Yuk avtomobillarini ishlatishda ulardan foydalanish samaradorligini baholash
Download 39.98 Kb.
|
maqola qahramon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm AT V ni ekspluatatsiya qilish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar.
ATV ning ekspluatatsion samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar maqsadni ta’minlashda bir butunni tashkil qilgan holda, takomillashtirish bo‘yicha mustaqil hisoblanadi. 1- rasm.
1-rasm ATV ni ekspluatatsiya qilish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar. Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni optimallashtirish bilan transport xizmatlarining tannarxining jiddiy kamaytirish mumkin. 1.2.1 Avtotransport vositalarining texnik darajasi ATV ning texnik darajasini tadqiq qilish yaxlit ATV ning texnik darajasi va samaradorlikning ko‘rsatkichlari, matematik modelari va baholash usullarini kompleks ishlab chiqarish masalasi hisoblanada. ATV ning texnik darajasini baholashdan maqsad ularning parametrlarini samaradorlik ko‘rsatkichlariga tasirini belgilash, shuningdek yatartiladigan yoki amaldagi ATV lar asosiy texnik ko‘rsatkichlarning ishlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar va zamonaviy talablarga mos kelish darajasini aniqlashdan iborat. Bunday baholash ATV ning hamma faoliyat siklida o‘tkazilishi kerak. Funksional mukammallik avtomobil asosiy vazifasi yuklar va yo‘lovchilarni tashish bo‘lgan transport vositasi. Tashish sifati konstruksiyaning ishonchliligi bilan ta’siflanadi. Miqdor jihatdan tashish ish unumdorligi bilan belgilanadi. Demak, ATV ning funksional mukammalligini ishonchlilik va unumdorlik ko‘rsatkichlari: texnik tayyorgarlik koeffitsienti, saroy (ATV)dan foydalanish koeffitsienti o‘tilgan yo‘ldan foydalanish koeffitsienti, ATV ning unumdorligini baholashdi texnik darajani baholashda ko‘zlangan maqsadga qarab keltirib o‘tilgan alohida ko‘rsatkichlar yoki ularning birikmasidan foydalanish mumkin. Konstruktiv mukammallik, bu tushuncha bilan bevosita ATV ga xos bo‘lgan va ekspluatatsiya sharoitlari va texnologiyalariga bog‘liqligi kam bo‘lgan xususiyatlar va tavsiflar majmui aniqlanadi. Konstruktiv mukammallik – ATV ning eng umumiy tavsifi bo‘lib, quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: aerodinamik, energetik, ekologik, iqtisodiy, ergonomik, qulaylikka, texnologiklikka oid, avtomatlashtirilgan va intellektuallashtirilgan (ish jarayonlarini boshqarishning elektron blogi) mukammalliklar. Ekspluatatsion mukammallik, ATV ning ekspluatatsion samaradorligining oshirish ATV ning ekspluatatsion mukammalligi – uning hamma bosqichlardagi ekspluatatsiya jarayoniga moslashuvchanligini tavsiflovchi xususiyatlari majmui bilan chambarchas bog‘liq. ATV ning ekspluatatsion mukammallik darajasini aniqlovchi asosiy omillar – ekspluatatsion va tijoriy texnologiklikdir. Ekspluatatsion texnologiklik konstruksiya va bortli sistemalarning TXK va ta’mirlashning yuqori tejamlik usullariga moslashuvchanligini tavsiflaydi. Ekspluatatsion tejamkorlikka sistema va agregatlarning nazoratga yaroqliligi o‘z – o‘zini tashxislashi, o‘zaro almashuvchanligi, bir xillashtirilganligini, konstruksiyaning oddiyligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Amaliyotda ATV ning ekspluatatsion texnologikligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar: TX va T vaqti harajatlari, butlovchi va ekspluatatsion materiallar narxi. Tijoriy texnologik ATV ning tijoriy xizmatlariga moslashuvchanligini tavsiflaydi. Tijoriy – texnologiklikka masofadan turib nazorat qilishi, monitoring qilish, tashish uchun obe’ktlarni yonilg‘i quyish punktlarni, to‘xtash va TXK joylarini qidirish sistemalari bilan jixozlanishi tasir ko‘rsatadi. Download 39.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling