Yuklama ostida kuchlanishni boshqarish transformatorlari


Download 37.87 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi37.87 Kb.
#1540125
Bog'liq
1-mustaqil ish sifat




YUKLAMA OSTIDA KUCHLANISHNI BOSHQARISH TRANSFORMATORLARI


Reja:

  1. YUklama ostida kuchlanishni boshqarish.

  2. Transformatorning uzib kuchlanishni o‘zgartirish.

  3. Bosh pasaytirgich podstansiya.

Boshqarish shahobchalari odatda yuqori kuchlanish chulg‘amida joylashgan, chunki transformatorning bu chulg‘amida tok miqdori nisbatan kichik bo‘ladi. Quvvat va kuchlanish qiymatlariga ko‘ra rostlovchi transformatorlar har xil ulanish sxemalariga va rostlanish ko‘lamiga egadir.


Rostlashda 35, 10, 6 kV li 60 dan va 630 kVA li kuchlanish transformatorlarini qayta ulagichlarni va chulg‘amlarni ulanish sxemalari ko‘rsatilgan. kuchlanishni boshqarish [4x(+2,5 va 2x(-2,5)]% ko‘lamida amalga oshiriladi.
Qayta ulagich elektr yuritkich orqali ishga tushiriladi. SHahobchalarni o‘tkazish odatda avtomatlashtirilgan bo‘ladi.





Boshqaruvchi transformatorlarni 6 ta kadamli boshqarish sxemasi.
1- transformator;
2- qayta ulagich;
3- o‘tkazgichni ishchi kontakti;
4- yordamchi kontakt;
5- qo‘zgalmas kontakt;
6- yuritma reduktori;
7- elektr yuritkich;
8- avtomatik boshqarish tizimi;
9-kuchlanish transformatori TSMAN-630/35;
10- o‘lovchi simlar;
11- past kuchlanish chulg‘ami;
12- yuqori kuchlanish cho‘lg‘am.

Markazlashtirilgan rostlashda kuchlanishni qarama-qarshi rostlab amalga oshirish mumkin. Buning uchun birlamchi kuchlanishini 35 kV li va undan yuqori bo‘lgan stansiyani shinalarida yoki pasaytiruvchi podstansiyalarni ikkilamchi shinalarida yuklamani maksimum vaqtida yuqori kuchlanish ushlab turiladi, minimum vaqtida kuchlanish pasaytiriladi, bu esa tarmoqni nominal kuchlanishidan 0 dan ±5% gacha rostlanishiga to‘g‘ri keladi.


Elektr qurilmalarini ishlatish qoidalariga asosan maksimal yuklama tartibida markaziy podstansiya shinasidagi kuchlanishni 5-10% ga ko‘tarishni, minimal kuchlanishda tarmoq kuchlanishiga tang, ya’ni MP shinasidagi kuchlanish og‘ishini no‘lga teng (V=0) holda ushlab turish kerak.


Bosh pasaytirgich podstansiyada transformatorlar qayta ulagich qurilmalar bilan jihozlangan. Bu qayta ulagich ko‘p pog‘onaga ega bo‘lib, mahsus bakka joylashgan. Quvvati 5,6 MVA, kuchlanish 35/10 kV bo‘lgan TMN turidagi transformatorda RNT-9. kadami 8 ta (har biri 2,5 %) bosqichga ega. Takomillashgan qayta ulagichlarda mayda bosqichlar rostlanishni har bosqichida 1,5 % dan amalga oshirish mumkin.
MT transformatoriga ko‘pincha birinchi (1) shahobcha o‘rnatiladi, MT ni shinasini kuchlanishi shunday tanlanadiki, PK tarmog‘ini shinasida boshidagi kuchlanish og‘ishi Vbosh=5%, eng katta ega bo‘lgan kuchlanish yo‘qotilishini shahobcha kompensatsiya qilishi kerak.
ΔVfoy= Vbosh-V-
Vbosh- tarmoqni boshidagi kuchlanishni og‘ishi;
Veng uzoqdagi iste’molchi uchun kuchlanish og‘ishini eng past chegarasi.
Agar, Vbosh=+5% bo‘lsa iste’molchiga talab etadigan kuchlanishni ushlab turish uchun, talab etiladigan kuchlanish yo‘qotilishi 10%bo‘lishi mumkin.
ΔVfoy= V+-V-=+5-(-5) =10%.
bu erda V+- kuchlanish og‘ishini yuqori chegarasi.
MT shinasidagi maksimal yuklama tartibida kuchlanishni og‘ishi.
VMTI=VHI+ΔVΣ-Eqo‘sh
(bir indeks maksimal yuklama tartibiga tegishli)
Masalan VHI=+5% va MT ga yaqinda joylashgan transformatordagi yo‘qotish ΔVTR=2,5%. SHunday qilib ushbu transformatorda birinchi shahobcha o‘rnatiladi Eqo‘sh=0. Bir vaqtning o‘zida ushbu transformator MT ga yaqinda joylashganligi uchun ΔV ni no‘lga yaqin deb qabul qilamiz.
Unda VMTI=+5+2,5=7,5%
SHunday qilib maksimal yuklama tartibida MT shinasida kuchlanish og‘ishini VSPI=1,5% turib turish kerak.
Minimal yuklama tartibida yuklama tarmog‘ida kuchlanish yo‘qotilish anchaga kamayadi. Agar maksimal yuklamada ΔV VI pog‘onalar sonini ishlatib tenglashsa, minemal tartibda, pog‘onalar bilan rostlanganda katta miqdorda, kuchlanishni yo‘qotilishi yuzaga keltiradi.
ΔVTR2=0 va Eqo‘sh=0 (0 inchi shahobchaga ulash) MP shinasida kuchlanishni og‘ishi minimal tartibda nominalgacha pasayishi kerak.
YA’ni VMp2=VH2+VTR2- Eqo‘sh=0+0-0=0%.
Kuchlanishni har xil tartiblarda maksimal (7,5%) dan minimalgacha (0%) aktiv aralashishni talab etadi, bo‘lmasa minimal yuklamada kuchlanish ruxsatlangandan ham ko‘tarilishi, maksimal yuklamada- ruxsatlangan ham pasayishi mumkin.
SHuning uchun faqat avtomatik rostlash talab etilgan kuchlanishni ta’minlashi mumkin.
Zamonaviy tarmoqlar uzunligini kattaligi, bilan harakterlanadi. Liniya va transformatorlardagi yo‘qotishni kompensatsiya qilish uchush transformator eng ma’qul tartibni ta’minlashi uchun kerakli transformatsiya bilan ishlashi kerak.



Xulosa

Elektr energiya xar xil ishlab chiqarish jarayonlariga kerak bo‘ladigan maxsus ko‘rinishli mahsulot sifatida baho berilishi bilan xarakterlanadi.
Zamonaviy sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni ko‘tarishga intilish shuningdek texnologik jarayonlarni murakkablanishi asosan rostlanuvchi ventili o‘zgartgichlar, katta quvvatli yoyli pechlar va payvandlash qurilmalarini ishlatish bilan bog‘langan. Ushbu iste’molchilarni ishlashini harakterli tomoni, ularni ta’minlovchi tarmoqlar elektr energiyasini sifatiga ta’siridir. O‘z navbatida elektr uskunalarni me’yoriy ishlashi, ta’minlovchi tizim elektr energiyasini sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Elektr energiya iste’molchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni ma’lum bir sharoitlardagina to‘la-to‘kis bajarishlari mumkin. Bunday sharoitlarni belgilovchi parametrlar elektr energiya sifatideb yuritiladi. Sifat belgilarining istalgan tomonga og‘ishi energiyadan chala foydalanishga sababchi bo‘ladi. SHuningdek, elektr qurilmalari va jihozlardan to‘liq foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni kam bo‘lishiga va boshqalarga sababchi bo‘ladi.
Elektr energiyasi sifat muammosini hal qilishda iqtisodiy, matematik va texnik vazifalar ko‘rilishi kerak. Iqtisodiy vazifa o‘ziga elektr ta’minotida sifatsiz energiya iste’mol qilgandagi zararlarni hisoblash usullarini yaratishni ko‘zda tutsa, matematik vazifa sifat ko‘rsatkichlarini u yoki bu usullar bilan hisoblashni, texnik vazifai esa texnik vosita va tadbirlarni yaratib, sifatini ko‘tarishni va sifat belgilarini nazorati hamda boshqaruv usullarini yaratish va ishlab chiqarishni qamrab oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Рожкова Л.Д., Козулин В.С-Станция ва подстанцияларнинг электр қисми


2. Salimov J.S., Pirmatov N.B-Elektr mashinalari


3. Mark Katsman. Elektr mashinalari va transformatorlar
Download 37.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling