Yuborilsa, uning o`qi fazodagi joyini o`zgartiradi. Buni holatini saqlab qolish uchun podshipniklardan foydalaniladi
Lorens almashtirishlari va undan chiqadigan xulosalar
Download 53.85 Kb.
|
Yuborilsa, uning o`qi fazodagi joyini o`zgartiradi. Buni holatin-fayllar.org
Lorens almashtirishlari va undan chiqadigan xulosalar
Bir inertsial sanoq sistemasidan boshqa inertsial sistemaga o’tganda koordinatalar va vaqtni almashtirishning yangi to’g’ri formulalarini yuqorida bayon etilgan ikki pastulot asosida keltirib chiqarish mumkin. Faraz qilaylik, K 1 sistema (platforma) K sistema (er)ga nisbatan OX o’q bo’ylab o’zgarmas v tezlik bilan xarakatlanayotgan bo’lsin. Bu xolda OY va OZ o’qlar bo’ylab ko’chish yo’q. Shuning uchun o’sha yo’nalishlarda koordinatalar almashtirishi qo’yidagicha bo’lishi kerak: y'=y va z'=z (a) Koordinatalarni to’g’ri almashtirish - Galiley almashtirishlari (x'=x-vt ) va ( x=x'v' t' ) dan x'= k(x-vt) , x=k(x'-v't') Bu formulalardagi k koeffitsientning bir xil bo’lishi shart, bu maxsus nisbiylik printsipining talabidir. Lekin k'- sistema k- sistemaga nisbatan xarakatlansa, k- sistema k' sistemaga nisbatan chapga tomon xarakat qiladi. Bu yerdagi k koeffitsient faqat ikkala inertsial sanoq sistemaning nisbiy tezligiga bog’liq bo’lishi kerak. Bu fikrni yorug’lik tezligining domiylik printsipiga tayanib isbotlash mumkin. Aytaylik, vaqtning t=t'=0 paytida K va K' sistemalarning koordinatalar boshi, ya’ni O va O' nuqtalar ustma-ust tushgan bo’lsin. Xuddi shu paytda O nuqtadan OX yo’nalishida yorug’lik impulsi yuboraylik. Bu impuls t va t' vaqt o’tgach P nuqtaga o’rnatilgan ekranni yoritadi. Ikkinchi pastulotga muvofiq ikkala sanoq sistemasi uchun xam yorug’likning c tezligi bir xildir. Shuning uchun voqeaning, ya’ni ekran yoritilishining K va K' sistemalardagi koordinatalari tegishlicha qo’yidagi tenglamalar bilan ifodalanadi: x=ct, x'=ct' Lorents almashtirishlari bir vaqtlilik tushunchasining nisbiy xarakterda ekanligini miqdor jixatdan aniqlashga imkon beradi. Aytaylik, biror K' sisetamaning X 1 va X 2 nuqtalarida vaqtning t' paytida ikki voqea ro’y bergan (mas. ikki chiroq yonib o’chgan) bo’lsin. Klassik mexanika nuqtai nazaridan bir inertsial sistemada (K' sistemada), bir vaqtda ro’y bergan ikki voqea boshqa xamma inertsial sistemalarda jumladan K sistemada xam ayni shu vaqtda yuz beradi. Nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan esa boshqacha xulosa kelib chiqadi: bir inertsial sistemada bir vaqtda yuz bergan ikki voqea, boshqa inertsial sistemada bir vaqtda yuz berishi mumkin emas. Tabiatda o’zaro aloqador voqealarning biri, albatta sabab, ikkinchisi esa, albatta oqibat bo’lib keladi. Masalan, qorong’i xonani yoritish uchun avvalo chiroq yoqish zarur. Bu yerda chiroq yonishi sabab, xonaning yoritilishi oqibat bo’ladi. Nisbiylik nazariyasi isbotlaydiki, soatning yurishi yoki nisbiylik jarayonlarining o’tishi xarakat xolatiga bog’liq. Xarakatlanayotgan K 1 sistemadagi soat xarakatsiz K sistemadagi soatlardan orqada qoladi boshqacha aytganda, xarakatlanayotgan sistemada vaqtning o’tishi sekinlashadi. Bu xodisani vaqtning Download 53.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling