Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
2.2. Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari Xo„jalik yoki tadbirkorlik faoliyatini yuritish maqsadida huquqiy shaxslar, huquqiy shaxslar bilan jismoniy shaxslar hamda jismoniy shaxslar o„rtasida o„z hissalari va mol-mulkini birlashtirish asosida o„zaro ixtiyoriy kelishuvga muvofiq tuziladigan korxonalar xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari deyiladi. Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlariga aksiyali jamiyatlar, mas‟uliyati che- klangan yoki qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyatlar, to„liq va kommandit shirkatlar kiradi. Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari korxona xo„jalik assotsiatsiyasining itti- foq, konsern, konsorsium, korporatsiya va boshqa uyushmalariga birlashishlari mumkin. Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari huquqiy shaxs hisoblanib O„zbekiston Respublikasining «Korxonalar to„g„risida»gi qonun hujjatlari va ta‟sis shartnomasi ko„rsatmalari asosida ish olib boradi. Xo„jalik shirkati yoki jamiyatning mol-mulkini pul, qimmatbaho qog„ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa buyumlar, mulkiy huquqlar hamda pul qiymatiga ega bo„lgan boshqa huquqlar tashkil qilishi mumkin. Xo„jalik shirkati yoki jamiyat ishtirokchisining qo„shgan hissasini pul bilan baholash jamiyat ishtirokchilari o„rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Xo„jalik shirkatlari va jamiyatlari aksiyalar chiqarishga haqli emas. 19 Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari ishtirokchilari: jamiyatning yoki shirkatning ishlarini boshqarishda qatnashish; ta‟sis hujjatlarida belgilab qo„yilgan tartibda shirkatning yoki jamiyatning faoliyati to„g„risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish; foydani taqsimlashda qatnashish; shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditlar bilan hisob-kitob qilin- gandan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olishga haqlidirlar; xo„jalik jamiyati va shirkati ishtirokchilari ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo„shadilar; shirkat yoki jamiyat to„g„risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmasliklari shart. Xo„jalik jamiyatlari va shirkatlari faoliyat prinsiplari, ishtirokchilarning o„zaro munosabati va ularning haq-huquqlarini aniqlaydigan asosiy hujjat ta‟sis shartnomasi va nizom bo„lib, u barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanadi. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling