Yudakov sulaymon (solomon) aleksandrovich


Download 57.08 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi57.08 Kb.
#1398671
Bog'liq
Yudakov Sulaymon 25


YUDAKOV SULAYMON (SOLOMON) ALEKSANDROVICH (1916.14.4, Qo’qon — 1990.6.11, Toshkent) — kompozitor. O’zbekiston xalqartisti (1976). Moskva konservatoriyasida ta’lim olgan (1934-41). 1941 yildan Toshkentga qaytib asosan ijod bilan shug’ullangan. 1943-44 yillari Tojikiston filarmoniyasi badiiy rahbari. Uning asarlari o’zbek (va tojik) xalq kuylari hamda zamonaviy ohang va usullar uyg’unligi, janr jihatidan xilma-xilligi, yorqin va hayotbaxsh kuylari bilan ajralib turadi. Yudakov — opera (“Maysaraning ishi”), balet (“Nasriddinning yoshligi” va “Jonli alanga”), kantatalar (“Mening Vatanim”, “Muborakbod”, “Alyor” va boshqalar), 6 qismli “Mirzacho’l” vokalsimfonik syuita, vokal-simfonik poemalar, qo’shiqlar, romanslar, (“Kuylama sohibjamol”, “Basandas” va boshqalar), kamer cholg’u asarlar (masalan, “Sharq poemasi” va boshqalar), dramatik spektakllar, kinofilmlarga musiqa va boshqalar asarlar muallifi. “Maysaraning ishi” birinchi o’zbek hajviy operasi Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Dushanba, Bishkek, Ufa, Moskva, Lodz (Polsha) teatrlarida sahnalashtirilgan, simfonik asarlari ko’p orkestrlar repertuaridan o’rin olgan. Qo’shiqdaridan “Dugonalar”, “Davra qo’shig’i”, “Jon O’zbekiston”, “Karnaval valsi” va boshqalar ommalashgan. Davlat mukofoti (1951), Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1977) laureati. Ad.: Plungyan V., S. Yudakov, T., 1979; Sulaymon Yudakov v vospominaniyax sovremennikov (avtorsostavitel V.Plungyan), T., 2003.


O'zbekiston xalq artisti, kompozitor Sulaymon Yudakov 1916 yil 14 aprelda tavallud topgan. "Maysaraning ishi" operasi, "Nasriddinning yoshligi" va "Jonli alanga" baleti, "Mening Vatanim", "Muborakbod", "Alyor" qantatalarini, 6 qismdan iborat "Mirzacho'l.!" vokal-syuitasining, vokal-simfonik poemalarining muallifi. "Furqat", "Ona xotirasiga" poema rapsodiyasini, "Xorsografik syuita"'. “Tantanali uvertyura”, “Festeval uvertyurasi” singari qo'shiqlarni, ramanslarni bastalagan, dramatik spektakllar va kinofilimlar musiqalar yozgan
Download 57.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling