Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu
III. Tahrir qilish
1. Ishingiz borasidagi mulohazalarni eshiting. Yetarli hajmdagi matnni yozgach, uni tugatdim, deb hisoblash to‘g‘ri emas. Bir muddat ishingizni to‘xtatib, qaytib yana unga murojaat qilganingizda endi boshqa nigoh bilan qaraysiz. Shubhasiz, inshoga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni xohlaysiz. Qoralamaga yozib, uni muddatiga qarab o‘qituvchingizga o‘qishga berib ko‘ring. Bergan barcha izohlarini hisobga oling va zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiriting. 2. O‘zgartirishlar kiritishga tayyor bo‘ling. Yaxshi yozma ish tezda tayyor bo‘lmaydi. “Tekshirish” so‘zi “yana bir marta sinchiklab qarab chiqish”ni anglatadi. Aksariyat o‘quvchi-talabalar tekshirish deganda orfografik va punktuatsion xatolarnigina tushunadilar. Bu tekshirishning bir qismi sanalsa-da, hech bir muallif bir urinishdayoq ko‘ngildagidek matn yarata olmasligini bilish lozim. Sinab ko‘ring: insho strukturasini yanada yaxshilash uchun xat boshilarni o‘zgartiring. qaytarilgan yoki mavzuga aloqador bo‘lmagan jumlalarni olib tashlang. fikringizni dalillashga xizmat qilmaydigan nuqtayi nazarlardan voz keching. 3. Umumiylikdan xususiylikka o‘ting. Tekshirish vaqtida qoralamani yaxshilashning eng yaxshi usullaridan biri – umumiy xarakterga ega bo‘lgan g‘oyalarga aniqlik kiritishdir. Bu isbotlarning qo‘shilishi – sitata yoki dalillarni keltirish yo‘li bilan ifodalanishi mumkin. Shuningdek, tezisingizni yanada mustahkamlovchi umuman boshqa nuqtayi nazar va isbotlarni qidirish bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 4. Oxirgi bosqichda tahrir qiling. Insho topshirishga tayyor bo‘lmaguncha, tinish belgilari va imlo xatolaridan xavotirlanmang. Sintaktik muammolar, orfografik xatolarni mazmun tahriridan so‘ng tuzating. Inshoning muhim qismlari – tezis, asosiy g‘oyalar va dalillar sayqallangach, to‘g‘rilang. Yozilgan inshoni mukammal holga keltirish uchun o‘quvchi uni diqqat bilan o‘qishi, mazmun, imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolar ustida ishlash bilan birga ularni tuzatish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Aziz o‘quvchilar, inshoni yozish paytida quyidagi holatlarga e’tibor bersangiz, bularning sizga foydasi tekkan bo‘lar edi: 75 1) tuzilayotgan jumlalarning qisqa va aniq bo‘lishiga alohida e’tibor berish kerak. Uzun jumlalar fikringizni chalg‘itadi, xatolarga sabab bo‘ladi; 2) insho mazmuni materiallarni bayon qilish uslubi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini unutmang; 3) insho mavzusi bilan bog‘liq materiallarni bayon qilayotganingizda izchillikka qat’iy rioya qiling. Insho mavzusiga aloqador shaxslarning nomlarini, badiiy asarlardan olingan parchalarni, tarixiy faktlarni, toponimik atamalarni yozishda amaldagi imlo qoidalaridan kelib chiqqan holda ish ko‘ring; 4) inshoni yuksak savodxonlik bilan yozishga harakat qiling; 5) tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. Ularning shakllari aniq va ko‘rinarli bo‘lsin. 6) insho husnixat qoidalariga muvofiq ravishda yozilishi lozim. 7) insho boshqalarga xalal bermasdan, umumiy tartib-intizomga rioya qilgan holda yoziladi; 8) tayyor yozilgan, trafaret usulidagi insholardan foydalanishga harakat qilmang. Ular sizni adashtiradi, fikrlaringizdan chalg‘itadi. Yuqoridagi aytilganlarga rioya qilsangiz, o‘z mulohazalaringizni dadil va qo‘rqmasdan bayon qilsangiz, yaxshi bahoga loyiq insho yoza olasiz. Imtihon yoki sinov insholari belgilangan vaqtda yozilishi talab etiladi. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashingiz va undan unumli foydalanishingiz kerak bo‘ladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling