O'quvchilar inshosidagi nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish usullari
Ma'lumki, kichik yoshdagi maktab o'quvchisining og'zaki va yozma nutqida turli xatolar ko'plab uchraydi. O'gzaki xatolar sekin-asta o'qituvchining namunali nutqi, o'z vaqtida o'quvchining xatosini o'rnida tuzatib borishi natijasida kamayib boradi. Ammo yozma nutqdagi xatolar ularni tasnif qila bilish sabablarini aniqlash; qaysi mavzuda nuqson borligini belgilash kabi ishlar vositasida bartaraf etiladi.
Nutqiy xatolarni uslubchi olimlar quyidagi turlarga ajratadilar:
Lug’aviy – uslubiy xatolar.
Morfologik-uslubiy xatolar.
Sintaktik - uslubiy xatolar.
Mantiqiy - uslubiy xatolar.
I. Lug’aviy-uslubiy xatolar.
Lug’aviy - uslubiy xatolar inshoda qo’llanilayotgan so’zni noto'g'ri ishlatish asosida kelib chiqib, ularning quyidagi tipik turlari mavjud:
Bir xil so'zni ko 'p takrorlash.
-Yozda oromgohga bordim. Yozda yahshi dam oldim.
-Bog'da daraxtlar ko'p. Daraxtlar kurtak chiqardi. Daraxtlarni oqladik.
-Biz sayohatga chiqdik. Hayvonot bog'iga chiqdik,
Xatoning sabablari:
o' quvchi so'zboyligiga ega emas;
sinonimlarni bilmaydi;
v) matnga e'tibor kam.
Bartaraf etish usullari:
xatoni o'quvchining o'ziga toptirish;
xato yozilgan gapni to'grilab ko'chirtirish;
v)sinonimlar ustida ishlash;
So 'zni o'z o’rnida qo'llamaslik:
-ariqlarda suvlar oshyapti;
-bog’larda daraxtlar ochilyapti;
-novdalarda gullar chiqyapti.
Xatoning sabablari:
bola so'z ma'nosini yaxshi tushunmaydi;
so'z birikmasi tuzishni bilmaydi.
Bartaraf etish usullari:
a) tuzilgan birikma ustida suhbat;
b) birikma tuzish mashqlari o'tkazish
v) so'z ma'nolari bo'yicha suhbat..
Shevaga xos so 'zlarni ishlatish:
-Daraxtlarga shati qo'ydik;
-Bahorda tolaga chiqdik;
-Bizning eshikda turli gullar ko'p.
Xatoning sabablari:
bola doimo shevaga xos so’zlarni ishlatadi;
dialektal so'z variantini bilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |