Yozuv turlari: piktografik, ideografik, fonografik yozuv


Download 1.82 Mb.
Sana05.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1168410
Bog'liq
Abror Sidiqov


“Oriental” universiteti filologiya fakulteti “Arab 1-1” guruh talabasi Sidiqov Abrorning ‘‘Yozuv turlari: piktografik, ideografik, ponografik yozuv’’ mavzusida qilgan
mustaqil ishi.
O‘qituvchi: Shohrux Abdurahimov

Yozuv turlari: piktografik, ideografik, fonografik yozuv.

Piktografik yozuv

  • O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba’zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga yetkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nomlangan.
  • Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) yozuv deb ataladi.

SHIMOLIY Amerika hindularidan Chikeva qabilasining piktografik yozuvi

Piktografik yozuv

  • Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig‘i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig‘ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
  • Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llangan.

Piktografik yozuv

  • Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma’nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma’nosini aks ettiruvchi shartli belgidir.

Logografik yozuv

  • Logografik (so‘z yozaman) yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq lug‘atlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi.

Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va Shumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma’noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma’noni ifodalaydi.

  • Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va Shumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma’noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma’noni ifodalaydi.

Xitoy Yozuvi

Logografik yozuv

Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni albatta osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi:

  • yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Masalan, xitoy yozuvida: ko‘z yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. Unumsiz rivojlandi;
  • logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish;
  • fonografik yozuvga o‘tish;
  • yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish bo‘ldi.

Fonografik yozuv

  • Fonogrfik yozuv. Ayrim yozuvlar, masalan, piktogramma, sillabogramma (bo‘g‘in yozuv) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi Yozuv taraqqiyotida harf-yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.

Fonografik yozuv

  • Fonografik yozuv ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
  • 1. Sillabik yoki bo‘g‘in yozuvi. Bu yozuv qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘g‘inlarga to‘g‘ri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘g‘inlarni bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu yozuvga qadimgi hind yozuvi devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘g‘inlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi grek tilida 65 ta bo‘g‘in birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226 ta bo‘g‘in birligi bo‘lgan.

Fonografik yozuv

  • 2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash. Dastlabki alifbeli yozuv Nil daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning atoqli ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular Misr ieroglifik yozuvlaridan yigirmatasini olib, shular orqali o‘z tilining unli va undosh tovushlarini ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling