Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev


Ishlab chiqarishni tashkil qilishda to‘rsimon grafiklar


Download 2.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/193
Sana25.10.2023
Hajmi2.48 Mb.
#1722490
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish

5.3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda to‘rsimon grafiklar 
5.3.1. To‘rsimon grafiklar haqida tushuncha 
To„rsimon grafiklarni ixtiro etilgandan oldin ishlab chiqarishda, asosan, 
Gant grafiklari, ya‟ni chiziqli grafiklar qo„llanilar edi, ammo ularning bir qancha 
kamchiliklari bo„lib ishlab chiqarishni to„liq ko„rsatib berish va ulardan foyda-
lanishda ancha qiyinchiliklarga olib keladi, ular quyidagilardan iborat: 
1) jarayonlar orasidagi bog„liqlik to„liq ko„rsatilmaydi; 
2) agar jarayonlarni bajarilish vaqti o„zgarib qolsa, uni qayta hisoblash kerak 
bo„ladi; 
3) grafikli hisoblash ishlarini zahiralari aniqlanmagan; 
4) asosiy ishlar bilan ikkinchi darajali ishlarni farqi ko„rsatilmaydi; 
5) hisoblash ishlarida kompyuterlarni qo„llashda qiyinchilik tug„diradi. 
Yuqorida ko„rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilishda bizga to„rsimon graf-
iklarni qo„llash ishlab chiqarishni boshqarishda katta natijalarni olib keladi, chunki 
to„rsimon grafiklarni quyidagi afzallik tomonlari mavjud: 
1) texnologik jarayonlar ketma-ketligini, har bir ishning bajarilish vaqtini aniq 
belgilaydi; 
2) har bir jarayonni asosiy va xususiy zahiralarini aniqlaydi
3) ta‟minotchilar bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bir-biriga bog„laydi; 


152 
4) texnologik jarayonni to„g„ri bajarilishini nazorat qilish osonlashadi; 
5) kompyutyerdan va matematik usullardan foydalanishda qulaylik tug„diradi. 
To„rsimon grafikning tuzilishi chiziqli diagrammalarga o„xshash bo„lib, u 
ishlab chiqarish jarayonini bir - biriga bog„lanishini va mahsulot ishlab chiqarishni 
boshlashdan to oxirigacha bo„lgan davrni ko„rsatib beradi. 
To„rsimon grafiklar quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
a) ish; 
b) voqea; 
v) bog„liqlik; 
g) kutish. 
Ish - ishlab chiqarish jarayoni bo„lib, ma‟lum bir jarayonni bajarish uchun 
resurs va vaqt birligi talab qilinadi. 
Resurs deb - jarayonni bajarish uchun zarur bo„lgan xom ashyo, texnika va 
ishchi kuchlariga aytiladi. 
To„rsimon grafikni to„g„ri chiziq shaklida ifodalanadi. 
Voqea - bir yoki bir necha ishning boshlanishi va keyingi ishlarni boshlash 
uchun sharoit yaratib berishga aytiladi. 
Har bir ishning boshlanish, tugash vaqti va texnologik jarayonning ketma - 
ketligini aniqlaydi. 
Voqea to„rsimon grafikda aylana shaklida yoki boshqa geometrik figura 
shaklida tasvirlanib uning ichiga ishning raqami - voqeaning kodi yoziladi. 
Voqea ikki xil bo„ladi: 
- boshlovchi voqea ko„rilayotgan ishni boshlanishini va tugashini bildiradi. 
- tugatuvchi voqea - ko„rilayotgan ishni tugashi va yangi ishni bosh-
lanishini aniqlaydi. 

Download 2.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling