Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
INTELLEKTUAL TRENING
A. Masalalarni yeching 1. Sanoat korxonalaridan birida qo„llanilayotgan quyidagi soatli tarif stavkalari asosida 3 - toifadagi ishchilarning razryadlar bo„yicha tarif koeffitsienti, tarif koeffitsientlarini nisbiy o„sishini hisoblang. Koordinata o„qlarida bu o„zgarishlar egri chizig„ini chizing. № Ishchilar toifasi Tarif setkasi razryadi I II III IV V VI Tariff stavkasi, so‘m 1 Chilangar – asbobsozlar, ta‟mirlovchi, sozlovchilar, avtomat - liniyasiga xizmat ko„rsatuvchilar va h.k.. 194 213 235 258 283 309 2 Boshqa asbobsozlar, elektrmontyor- lar va boshqalar. 191 210 231 254 278 304 3 Boshqa ishchilar 187 206 227 250 273 299 2. №1 masala shartidagi jadval ma‟lumotlariga ko„ra I - razryadli ishbay ishchin- ing soatli tarif stavkasi 191 so„mga teng. Og„ir va zararli mehnat sharoitida ish- laganligi uchun tarif stavkasiga 12% miqdorida ustama haq belgilangan. VI - razryadli ishchining me‟yoriy va zararli mehnat sharoitlari uchun tarif stavkasi- ni hisoblang. 3. IV - razryadli ishchi mehnat unumdorligi soatiga 100 ta buyum ishlab chiqaruvchi yarim avtomatga xizmat ko„rsatadi. Belgilangan me‟yor bo„yicha dastgoh 8 soatli ish smenasida 430 minut ishlaydi, qolgan vaqt sozlashga, sme- nani topshirishga sarflanadi. Agar ishchi bir oyda jami 20 ta smena ishlab 16400 ta buyum tayyorlagan bo„lsa, №1 masalada keltirilgan jadvaldagi II - toifadagi ishchilari uchun keltirilgan ma‟lumotlardan foydalanib, ishchining to„g„ri ishbay ish haqini hisoblang. 246 4. Agar bajarilayotgan ish III - razryad bo„yicha tarifikatsiya qilinib - (soatli tarif stavkasi 235 so„m), har bir operatsiyaga sarflanadigan vaqt me‟yori 0,75 odam- soat, bir oyda 278 ta operatsiya bajarilgan bo„lsa, IV - razryadli ishchining ishbay rassenkasi va to„g„ri ishbay ish haqini hisoblang. 5. IV - razryadli vaqtbay ishchi (soatli tarif stavkasi 245 so„m), bir oyda 22 ta smena ishlagan. Smena davomiyligi 8,2 soat. U 7 ta kechki va 7 ta tungi sme- nada ishladi va 15 % miqdorida mukofotlandi. Vaqtbay ishchining oylik ish haqi miqdorini hisoblang. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling