmi59.12 Kb.
#1233748
1   2   3   4
Bog'liq
IIV Akademik litseyga Axmedov B.Sh.

Mahalla va tashkilotlarda:
muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari ishtirokida va yoshlarni jalb etgan holda “Askar – mahalla mehmoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazish;
yoshlar bilan ofiser, serjant, oddiy askarlar hamda kursantlar (ta’til
vaqtida) ishtirokida “Biz, Siz bilan faxrlanamiz” mavzusida uchrashuv va jonli muloqotlar tashkil qilish;
yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni kutib olishga bag’ishlangan “Mahallamiz faxri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazish;
muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni tantanali kuzatish oldidan yoshlar ishtirokida “Oq yo’l senga, yurt himoyachisi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etish;
O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari huzurida tashkil etilgan “Jasorat” klublari faoliyatini samarali yo’lga qo’yish;
mehnat yarmarkalarini tashkil etish;
xorijga chiqqan yoshlarning ota-onalari bilan maqsadli ishlarni olib borish;
harbiy-vatanparvarlik mavzularida sport marafonlari, festival va aksiyalar o’tkazish.
Armiyada xizmat o’tayotgan harbiy xizmatchi yoshlar yo’nalishida olib boriladigan ishlar quyidagilardan iborat:
ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik va ma’naviyat soatlari;
axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va axborot berish soatlari;
jangovar tayyorgarlik va qo’shinlar xizmati tadbirlari;
harbiy an’analarni, mamlakatimiz hayotidagi asosiy bayramlar va tarixiy sanalarni nishonlash tadbirlari;
tanlovlar, intellektual o’yinlar, sport musobaqalari, ekskursiyalar va madaniy hordiq tadbirlari;
hujjatli va badiiy filmlar, maxsus ko’rsatuvlar namoyishi va muhokamasi tadbirlari;
taniqli yozuvchi va olimlar, fan va san’at arboblari, sport namoyandalari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, jonli muloqot va madaniy kechalar;
seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari.


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
samaradorligi va kutilayotgan natija

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi – tashkil etilayotgan va o’tkazilayotgan tadbirlarning yoshlar ongi va qalbiga ijobiy ta’sir etib, ularning intellektual, ijodiy va kasbiy salohiyatini ro’yobga chiqarishdagi faolligi oshgani, mustaqil


Vatanini himoya qilish hamda xavfsizligi uchun fuqarolik burchi va mas’uliyatini anglab yetgani, davlat va jamiyat manfaatlari yo’lida har qanday xizmatga doimo shay turish pozisiyasi shakllangani bilan belgilanadi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan kutilayotgan natija, bu vatanparvarlik tuyg’usi yuksak, zamonaviy bilim, mustahkam iroda va qat’iy hayotiy pozisiyaga ega yoshlarni oliy ta’lim, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlari, milliy armiyamiz saflarida shartnoma bo’yicha harbiy xizmatni o’tashlari, davlat organlarida va tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritishlaridan iborat.
Shu bilan birga, mazkur yo’nalishda olib borilgan ishlar pirovardida mamlakatimizning barcha sohalari uchun vatanparvar, o’z kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlar zaxirasini shakllantirish ko’zda tutilgan.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida “Kelajagi buyuk davlat qurishda, yoshlar hal qiluvchi kuchdir!” – degan qat’iy tamoyilga amal qilib, tizimli ishlarni izchil tashkil etsak, bu yo’lda bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilsak, albatta, muayyan natijaga erishishimiz muqarrar.
Download 59.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling