Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari Axmedov Baxtiyor Shodiyorovich
Download 59.12 Kb.
|
IIV Akademik litseyga Axmedov B.Sh.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari Axmedov Baxtiyor Shodiyorovich O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxasislar tayyorlash markazi Gumanitar va ijtimoiy fanlar sikli o’qituvchisi “Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozisiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda o’rta maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo’yicha o’ziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda”. Shavkat MIRZIYOYEV O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Harbiy-vatanparvarlik ma’naviy fazilatlar sirasida muhim o’ringa ega. Ushbu fazilat birinchi o’rinda insonning Vatan oldidagi burchini his etishini, uning manfaatlarini himoya qilishda shaxsiy jonbozlik, fidoyilik ko’rsatishini, kerak bo’lsa qahramonlikka tayyorligini anglatadi. Harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiya – tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismi bo’lib, yosh avlodda Vatanni asrashda zarur bo’ladigan yuqori mudofaa hissini, siyosiy, axloqiy, psixologik sifatlarni shakllantirish, harbiy-texnik bilimlarni egallash, shaxsning jismoniy takomillashuvi jarayonidir. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini shakllantirish, ularni o’z fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan davlat va nodavlat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining maqsadli, tizimli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan ko’zlangan maqsad – yoshlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, yurt tinchligini asrash, Vatan ravnaqi uchun faol bo’lishga undaydigan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni qaror toptirish, mamlakatimizning barcha sohalari uchun jonkuyar, halol, o’z kasbiga sadoqatli va etuk kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilanadi: yoshlarni O’zbekiston Respublikasi, uning xalqi va Prezidentiga sadoqat, yuksak vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish; yoshlarning faol hayotiy pozisiyasi va qat’iy e’tiqodini, Vatan taqdiri uchun mas’uliyatini kuchaytirish, ularning turli ko’rinishdagi axborot-psixologik hurujlarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahkamlash; yoshlarda Vatan ozodligi yo’lida jasorat ko’rsatgan buyuk ajdodlarimiz hamda O’zbekiston mustaqilligini himoya qilish uchun jon fido etgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo’lish tuyg’usini shakllantirish; yoshlarga buyuk tariximiz, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini chuqur tushuntirish, ular qalbida milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini kuchaytirish; yoshlarning qalbi va ongiga jonajon Vatanimizni himoya qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi, Vatan chaqirig’iga asosan uni himoya qilishga doim shay turish, yurt uchun fidoyi bo’lish lozimligini chuqur singdirish; yoshlarga Vatanimizning mustaqilligi, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoyalashda milliy armiyamizning o’rni va ahamiyatini, jangovar salohiyatini keng tushuntirish; bugungi kunda amalga oshirilayotgan Yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyatini, yosh avlod vakillariga ko’rsatilayotgan e’tibor, ularning intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni aniq misollar bilan yoshlar ongiga singirib borish; yoshlarning ongu shuuriga o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lishlikni, egallagan kasbiga sadoqati va fidoyiligi bilan Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shish tushunchalarini yetkazish. Harbiy-vatanparvarlikning mazmuni, uning maqsad va vazifalari bilan belgilanib, jamiyat taraqqiyotiga bog’liqdir. Barcha sohalardagi taraqqiyot insonning hayot mazmuni, qadriyatlari, maqsad va intilishlariga, o’z navbatida Vatanga va milliy madaniyatga bo’lgan munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi. Download 59.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling