Yozma ishlarni tashkil etish mazmuni va tamoyillari
Yozma ishlar turlari va ularga xos xususiyatlari
Download 164.5 Kb.
|
O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’zbek tili va adabiyoti yo’nalis
1.2 Yozma ishlar turlari va ularga xos xususiyatlari
“Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”9ligini har bir ustoz-murabbiy chin yurakdan his qilmog‘i lozim. Buni o‘quvchilarga tez va oson yetib borishini ta’minlash desa, bizga ona tili va adabiyot fani yordamga keladi. Chunki, ona tili va adabiyot fanining bosh vazifasi komil insonni tarbiyalashdir. O‘z shaxsiyati va asarlari bilan insonlarga ibrat bo‘la oladigan, insonlarga ma’rifat nuri ulashadigan buyuk shaxslarning, siymolarning hayoti va faoliyatini o‘qib-o‘rganish adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi. Yozma ishlarni tashkil qilish darslari o‘qish samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladigan eng qulay usuldir. Ona tili darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. Insho - ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O‘quvchi inshoni mustaqil, ijodiy hamda o‘zi yozgani uchun ham yoqtiradi10. Ta’lim bosqichining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi va inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o‘quvchilar nutqini o‘stirish, aqliy, ijodiy o‘sishiga mo‘ljallangan dasturga o‘tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o‘sdi. Og‘zaki va yozma nutqni shakllantirish jarayonida o‘quvchilar mavzuni tushunish va yoritish, o‘z nutqini aniq fikrga bo‘ysundirish, material to‘plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imloviy va husnixatga e’tibor qaratish, matnni xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi. Download 164.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling