Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Download 2.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/193
Sana25.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1722490
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.6 - rasm. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi. 
Aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish haqidagi 
shartnoma 
Muassislar (umumiy kafillik) 
NIZOM 
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati 
Ishtirokchi aksiyadorlar 
Mulk (jamiyat egaligidagi mulk) 
Tadbirkorlik faoliyati 
Emission faoliyat (ochiq obuna) 
Huquqiy shaxslar 
Fuqarolar
BOSHQARUV RAISI 


36 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.7 - rasm. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasi 
Huquqiy shaxslar 
Fuqarolar
AJ tashkil etish haqidagi shartnoma (qo‘shma 
faoliyat haqidagi shartnomalar) 
Muassislar (umumiy kafillik) 
Yopiq turdagi aksiyadorlik
jamiyati 
Mulk (jamiyat egaligidagi mulk) 
Tadbirkorlik faoliyati 
Nizom
Ishtirokchi – aksiyadorlar 
 (cheklanmagan shaxslar soni)
Emission faoliyat (yopiq obuna)
BOSHQARUV RAISI 


37 
2.6.3. Aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish 
Jamiyatni yangidan ta‟sis etish yo„li bilan tuzish muassislarning qaroriga 
muvofiq amalga oshiriladi. Jamiyatni ta‟sis etish to„g„risidagi qaror ta‟sis yig„ilishi 
tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta‟sis etilgan taqdirda 
jamiyatni ta‟sis etish haqidagi qarorni shu shaxsning yolg„iz o„zi qabul qiladi. 
Jamiyat muassislari uni tuzish to„g„risida o„zaro ta‟sis shartnomasini imzolaydi
shartnomada ularning jamiyatni ta‟sis etish borasida birgalikda faoliyat ko„rsatish 
tartibi, jamiyat nizom fondining miqdori, muassislar o„rtasida joylashtirilishi kerak 
bo„lgan aksiyalarning xillari va turlari, ular uchun to„lanadigan haq miqdori va bu 
haqni to„lash tartibi, muassislarning jamiyatni tuzishga doir huquq va 
majburiyatlari belgilab qo„yiladi.
Jamiyatni ta‟sis etish to„g„risidagi qaror muassislarning ovoz berish 
natijalariga hamda jamiyatni ta‟sis etish, jamiyat nizomini tasdiqlash, jamiyatni 
boshqarish organlarini saylash masalalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarni aks 
ettirishi mumkin. Jamiyatni ta‟sis etish, uning nizomini tasdiqlash to„g„risidagi va 
muassis tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to„lash uchun topshirilayotgan 
qimmatli qog„ozlar, boshqa mulkiy huquqlar yoki pul bilan baholanadigan boshqa 
huquqlarning pulda baholanishini tasdiqlash to„g„risidagi qarorlar muassislar 
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. 
Chet ellik investorlar ishtirokidagi jamiyatni tuzish O„zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Korxona chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona deb hisoblanishi hamda 
qonunchilik bilan bunday toifadagi korxonalarga berilgan imtiyozlarga ega 
bo„lishligi uchun quyidagi shartlarga javob berishi lozim: 
1. Korxona nizom fondi 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam 
bo„lmasligi; 
2. Korxona muassislaridan biri, albatta, chet ellik huquqiy shaxs bo„lishligi; 
3. Chet el investitsiyasining ulushi korxona nizom fondining 30%idan kam 
bo„lmasligi shart 
Sanab o„tilgan talablarga javob bermaydigan korxonalar chet el investitsiyasi 
ishtirokidagi korxona maqomiga ega bo„lmaydilar. Chet el investitsiyasi 
ishtirokidagi korxonalar O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 
yil 27 mart №134 - qaroriga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
va viloyatlar adliya boshqarmalarida ro„yxatdan o„tadilar. 
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda uni ta‟sis etish 
to„g„risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo„lgan organ 
tomonidan qabul qilinadi. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to„g„risidagi ta‟sis 
shartnomasini imzolagan huquqiy va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining 
muassislari deb tan olinadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo„lsa, davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari jamiyat muassislari bo„lishi mumkin emas. Ja-
miyat muassislari jamiyat davlat ro„yxatidan o„tkazilgunga qadar uning tuzilishi 
bilan bog„liq majburiyatlar yuzasidan solidar javobgar bo„ladilar. Jamiyat muas-


38 
sislari uni tuzish bilan bog„liq bo„lgan majburiyatlari yuzasidan faqat ularning 
harakatlarini keyinchalik aksiyadorlarning umumiy yig„ilishida ma‟qullangan 
taqdirdagina javobgar bo„ladi.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini 
tasarruf etishga vakolatli organ uning muassisi bo„ladi. Davlat korxonasi 
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda aksiyalarni taqsimlash tartibi qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. Yopiq turdagi jamiyat muassislari o„rtasida aksiyalarni 
taqsimlash ta‟sis hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ta‟sis yig„ilishi (konferensiyasi): 
- aksiyadorlik jamiyati ta‟sis etish to„g„risida qaror qabul qiladi va uning nizomini 
tasdiqlaydi; 
- aksiyalarga ortiqcha obunani qabul qiladi yoki rad etadi; 
- aksiyalarga ortiqcha obuna qabul qilingan taqdirda nizom fondi tegishli ravishda 
ko„paytiriladi; 
- ta‟sis etish jarayonida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni
tasdiqlaydi; 
- chiqarilayotgan aksiyalar xillari va turlarini hamda ularning sonini
belgilaydi; 
- jamiyatning kuzatuv kengashini, taftish komissiyasini saylaydi.
Ta‟sis yig„ilishida ovoz berish muassislar qo„shgan hissalariga muvofiq 
o„tkaziladi. Ta‟sis yig„ilishi qarorlarni oddiy ko„pchilik ovoz bilan qabul qiladi. 
Ta‟sis shartnomasini o„zgartirish to„g„risidagi qarorlar qabul qilinayotgan hollar 
bundan mustasnodir, bunda barcha muassislarning roziligi talab etiladi. 
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda ta‟sis yig„ilishi 
o„tkazilmaydi. 
Ta‟sis yig„ilishi tasdiqlagan nizom yoki ta‟sis shartnomasi va nizom yohud 
faqat ta‟sis shartnomasi jamiyatning ta‟sis hujjati hisoblanadi. 
Jamiyatning nizomida quyidagi ma‟lumotlar bo„lishi lozim: 
 Firmaning to„liq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan manzili; 
 Faoliyat sohasi, maqsadi va muddatlari
 Nizom fondining miqdori; 
 Nizom fondini ko„paytirish yoki kamaytirish tartibi; 
 Chiqarilayotgan aksiyalar turlari, ularning nominal qiymati, har xil turdagi 
aksiyalarning nisbati; 
 Daromadning dividendlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi; 
 Zahira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi; 
 Jamiyat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari; 
 Jamiyat boshqaruvining tuzilishi, ijroiya va nazorat organlari a‟zolarining 
soni, ularni saylash tartibi, organlarning vakolatlari; 
 Yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
 Jamiyatni qayta tuzish va tugatish tartibi. 
Jamiyat qonun hujjatlarida ko„zda tutilgan tartibda davlat ro„yxatidan 
o„tkaziladi. Jamiyat ro„yxatdan o„tish uchun ro„yxatga oluvchi organga nizomni va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta‟sis hujjatlarini taqdim etadi. Jamiyat 
tuzishning qonunda belgilangan tartibini buzish yoki uning ta‟sis hujjatlari 


39 
qonunga muvofiq kelmasligi davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad etishga olib keladi. 
Jamiyatni tuzish maqsadga muvofiq emas, degan vaj bilan uni ro„yxatdan 
o„tkazishni rad etishga yo„l qo„yilmaydi. Xo„jalik sub‟yektlari davlat ro„yxatidan 
o„tkazishni rad etish, shuningdek, ro„yxatdan o„tkazish muddatlarining buzilishi 
yuzasidan sudga shikoyat qilishlari mumkin. 
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44 - moddasida davlat 
ro„yxatiga oluvchi organ huquqiy shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas 
degan vaj bilan davlat ro„yxatiga olishni rad etishi mumkin emasligi ko„rsatilgan. 
O„zbekiston Respublikasi «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to„g„risida»gi Qonunning 11 - moddasi 3-qismida ariza beruvchi mansabdor 
shaxslarning g„ayriqonuniy harakatidan norozi bo„lgan yoki ro„yxatdan o„tkazish 
muddatlari buzilgan taqdirda u belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli 
ekani belgilab qo„yilgan. Sud ariza beruvchini davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad 
etish yoki ro„yxatdan o„tkazish muddatini buzish haqidagi da‟vo arizalarini 
ko„rishda har bir ishning holatiga, birinchidan, davlat ro„yxatidan o„tkazishni rad 
etish hamda ro„yxatdan o„tkazish muddatini buzish holatiga baho berib, yyetkazil-
gan zarar, shu jumladan, ariza beruvchiga yetkazilgan ma‟naviy zarar mu-
tanosibligi va ularni undirish va qoplash miqdorlari oqilona bo„lishligini 
ta‟minlashi lozim. Jamiyatning qayta ro„yxatdan o„tkazilishi faqat qonun hu-
jjatlarida belgilangan hollardagina amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlik jamiyati davlat ro„yxatidan o„tkazilgan sanadan e‟tiboran 
uzog„i bilan olti oygacha bo„lgan muddatda jamiyat aksiyadorlarining umumiy 
yig„ilishi to„g„risidagi, kuzatuv kengashi to„g„risidagi va ijroiya organi 
to„g„risidagi, faoliyat tartibini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, aksiyadorlik 
jamiyatining ko„rsatilgan boshqaruv organlari tomonidan qarorlar qabul qilish 
tarјibotini belgilovchi nizomlarni tayyorlashi va aksiyadorlarning umumiy 
yig„ilishida tasdiqlashi kerak. 

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling