Yozyovon tumanining statistik axborotnomasi
Xizmat ko‘rsatish hajmida kichik biznesning o‘rni
Download 1.35 Mb.
|
Doklad 2022-yil yanvar-mart Yozyovon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatlar – jami 211,3 117,5
- V. INVESTITSIYALAR VA QURILISH
- Xorijiy investitsiyalar va kreditlar
- Qurilish faoliyati
Xizmat ko‘rsatish hajmida kichik biznesning o‘rni
Hisobot davridagi jami xizmatlar hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi 39,5 foizni (o‘tgan yilning mos davrida 23,8 foiz) tashkil etdi. Yozyovon tumanining xizmatlar hajmi o‘sish sur’ati, mlrd. so‘mda Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish (2022- yil yanvar-mart oylari uchun)
2022- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning hajmi 50,2 mlrd. so‘mni (4,6 mln. AQSh. dollarini) yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 111,7 foizni tashkil qildi. Hisobot davrida kiritilgan investitsiyalarning 0,1 mlrd. so‘mi respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga, 33,5 mlrd. so‘mi aholi mablag‘i hisobiga, 1,2 mlrd. so‘mi bank kreditlari (boshqa qarz mablag‘lari bilan) hisobiga, 15,3 mlrd. so‘mi chet el kreditlari va investitsiyalari hisobiga (shundan 11,0 mlrd. so‘mi yoki 1 000 ming AQSh. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) hamda 0,1 mlrd. so‘mi moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga to‘g‘ri keldi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya hajmlarining 46,1 mlrd. so‘mi yoki 92,0 foizi yangi qurilish yo‘nalishiga, 0,6 mlrd. so‘mi yoki 1,1 foizi kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish yo‘nalishiga hamda 3,5 mlrd. so‘mi yoki 6,9 foizi boshqa xarajatlarga to‘g‘ri keldi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlar 2022- yil yanvar-mart oylari davomida Yozyovon tumani bo‘yicha 15,3 mlrd. so‘m miqdoridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 0,1 mlrd. so‘mi yoki 2,0 foizini markazlashgan hamda 50,1 mlrd. so‘mi yoki 98,0 foizini markazlashmagan investitsiyalar tashkil etdi. Qurilish faoliyati 2022- yilning yanvar-mart oylarida 45,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 121,5 foizni tashkil etdi. 2021-2022-yillarning yanvar-mart oylarida Yozyovon tumani bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 2022- yil yanvar-mart oylari davomida amalga oshirilgan qurilish ishlari yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish, kapital ta’mirlash, joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat ishlari hisobiga to‘g‘ri keladi. 2022- yil yanvar-mart oylari davomida bajarilgan qurilish ishlari hajmining 7,7 foizi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan. 2022- yil 1- aprel holatiga Yozyovon tumanida 103 ta qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud. Hisobot davrida viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmida Yozyovon tumanining ulushi 2,9 foizni (o‘tgan yilning mos davrida 2,7 foiz bo‘lgan) tashkil etadi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling