Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev
Download 2.48 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish
AO
tl = 1+5+5+1+3+3= 18 ball Qolgan loyiha ballari va umumiy ko„rsatkichlari ham shu tarzda hisoblab topiladi. Jadval natijalaridan ko„rinib turibdiki, loyihalash byurosini tashkil etish va gullar o„stirish loyihalarini amalga oshirishda muammolar minimal darajada. Bu loyihalarni amalga oshirgan tadbirkorlar foydaga erishishi mumkin bo„ladi. Tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish jarayonida quyidagi tamoyillar loyihalarning muvaffaqiyati garovi bo„ladi. 1. Loyihalarni amalga oshirish uchun taxminiy xarajatlar uning jamg„armasi, sheriklar sarmoyasi va mumkin bo„lgan bank krediti yig„indisidan iborat bo„lgan potensial imkoniyatidan oshmasligi kerak. 2. Standart, sodda texnika va texnologiyadan foydalanishga asoslangan loyihani amalga oshirish ancha oson bo„ladi: ishlatish va ta‟mirlashning soddaligi; ilg„or texnika va texnologiyadan agar u, tadbirkorning kasbiy mahoratiga yoki uning «HOU-XAU»siga mos kelgan holda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 3. Ishlab chiqarish maydoni shu shahar, hudud, tumanning aniq imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 4. Talab qilinayotgan xodimlarning kasb-mahorat darajasi shu hududning potensial imkoniyatlariga mos kelishi kerak. 5. Xom ashyo va material ta‟minoti manbalari ham ishonchliligi, xom ashyo sifatining yaxshiligi bilan mos kelishi kerak. 3.3. Kichik biznes va xususiy korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab–quvvatlanishi O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulkchilikni himoya qilishni ta‟minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish choralari to„g„risida” 1994 yil 21 yanvardagi Farmoni tadbirkorlik va biznes faoliyatini kengaytirish uchun imkon ochish bilangina cheklanib qolmay, balki Respublika xalq xo„jaligi majmuasining jahon bozoriga mos ravishda kirib borishi uchun ham yo„l ochadi. Shunisi quvonarliki, bu farmon tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanish uchun aholining barcha ijtimoiy guruhlariga teng imkoniyatlar beradi. 83 Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va iqtisodiyotning kichik biznes sektorini shakllantirishni jadallashtirish yuzasidan bosh islohotchi sifatida ko„p ishlarni qilmoqda, ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda. Ayrim chora-tadbirlar asta-sekin kuchga kirib bormoqda, lekin umuman olganda iqtisodiyot ilgari tomonga qarab rivojlanmoqda, rivojlanganida ham «sakrab-sakrab» emas, balki bozor munosabatlariga o„tishning o„ziga xos usulida ko„zda tutilganidek, bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Yana bir narsani nazardan qochirmaslik kerak, tadbirkorlik va biznes respublikaning o„zidagi ishlab chiqarishga, jumladan, undagi resurslarga - xom ashyo, moddiy, aqliy va boshqalarga tayanmaydigan bo„lsa, fikrimizcha, ravnaq topishi bir qadar qiyin. Ma‟lumki, tashabbuskorlik, tadbirkorlik ma‟lum darajada ijtimoiy, moddiy, madaniy taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Shaxsiy tashabbuskorlik rag„batlantirib boriladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoit yaratib berilgan qator mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya va h.k.) yuqori iqtisodiy natijalarga hamda aholining moddiy faravonligini yuqori darajaga ko„tarishga erishildi. Tadbirkorlik faoliyatini faollashtirish yuqori iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda uchinchi jahon davlatlari Gonkong, Malayziya, Koreya va h.k.larga ham taalluqlidir. Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko„rsatdiki, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur: 1. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash va eng muhimi unga iqtisodiy hamda huquqiy erkinlik berish. 2. Jamiyat fikr-mulohazalariga muvofiq qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish (tashkil etish). 3. Soliq tizimida mumkin qadar qulaylik tug„dirish. 4. Xususiy va intellektual mulkni himoya qilishning samarali tizimlarini tashkil qi- lish. 5. Tadbirkorlikni qo„llab-quvvatlash infrastrukturasini tashkil qilish (o„quv markazlari, maslahat beruvchi, tadbiq qiluvchi, innovatsiya va h.k.). Shuni ta‟kidlash lozimki, O„zbekistonda bu sharoitlar ma‟lum darajada tashkil qilingan va boshqalarini amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar olib borilmoq-da. Bu boradagi ilk faoliyatlar mustaqillikka erishgan davrimizdayoq boshlangan, jumladan, 1991 yili «Tadbirkorlik to„g„risida»gi va «Korxonalar to„g„risida»gi qonunlarning qabul qilinishidir. Ushbu qonunlarga muvofiq har bir fuqaro tad- birkorlik faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga ega. Har bir fuqaro ish faoliyatini tashkil qilishi mumkin va ishlab chiqarayotgan mahsuloti hamda olingan foyda yu- zasidan mustaqil ravishda mahsulotlar (ko„ylak, mebel, oyoq kiyimlari, turli pa- zandalik mahsulotlari va h.k.) tayyorlashi va sotishi, korxona (firma) tashkil qilishi, aholiga va sanoat korxonalariga turli xildagi pulli xizmatlar ko„rsatishi, sotib ol- ishi, sotishi, vositachilik faoliyatini ko„rsatishi mumkin. Shuningdek, fuqarolar tad- birkorlik faoliyatida moddiy javobgarlikni amaldagi qonun-qoidalar asosida olib boradilar va butun mas‟uliyatni o„z zimmalariga oladilar. 84 Tadbirkorlar davlat qonunlariga zid bo„lmagan turli yo„nalishda faoliyat ko„rsatuvchi korxonalar (firmalar), tashkilotlarni tashkil etishlari mumkin. Tad- birkor mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini tuzish, o„z mahsulotiga iste‟molchilarni tanlash, ularga O„zbekiston Respublikasi davlat qonunlari va shartnomalari asosida narx belgilash, shartnomalar tuzish, korxona daromadidan mustaqil foydalanish, majburiy to„lovlardan qolgan qismiga tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish huquqiga ega. Tadbirkor o„z mahsulotini, xizmatini o„zi mustaqil belgilagan tarif va narxlarda yoki shartnoma asosida hamda ayrim hollarda O„zbekiston Respu- blikasi qonun-qoidalariga muvofiq davlat tomonidan belgilangan narxlarda sotish- ni amalga oshiradi. Davlat antimonopol qonun-qoidalariga muvofiq bozorda hukmron (ustun bo„lgan) holatni egallagan korxona mahsulotlari narxini bosh-qarish huquqiga ega. Tadbirkor davlat va xorijiy davlatlar banklari kreditlaridan hamda tijorat banklari-ning chet el valyutalaridan foydalanish huquqiga ega. Tadbirkor mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar ishchilarga mehnat sharoitini yaratish va ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida davlat qonunida kafolatlangan minimal ish haqini ta‟minlagan holda mustaqil ravishda ish haqining shakli, siste- masi va miqdorini belgilashi mumkin. Bu faoliyatlardan tashqari O„zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy korxonalar faoliyati doirasida quyidagilar kafolatlanadi: Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilari manfaatlarini himoya qilish, davlat, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan korxonalar haq-huquqlarining kamsitilishiga yo„l qo„ymaslik; Mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar korxonalar faoliyatiga bir xil shartlar, sharoitlar yaratish; Tadbirkorlik faoliyati qatnashchilarining (subyektlarining) bozordan, tabiiy, mehnat, moliyaviy, moddiy resurslardan foydalanishda teng huquqliligi; Korxona mulkini noqonuniy musodara qilishdan himoyalash; Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo„lgan talabga ko„ra ish va xiz- matlar bajarish, shartnomalar tuzish va boshqalarda mustaqil ish yuritish. Davlat barcha turdagi qurollar ishlab chiqarish, narkotik va zaharli moddalar, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, rudalarni, qimmatbaho metallar va radioak- tiv materiallarni qayta ishlash hamda yuqumli, asab, onkologik kasalliklarni davo- lash kabi faoliyatlarda yakka hokimlikni (monopoliyani) saqlab qoladi. Davlat tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy tashabbuslarini kafolatlaydi. Davlat tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga kafolat beradi. Agar davlat yoki uning organlari tomonidan kompetensiyaga va qonun talablariga mos bo„lmagan akt tuzilib, ayrim harakatlar natijasida tadbirkor huquqlari buzil- sa, tadbirkor bu aktning noqonuniy ekanligini e‟tirof etish (tan olish) to„g„risida ariza yozib sudga murojaat etish huquqiga ega. Yuqoridagi vazifalarni bajarish bilan birgalikda O„zbekistonda iqtisodiy islohot yillarida kichik biznes va xususiy korxonalarni rivojlantirishga yordam be- radigan huquqiy shart-sharoitlar va institutsional tuzilmalar vujudga keltirildi. 85 Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo„llab-quvvatlashning muhim omillaridan biri hisoblangan kichik va o„rta biznesni rivojlantirishni infratuzilmalarsiz tasavvur etish qiyin. Respublikamizda kichik biznes va xususiy korxonalarni qo„llab- quvvatlash uchun tegishli bo„lgan barcha infratuzilma elementlari amalda yaratil- gan. Bular turli jamg„armalar, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, kredit va sug„urta tashkilotlari, dehqon va fermer uyushmalari, lizing va injeniring kompaniyalari, tijorat banklari, texnoparklar, maslahat va axborot xizmati ko„rsatuvchi turli agentliklar va xizmatlardir. Bu tuzilmalardan biri savdo-sanoat palatasi bo„lib, u tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanuvchi kichik va xususiy biznes subyektlariga o„z faoliyatlarini tashkil etishda hujjatlarni rasmiylashtirish, moddiy-texnik resurslar bilan ta‟minlash, moliyaviy yordam berish, ularni huquqiy himoya qilish va yordam ko„rsatish hamda xo„jalik faoliyatlarini olib borish jarayonlarida yuzaga keladigan turli muammolarni hal etishda maslahatlar berish, ularni zaruriy axborotlar bilan ta‟minlash ishlari olib boriladi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida hozirgi kunda savdo-sanoat palatasi qoshida tadbirkorlarga turli xizmatlar ko„rsatuvchi axborot-maslahat markazlari tashkil etilgan. Masalan, «Savdo-sanoat palatasida» ko„p tarmoqli «Maroqand» axborot markazi 3.1-rasmda ifodalangan xizmatlar bo„yicha faoliyat ko„rsatmoqda. Tadbirkorlarga xizmat ko„rsatuvchi infratuzilmalardan yana biri - bu lizing tizimidir. Lizingning mohiyati, iqtisodiy va tashkiliy ahamiyatini 3.2-rasmda keltirilgan asosiy vazifalari orqali izohlash mumkin. Lizing bajaradigan vazifalarni ichki va tashqi vazifalarga ajratish mumkin. Ichki vazifalar lizingdan foydalanuvchi korxona darajasida namoyon bo„lsa, tashqi vazifalari esa, umumiqtisodiy darajada namoyon bo„lib, makroiqtisodiy ko„rsatkichlarga ta‟sir etadi. Lizing tizimining g„oyat muhim tomoni shundaki, u moliyaviy tejash asosida mashina va uskunalarni qisqa muddat ichida yangilashga yordam beradi. Ayniqsa, moliyaviy resurslarga ega bo„lmagan kichik biznes va xususiy korxonalar tadbirkorlari uchun lizing juda ham qo„l keladi. Lizing xalq xo„jaligini chet el sarmoyasi va eng zamonaviy yangi texnologiyalar hamda asbob-uskunalar bilan ta‟minlanishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib respublikamizda nufuzli lizing kompaniyalari tashkil etildi. Bularga «O„zbeklizing Interneyshnl», «O„zavializing», «Barakalizing», «O„zagrolizing», «O„zKeysmashlizing» kabi lizing kompaniyalari misol bo„la oladi. Haqiqatdan ushbu kompaniyalar O„zbekiston bozorida xo„jalik yurituvchi subyektlarni yangi texnologik uskunalar bilan ta‟minlashda samarali ishlar olib bormoqda. Kichik va xususiy rivojlantirish yo„nalishlaridan yana biri, bu moliyaviy ko„mak berish hisoblanadi. Bu borada hukumatimiz tomonidan juda ko„plab farmoyish va qarorlar qabul qilinmoqda. Kichik biznes va xususiy korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yili «Kichik va o„rta korxonalar, dehqon va fermer xo„jaliklarini mablag„ bilan ta‟minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko„rsatish bo„yicha chora-tadbirlar to„g„risida»gi 366-sonli qarori alohida ahamiyat kasb etadi. 86 tovar va xizmatlarni sotish haqida tak- liflar; tovar va xizmatlarni, shu jumladan xom ashyo materiallarni xarid qilishga bo„lgan talablar xalqaro va respublika miqyosidagi ko„rgazma va yarmarkalar; investiciyalarning ustivor yo„nalishlari, investitsiyalarni jalb qi- lishga oid qoida va shartlar; ishlab chiqarishning tarmoqlari bo„yicha mini texnologiya va uskuna- lar kredit olish uchun zarur hujjatlar va shartlar; biznes hamroh. Xorijiy davlatlardan hamkorlik qilish xohishini bildirgan kompaniyalar haqida ma‟lumotlar, ularni takliflari lizing olish qoidalari; soliq tuzimi haqidagi ma‟lumotlar, soliq kodeksiga kiritilgan o„zgarishlar haqida. Masla h atlar. O'z ishini yuritish bo„yicha takliflar; Audit. Auditorlik xizmatini tashkil qilish bo„yicha ma‟lumotlar; Korxona va uning ma h sulotlari reklamasi; Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling