Yoshlarning halol va haromni farqlab olishlari, shubhasiz jinoyatchilar
Download 155.55 Kb.
|
Matematika 4ta
Ona tili 1. Yoshlarning halol va haromni farqlab olishlari, shubhasiz jinoyatchilar olamining kamayishiga olib keladi. Ushbu gapda ostiga chizilgan so`zning tasviriy ifodasi qaysi qatorda to`g`ri berilgan? A) yomonliklar kaliti B) jamiyatga tushgan qurtlar C) taraqqiyot kushandasi D) oq ajal 2. O`zaro zid ma`noli so`zlar juftligini aniqlang. A) moziy – o`tmish B) uquvsiz – noshud C) mushkul – dushvor D) boy – kambag`al 3. Qaysi qatordagi otlashgan so’z sifat bilan ifodalangan? A) Yugurgannikimas – buyurganniki. B) Tarbiyali bola ota-onasini uyatga qo’ymaydi. C) Ustimizdan yozganlar endi nima qilarkan? D) Ilg`orlarga mukofotlar topshirildi. 4.ot+ot shaklidagi so’z berilgan qatorni toping? A) otboqar B) achchiqtosh C) karnaygul D) oqqush 5. Qaysi qatorda shaxs oti qatnashgan? A) Olimtoy yana eski ishini boshladi. B) Toshkent va Samarqandda bo’lgan Alisher oshib-toshib gapirar edi. C) Yigit va qiz bu haqida bilishmas edi. D) Qorovultog’dan hamma narsa kichik ko’rinadi. 6. Shom sari yurish oldidan Qorabog‘da chodir tikib uzoq turib qoldik. Harb-u zarb mashqlarini puxtalamoq uchun qo‘shin ichinda bo‘lib, ochiq havoda tunadik. Ko‘p vaqt o‘tkazib, safar oldidan chodirga qaytsak, ajib manzaraning guvohi bo‘ldik. Ajratib ko`rsatilgan so`zning eskirgan (arxaik) shakli qaysi qatorda berilgan? A) sipoh B) raiyat C) cherik D) dorug`a 7. Qaysi javobda shaxsi (egasi) ma`lum gap berilgan? A) Qachongacha faqat o`z nafsingni o`ylab yashaysan, uka. B) Boshingga qilich kelsa ham, to`g`ri gapir. C) Ilm hayo bilan kibr orasida yo`q bo`lib ketadi. D) Oyni etak bilan yopib bo`lmaydi. 8. Faqat tobe qismi yasama so`z bilan ifodalangan otli so`z birikmalarini aniqlang. A) quvonchli xabar, baxtli bolalik B) befoyda mashg`ulot, behuda urinmoq C) donishmand ustoz, o`zlikni anglamoq D) sarflangan vaqt, diyonatli inson 9. Qaysi javobda egalik qo`shimchasi qo`shilganda fonetik hodisaga uchraydigan yasama so`zlar berilgan? A) suvoq, tarqoq, o`rik B) titroq, yaltiroq, sherik C) elak, chirik, qovoq D) istak, to`shak, yamoq 10. Qaysi javobda miqdor sonning bir ma`noviy turiga mansub so`zlar qatori berilgan? A) beshdan ikki, chorak, yarim B) sakkiz, uchalasi, qirqta C) yuzlab, mingtacha, to`qqiz D) beshtadan, yettita, minglab 11. Qaysi javobda paronim bilan bog`liq xatolik bor? A) Qal`a mustahkam, beklar sadoqatli, shuning uchun dushmanga aslo bo`yin egmaymiz. B) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak. C) Konstitutsiya 6 bo`lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. D) Do`stim ko`proq ilmiy ish bilan shug`ullanishni afzal ko`radi. 12. Qaysi javobda imloviy xatolik kuzatiladi? A) Mehnatsevarlik bizni porloq kelajak sari olib boradi. B) Ona tabiat insonga turli-tuman ne`matlarni in`om etib, unga hayot bag`ishlab turadi. C) Allanarsa eshikga gup etib urilganday bo`ldi. D) Men suygan suyukli shunchalar go`zal, Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal! Download 155.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling