YO'SIN, QIRQQULOQ, QIRQBO'G'IM
1. Funariya yo'sinining arxegoniysi qanday shaklda bo'ladi?
A) xaltacha B) sharsimon C) ko'p qirrali D) kolbacha
2. Funariya yo'sinining bargi necha qavat hujayradan iborat ekanligini aniqlang. A)2 B)3 C)1 D)ko'p
3. Yo'sinlar arxegoniysi ichida hosil bo'lgan zigota o'sib, nimaga aylanadi?
A) qisqa bandli sporangiyga B) gametofitga C) yangi mox hosil bo'ladi D) yashil ipchaga
4. Yo'sinlar qaysi belgisi bilan suvo'tlarga o'xshaydi?
A) jinsiy hujayralarning tuzilishi bilan B) faqat tuxum hujayralarning tuzilishi bilan
C) tana tuzilishi bilan D) ko'payishi bilan
5. Yo'sinlarning urug'lanishi qayerda nima orqali amalga oshadi?
A) rizoidlar, spermalar B) suvda, arxegoniylar C) quruqlikda, spermalar D) suvda, spermatozoidlar
6. Hayotiy shakli jihatidan qirqquloqlarning orasida qanday formalar uchraydi?
a) ko'p yillik o'tlar; b) bir yillik o'tlar; c) butalar; d) daraxtlar; e) chala butalar
A) b,d B) a,c C) a,d D) a,e