Q A R O R
2001 yil 27 mart Nurobod shahri
Men – Nurobod tumani IIB TB tergovchisi, milisiya kapitani (familiya) Jo’rayev Ixtiyor Baxtiyorovichga nisbatan qo’zg’atilgan va 191-raqam bilan qayd etilgan jinoyat ishi bo’yicha to’plangan materiallar bilan tanishib chiqib quyidagilarni
ANIQLADIM:
Dastlabki tergov materiallariga ko’ra ma’lum bo’ldiki, Nurobod tumani Kattaqo’rg’on shirkat xo’jaligi hududidagi Ko’ktosh qishlog’ida yashaydigan fuqaro I. Jo’rayev foydali mehnat bilan shug’ullanmasdan, qasddan o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talash maqsadida bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, qasddan o’g’rilik jinoyatini sodir etgan.
I.Jo’rayev o’zining hamqishloqlari Hakimov Nizomiddin va Meliqulov Aktamlar bilan yashirin ravishda jinoiy til biriktirib, 2001 yil 6 mart kuni taxminan soat 22:00 larda Nurobod tumani elektr tarmoqlariga qarashli Nurbuloq yordamchi stansiyasidan 1989 yilda qurib ishga tushirilgan 1,6 km. uzunlikdagi narxi 240000 so’m bo’lgan A-70 markali elektr toki o’tkazuvchi alyuminiy simlarini kesib olib o’g’irlagan va N.Hakimovga tegishli bo’lgan suvi yo’q quduqqa yashirgan. 2001 yilning 8 mart kuni esa bu simni o’g’irlaganlarini aytmasdan Kattaqo’rg’on shirkat xo’jaligi Nurbuloq qo’rg’onida yashovchi Sunnatov Anvarga 20000 so’mga sotib yuborishgan. Va bu pulni o’zlarining ehtiyojlariga sarvlashgan.
Shunday qilib, yuqorida nomlari tilga olingan shaxslar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (bundan keyin O’zR JK) 169-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlarida qayd etilgan jinoyatlarni sodir etishgan.
Qayd etilganlardan kelib chiqib va O’zR JPK ning 45, 361, 362-moddalariga asoslanib
QAROR QILDIM:
Fuqaro Jo’rayev Ixtiyor Baxtiyorovich mazkur jinoyat ishini sodir etgan deb hisoblansin va unga nisbatan O’zR JK 169-moddasining 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan ayblov e’lon qilinsin.
Nurobod tumani IIB TB tergovchisi,
milisiya kapitani (familiya)
Ushbu qaror va O’zR JPKning 46-moddasida
ko’zda tutilgan huquq va majburiyatlarim
menga tushuntirildi, deb I. Jo’rayev
|