yozilish tarixi asarda peyzaj va portret tasviri


Download 69.3 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi69.3 Kb.
#1539934
  1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI


REJA
KIRISH……………………………………………………………………..
I BOB. “O’TGAN KUNLAR” ROMANI HAQIDA…………………
1.1 YOZILISH TARIXI…………………………………………………..
1.2 ASARDA PEYZAJ VA PORTRET TASVIRI………………….
1.3 ASARDA BADIIY DETALLAR QO’LLANISHI………………..

II.BOB. ASARNING BUGUNGI KUNDAGI O’RNI………………..
2.1 ASAR HAQIDA ADIBLAR QARASHLARI………………
2.2 TANQIDIY MASALALAR…………………………………………

XULOSA……………………………………………………………………

ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………
KIRISH
“O’tgan kunlar” asaring bungi kunda to’g’ri talqin qilinishi yuzasidan qilingan ishlar. Buyuk yozuvchi, shoir, dramaturg va publitsist Abdulla Qodiriy o‘tgan asrning haqiqatan ham fenomen shaxsidir. U o‘zbek adabiyoti tarixi va rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Qodiriyning mahorati yil sayin xorijda tobora ko‘proq e’tirof etilayotgani ajablanarli emas! Masalan, 2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida AQShda birinchi bo‘lib ingliz tilida nashr etilgan Abdulla Qodiriyning "Bygone days" ("O‘tkan kunlar") kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Romanni taniqli amerikalik tarjimon va tadqiqotchi Mark Riz tarjima qilgan. Oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda “ Oʻtgan kunlar” – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman 1969-yil „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ushbu roman asosida „Oʻtgan kunlar“ nomli film suratga olingan. Adib romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920-yillar boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan va 1926-yilda alohida kitob holida chiqarilgan. Abdulla Qodiriyning publitsistik chiqishlari avvalo,
o`sha davrning tarixiy hujjati, zamonasining solnomasi. 20-yillar o`rtalarida
yozilgan ,,Kalvak hayotdagi, odamlar tabiatidagi muayyan salbiy hodisalarni sof
mafkuraviy nuqtai nazardan turib, nuqul bir-yoqlama qoralash, fosh etish yo`lidan
bormay, xarakter va hodisalarni xolis turib, murakkabligi, ziddiyatlari bilan
ko`rsatishga jazm etadi. Abdulla Qodiriy sho`ro hokimiyatining dastlabki yillarida
qizg`in jurnalistik faoliyati bilan barobar o`zbek adabiyotidagi birinchi roman -
,,O`tkan kunlar”ni yaratdi (1919-20yy). Romandan boblar 1922-yil ,,Inqilob”
jurnalda e`lon qilindi. 1924-26 yillari har bir bo`limi alohida-alohida kitob holida
bosildi. ,,O`tkan kunlar” yaratilgan davr o`zbek xalqi uchun millatning erki,
ozodligi, mustaqilligi, jahondagi o`rni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik
edi. Abdulla Qodiriy mamlakatimiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona
yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qayg`urdi, o`zicha najot yo`lini izladi.
Avvaliga u bolsheviklarning yolg`on va`dalariga ishondi, ammo adib bu va`dalar
qog`ozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat e`tibori bilan
o`zgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzg`unchilik,
fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib
ketganligini, sho`rlik xalq bu qonli siyosatning qurboni bo`layotganini o`z ko`zi
bilan ko`rdi. Ayniqsa, Qo`qon muxtoriyatining tor-mor etilishi ko`pgina hur fikrli
ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib ,,O`tkan kunlar”
romani orqali xalqning milliy ongini uyg`otmoqchi bo`ldi, ,,tariximizning eng kir,
qora kunlari” - yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi ,,xon zamonlari”
XIX asr o`rtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida so`z ochib, bu ayanchli
haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo`ldi.



Download 69.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling