Yozef gaydn ijodi bajardi: 20-12 guruh talabasi Abduvaliyeva dilnavo Tekshirdi: ibragimova nilufar
Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o`zining ko`plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo`lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi
Download 0.69 Mb.
|
1 2
Bog'liqportal.guldu.uz-YOZEF GAYDN IJODI
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o`zining ko`plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo`lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi.
1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o`rin tutadi. Gaydnning ilk ko`ngilochar simfoniyalaridan farqli o`laroq, bu simfoniyada Betxoven musiqasining ba`zi sahifalariga yaqin bo`lgan ta`sirchan va dramatik obrazlar mavjud. Simfoniya an`anaviy 4 qism o`rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya shamchiroqlar yoqib ijro etiladi. So`nggi qism ijrosida sozandalar navbat bilan shamchiroqlarni o`chirib, cholg`ularini olib chiqib ketishadi. Simfoniyani ikki skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan. Knyaz Estergazi o`z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta`til bermagan. Sozandalar yordam so`rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo`llaydi. Ijodining uchinchi davri(1791 -1801).1791-yilda skripkachi va antreprenyor Petr Solomon taklifga binoan Gaydn Londonga keldi. Bu erda u qator kontsertlarga dirijyorlik qilishi, opera va 6 ta simfoni yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz` Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo`ri kapellani tarqatib yuboradi. Biroq mashhur bo`lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri sifatida xizmat qilishi unga yoqardi. Shu narsa Estergazini “ uning xizmatkori” bo`lgan Gaydn boshqa ishga o`tib ketmasligi uchun nafaqa belgilashga majbur bo`ldi. Gaydn baxtli edi. Nihoyat u erkin va mustaqil Anliyaga kontsertlar bilan borish taklifiga u rozilik berdi. O`zining mustaqilligiga qaramasdan, Gaydn xizmatni tashlab ketolmasdi. O`sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellarida ishlashi yoki cherkov xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha hech bir kompozitor mustaqil hayot kechirishga botina olmagan . Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi. Kompozitor ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining so`nggi yillari. Gaydn juda bandligiga qaramasdan, yangi musiqa asarlarni tiklashga ulgurardi. Yosh jihatdan kattaroq bo`lgan zamondoshi Gendelning oratoriyalari Gaydnda juda chuqur taassurot qoldirdi. Gendel musiqasini ta`siri shunchalik kuchli bo`ldiki, Venaga qaytgan Gaydn -- “ Dunyoning yaratilishi” va “ Yil fasllari” nomli oratoriyalarini yozdi. Gaydn Gendelga taqlid qilish yo`lidan bormadi. Uning oratoriyalari o`zgacha muammolarni qamrab oladi: Gendelning Injil qahramonlari o`rniga bu asarlardan inson baxti va hayot go`zalligi tabiatning yorqin manzaralarida ifodalanadi. Gaydn oratoriyalarining musiqasi kelajakka ishonch va xushchaqchaqlik bilan yo`g`rilgan. “ Dunyoning yaratilishi “ ning syujeti sodda. Oratoriyaning dastlabki ikki qismida dunyoning yaratilishi tangri huzurida hikoya qilinadi. 3 chi va oxirgi qismlarida Odam Ato va Momo Havoning gunoh qilgunlariga qadar bo`lgan jannatdagi hayoti bayon etilgan. Bu oratoriya kompozitor hayotligi davrida zo`r muvaffaqiyat qozondi va uning shuhratini yanada oshirdi. 1812-yilda oratoriya Peterburgda Filarmoniya jamiyati kontsertida ijro etildi. “ Yil fasllari” oratoriyasini “ Dunyoning yaratilishi” dan ham ahamiyatliroq asar deb tan olish kerak. “ Yil fasllari” oratoriyasi matni “ Dunyoning yaratilishi” matni kabi Van Sviten tomonidan yozilgan .Gaydn oratoriyalar ichida ikkinchisi nafaqat mazmuni, balki shakli jihatidan ham turfa xil bo`lib, unda chuqur insoniylik g`oyalari ilgari surilgan. Mehnatni, tabiatga bo`lgan muhabbatni, qishloq hayoti va sodda qalb go`zalliklarini sharaflovchi ushbu asar Gaydnning falsafasi, tabiat manzaralari va patriarxal qishloq aqidalarining bir butun qomusidir. Buning ustiga uning mazmuni Gaydnga yaxlitlikning juda bejirim va tugal, barkamol musiqiy g`oyasini yaratish imkoniyatini berdi. ” Yil fasllari”ning ulkan partiturasini yaratish keksayib qolgan Gaydn uchun oson kechmadi, u ish jarayonida ko`p hayajonlandi va tunlarni uyqusiz o`tkazdi. Ish oxiriga kelib, uni bosh og`ri va ta`qib qiluvchi musiqiy tassavvurlar qiynardi. “ London simfoniyalari” va oratoriyalar Gaydn ijodining cho`qqisi bo`ldi. Oratoriyalardan keyin u deyarli hech narsa yozmadi. Hayot o`ta zo`riqishlarda kechdi. U quvvatsizlanib qoldi. So`nggi yillarni kompozitor Vena yaqinidagi kichkina xonadonda o`tkazdi. Kompozitorning osoyishta va tanho uyiga ziyorat qilish uchun uning muxlislari kelib turishardi. Suhbatlar o`tmish mavzularida kechgani bois Gaydn, ayniqsa, o`zining qiyin, og`ir mehnatda o`tgan, lekin dadil, matonatli izlanishlarga boy yoshligini eslashni yoqtirardi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling