Yuk avtomobillarini ishlatishda ulardan foydalanish samaradorligini baholash


Yuk avtomobillari konstruksiyalarini takomillashtirish tendensiyasi


Download 39.98 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2023
Hajmi39.98 Kb.
#1099603
1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola qahramon

1.1 Yuk avtomobillari konstruksiyalarini takomillashtirish tendensiyasi.
Avtomobillar konstruksiyalarini takomillashtirish iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning sharoitlaning o‘sish su’rati bilan shakllanuvchi talablar bilan aniqlanadi. Avtomobillarning zamonaviy konstruksiyalari agregat va va sistemalar ish jarayonlarini boshqarish uchun transportga o‘rnatiladigan axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Barcha mamlakatlarda energiya tashuvchilarning tabiiy zahiralarining cheklanganligi yonilg‘ini tejash bo‘yicha choralar ko‘rish zaruriyatini taqozo qiladi.
Ko‘p mamlakatlarda bu kichik, ayniqsa kichik klassli avtomobillar ishlab chiqarishning ortishiga olib keladi.
Yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi uchun yuk ko‘tarish qobiliyati kata bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarilishining ortishi va avtopoezdlardan keng foydalanish tendensiyasi xosdir. Bu esa transport ishi birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Avtomobil saroylari iqtisoslashtirilgan avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarning ko‘payishi bilan takomillashadi. Hozirda yuk ko‘tarish qobiliyati 8 tonnadan ko‘p bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarilishi ortmoqda va yuk ko‘tarish qobiliyati 3-5 tonna bo‘lgan avtomobillar ishlab chiqarilishi kamaymoqda. Bunda zamonaviy bozorda kichik partiyadagi yuklarning o‘sishini hisobga olgan holda, yuk ko‘tarish qobiliyati 2 tonnagacha bo‘lgan yuk avtomillarini yaratish olib borilmoqda.
Benzida ishlaydigan divigatellarning ish jarayonini takomillashtirish ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Zaryadning yonish kamerasida qavatma – qavat taqsimlanishini tashkil qilish (bu, siyralashgan aralashmadan foydalanish imkoini beradi): yonilg‘i so‘ruvchi traktga purkash; yonilg‘i berishni dozalashni va o‘t oldirishni elektiron boshqarishdan foydalanish; turbo-kompressorda puflash ( havo kiritish ). Bu chora tadbirlardan kompleks foydalanilganda yonilg‘i sarfini 20% [3] gacha pasaytirsh mumkin.
Dizel divigatellaridan keng foydalanish oshdi. Hozirda yonilg‘i sarfi benzinda ishlaydigan dvigatellarga qaraganda 30-40% kam bo‘lib, foydali ish koeffisienti.
50% [4] ga yetishi mumkin. Bunga turbokompressorda puflash, chiqindi gazlarni retsirikulyasiya qilishni roslaydigan Common Rail yonilg‘i uzatish sistemasi orqali erishiladi.
Yangi turdagi yonilg‘ilarni qo‘llashga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Yonilg‘i energetika muommolarining aktuallashishi tiklanadigan tabiiy resurslarga kirmaydigan qazib olinadigan yonilg‘ilar , shuningdrk , ularning atrof – muhitga salbiy ta’siri hisobiga, energetika resurslarining yetishmasligi bilan bog‘liq.
Mamlakatimizda kelgusida tabiiy gazlardan keng foydalaniladi. Ayniqsa, uzoq kelajakda ichki yonuv divigatellari uchun vodorod yonilg‘isidan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Vodorot yonilg‘isida ishlaganda chiqindi gazlarning zaxarliligi muommosi hal bo’lishi mumkin. Ammo vodorot olish energetika harajatlari bilan bog‘liq bo‘lib, vodorotni saqlash va transportda tashish qiyinlik tug‘diradi.
Bundan tashqari, asosan shahar shaoitida ekspluatatsiya qilish elektromobillar (tesla roadster) rivojlanmoqda. Ular shovqinsiz va atrov-muhitni ifloslantirmaydi. Ulardan keng foydalanishga akkumulyator batareyalarining energiya sig‘imi kichikligi, qo’polligi to‘sqinlik qiladi. Bu esa avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati va yurish zaxirasini kamaytiradi.
Avtomobilnig massasini kamaytirish uchun uchta yo‘nalishda ish olib boriladi: rasional komponovka qilish yechimlarini izlash: detallarning rasional shakllarini izlash: detallaning rasional shakllarini izlash: nanotexnologiya yo‘li bilan olinadigan,yetarlicha mustahkam, zichligi kichik bo‘lgan konstruksion materiallar ishlatish.
Yuk avtomobillari uchun massani ancha kamaytirish imkonini beradigan, optimal komponovka qilish yechimi – kabinani dvigatel ustiga o‘rnatishdir. Bunga avtomobilning bazasi qisqaradi va gabarit yuzadan foydalanish yaxshilanadi. Bu esa yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishi mumkin.
Palimerlardan foydalanilganda avtomobilning massasi jiddiy kamayadi. Shu bilan birga, detallarni tayorlashning qiyinligi, issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi, koroziyaga bardoshligi oshadi va hk. Har hil turdagi tolalar (shisha – plastik, ko‘mirplastik, bo‘rplastik materiallar) bilan armaturalangan kompozision materiallarga alohida etibor qaratilmoqda.
Armaturalangan plastik materiallarning zichligi po‘latga qaraganda taxminan 4 barobar kam bo‘ladi, massasi po‘lat bilan bir xil bo‘lgan holda, mustahkamligi va energiya yutish qobiliyati ancha kata bo‘ladi. Dunyoda kompozision materiallardan detallar (kuzov, ressora, kardanli val va boshqalar) tayyorlash kengaymoqda [5]. Bunday materiallarning issiqlikka bardoshligini 2000ºc gacha yetkazish mumkin deb taxmin qilinadi. Kompozision materiallarning narxi balandligi ularni qo‘llashni tutib turibdi. Ularni ishlab chiqarish kengaytirishga qarab narxi pasayishi kerak.
Yonilg‘i tejamkorligi transmissiyaning uzatishlar soni rasional tanlanganda kamayishi mumkin [6]. Umumiy tendensiya uzatmalar qutisi pog‘onalar sonining oshirilishi hisoblanadi. Bu ekspluatatsiya sharoitida yonilg‘i tejami talablariga eng mos keladigan uzatmani tanlash imkonini beradi. Samarali yechim – pog‘onasiz uzatmalarni qo‘llash hisoblansada, yuk avtomobili konstruksiyasida hali yetarlicha ishonchlilik bilan keng qo‘llash imkoni yo‘q. Yuk avtomobillarida pog‘onalarining soni 24 tagacha bo‘lgan uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Bitta markadagi avtomobillar uchun uzatishlar soni har xil bo‘lgan asosiy uzatmalardan foydalanish mumkin [7]. Mikroprotsessorlar yordamida pog‘onali transmissiyalarni boshqarishni avtomatlashtirish va avtomatik pog‘onasiz transmissiyalar ishlatish kelajakda ko‘zda tutilgan [8].
Yonilgi sarfini kamaytirish uchun shinalardagi energetik isroflarinihamda kuzov va yaxlit avtomobilning aerodinamik qarshiligini kamaytirish kata ahamiyatga ega.
Yuk avtomobillarining aerodinamik qarshiligini kamaytirish o‘rtacha harakatlanish tezligi kata bo‘lgan shaharlararo tashishlarda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Kabina va yarimtirkama orasidagi suyirlikni yaxshilash uchun plasmassa suyri detal o‘rnatiladi. Shu bilan bir vaqtda kuzovlarga sezilarli chiziqlari bo‘lmagan shakl berishga harakat qilinadi. Bunday chora – tadbirlar 70 – 80 km/soat tezlik bilan harakatlangan holda, yonilg‘i sarfini taxminan 10% kamaytirish imkonini beradi [9].
Plastmassa kuzovlar (“Trabant” avtomobili) va alohida plasmassa detallar(kapot , yukxona qopqog‘i , buffer ,qoplama detallar va boshqalar) ishlatish eng yuqori samara beradi. O‘rtacha plastmassadan tayorlangan detallarning massasi po‘lat detallarga qaraanda 2 barobar kam bo‘ladi.

Download 39.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling