Yozma yuridik nutq r ye j a
Amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar
Download 34.95 Kb.
|
ёзма нутк
Amaliy mashg’ulotlar uchun vazifalar:
1. Quyidagi tavsifnoma matnini tahlil qiling, imloviy va uslubiy kamchiliklarini ko’rsating va o’z variantingizni qaytadan yozing: 1982-yilda Xalqobod tumani Olg’a shirkat xo’jaligi Xazarmali qishlog’ida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti to’liqsiz Oliy, Samarqand Davlat Universiteti 2-kurs huquqshunoslik fakultetining 03-guruh talabasi, Roziqov Husniddin Boymirzayevichga TAVSIFNOMA. Roziqov Husniddin Boymirzayevich Samarqand Davlat universitetining huquqshunoslik fakultetining 2-kurs talabasi 2001 yil 09.07.2001 yildan 15.07.01 yil muddat ichida Xalqobod tuman prokuraturasida o’z amaliyotini o’tadi. U o’z amaliyoti jarayonida o’zini bilimdon, tashabuskor sifatida namoyon etdi. O’ziga ajratilgan har qanday vazifani chuqur mas’uliyat va chin vijdonan bajarib tuman prokuraturasida o’zini ijobiy tamonidan ko’rsatdi. U o’z tajribasini oshirish maqsadida tuman prokuraturasida umumiy nazorat, jinoyat ishlari tergovida faol ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamladi. Roziqov Husniddin Boymirzayevich huquqiy bilimini va g’oyaviy-siyosiy darajasini oshirishlik uchun doimo o’z ustida ishlaydi. U tuman prokuraturasidagi o’ziga berkitilgan ha qanday topshiriqlarni sifatli qilib bajarishni o’zining birinchi darajali vazifasi deb biladi. U o’z jamoasi o’rtasida, kamtarligi, ishga qobiliyatligi, tirishqoqligi, izlanuvchi va bilimdonligi bilan yaxshi obro’ e’tibor qozondi. Biz Xalqobod tuman prokuraturasi xodimlari Roziqov Husniddin Boymirzayevichning kelajakda ajoyib yurist bo’lib chiqishiga ishonchimiz komil. Ushbu tavsifnoma tegishli joyga taqdim qilishlik uchun berildi. Download 34.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling