Yozma ishlar va ularning turlari


Download 225.5 Kb.
bet8/21
Sana28.10.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1729740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
4-ma\'ruza. Yozma ishlarni tashkil etish metodikasi

TEKSHIRUV DIKTANT
Katta mavzular o‘tib bo‘lingach, shuningdek, chorak oxirida tekshiruv diktant o‘tkaziladi.
Tekshiruv diktantgacha grammatik, orfografik qoidalar xilma-xil mashqlar vositasida mustahkamlanadi. Tekshiruv diktant, asosan, o‘rganilgan qoidalarning qanchalik ozlashtirilganligini tekshirish maqsadida kundalik va oraliq nazorat shaklida о‘tkaziladi. O‘tilgan orfografik qoidalar yodga olinadi. Diktantning bu turida yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantning ta’limiy ahamiyati katta.
Matn mazmuni o‘quvchilar saviyasiga mos, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi lozim. Agar matnda ma’nosi qiyin so‘zlar, so‘z birikmalari, jumlalar bo‘lsa, almashtirish kerak, ayrimlarini esa diktant yozishni boshlamasdan avval tushuntirib, doskaga yozib ko‘rsatsa ham bo‘ladi.
Matnda o‘qilayotgan yoki takrorlanayotgan qoidaga mos so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar yetarli bo‘lishi lozim.
Nazorat diktantlarni tekshirish o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash, ularni bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rish demakdir. Har qanday yozma ish, shu jumladan, nazorat diktant ham tekshirilib, xatolar tasnif qilinishi, bu xatolarning sababi aniqlanishi zarur.


Nazorat diktantga quyidagi talablar qо‘yiladi:

  1. Yozma nazoratning bu turi о‘tilgan mavzu yuzasidan bilim va malakalarni mustahkamlashga va tekshirishga xizmat qilishi lozim.

2. Diktant uchun о‘tilgan mavzuga tо‘la muvofiq keladigan va olingan bilimlarni sinash imkoniyatini beradigan material tanlanishi zarur bо‘ladi.
3. Tanlangan material о‘quvchiga ma’lum darslikdan olinmay, imkon qadar ijodiy bо‘lishi, mustaqil о‘qilgan yoki о‘quvchiga notanish bо‘lgan asarlardan bо‘lgani maqsadga muvofiqdir.
4. Diktant matni saralangan gaplardan yoki tayyor adabiy-badiiy parcha holida bо‘lishi mumkin. Bu о‘zlashtirilgan mavzu mohiyatiga bog‘liq.



Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling