Yuklarni tashishni rejalashtirishning mohiyati


Download 29.9 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi29.9 Kb.
#1443775
Bog'liq
19.Yuklarni tashishni rejalashtirishning mohiyati


Yuklarni tashishni rejalashtirishning mohiyati.

Reja.



  1. Yuk tashishni tashkillashtirish.

  2. Yukni tashishga tayyorlash.

  3. Yuk jo‘natuvchilarning hujjatlarini toidiiish tartib

  4. Yuklarni jo‘natish asoslar.

  5. Yuk tashish hajmi va yuk aylanmasi.

Stansiyalarda yuk va tijorat ishlari texnologiyasi asoslari. Mahalliy shart-sharoitning har xilligi ayni shu stansiyaning sharoitlarini hisobga olgan yuk va tijorat ishlari texnologik j arayonini ishlab chiqishni talab etadi. Bunga stansiyaning texnologik jarayonini tuzish bilan erishiladi. Texnologik jarayon deb, ilg‘or usullami keng joriy etish negizida texnik vositalaming iloji boricha qulay usullami qo‘llab, stansiyaning ish jarayonini ratsional tizimda tashkillashtirishga aytiladi. Texnologik jarayon yuk stansiyalarining ishini va operatsiyalarning bajarihsh tartibini aniqlaydi, yuklami tashishda Nizom va yuklar tashish qoidalarining xatosiz bajarilishini ta’minlashni, yuk xo‘jaligidagi eng yaxshi qayta ishlash texnik vositalaridan foydalanishni belgilab beradi. Stansiyalarda yoklash va tijorat operatsiyalarining bajarilish texnologiyasi. Yuk stansiyalarida yuklash va tijorat operatsiyalarining bajarihsh tartibi «Yuk va tijorat ishlarini tashkil1ashtirish» bo‘hmlarida beriladi. Unda umumiy foydalanish joylarida yuklashning asosiy holatlari ko‘rsatiladi. Mayda jo‘natmalami qabul qilish, qayta ishlash texnologiyasi «Mayda jo‘natmalami qayta ishlashni tashkillashtirish» bo‘hmida ko‘rsatilgan. Shu bobda yuklami saralash platformalari va mayda jo‘natmalar tashishni tashkillashtirish, yig‘ma, tarqatma vagonlarda avtotransport ishlari yoritilgan. Bu bobda konteyner punktining asosiy ishlari, boshqarishning avtomatlashtirish tizimi, aloqaning texnik vositalari bilan jihozlanganligi, konteyner punktining katta tonnali konteynerlami qayta ishlash xususiyatlari keltirilgan. Temir yo‘l va sanoat transportining hamkorlikda ishlash texnologik jarayoni ham ishlab chiqilgan.


Poyezdlar harakati xavfsizhgi va yukning tashish paytida zarar ko‘rmasdan manzilga yetkazilishini ta’minlash uchun yuk jo‘natuvchi yukni tashishga tayyorkwii shart. Xususan, u ekskavator, kran, avtomatik tarzda yuk ortish mashinalari va boshqa mashinalaming barcha harakatchan qismlari (hartumsimon qismi, osma ishchi qismlari)ni mahkamlaydi, ularning metall yuzalarini zanglashdan asraydigan moy yoki boshqa himoyalash vositasi bilan moylab-himoyalaydi, bakdagi yoqilg'i va sovitish tizimidagi suvlarni to‘kib yuboradi, sinib yoki yo‘qolib qolishi mumkin bo'lgan qismlarini ajratib olib, alohida idishlarga solib yoki o‘rab himoyalaydi.
Yuk jo‘natuvchi yukni tashiladigan idishga yaxshilab joylashtiradi, mahkamlash uchun mo‘ljallangan mexanik qurilma yoki boshqa vositalaming mustahkamligini, ularning o‘zlariga ta'sir ko‘rsatadigan kuchlaiga bardoshlihk darajasini tekshiradi. Zarur bo‘lgan hollarda yukning o‘zida mahkamlash uchun alohida moslama bo‘lishi talab qUinadi.
Tormoz tizimi bilan ta’minlangan g‘ildirakli, zanjirtasmali (ryceHHuajffl) va boshqa mashinalaming tormoz tizimi ishonchliligi tekshiriladi.
Mashina yuklab bolingandan so‘ng, uni o‘z-o‘zidan tormozi bo‘shalib ketishi mustasno qilingan tarzda tormozlantiriladi. Bundan tashqari avtomobil, traktor, dvigatelli qishloq xo‘jalik mashinalari va boshqa o‘ziyurar mashinalami jo‘natayotgan yuk jo‘natuvchi ulaming eshik va boshqa ochib-yopiladigan qismlarini yaxshilab yopib, qo‘rg‘oshinli tamg‘a bilan tamg‘alashi (plombalashi), ularga qo‘yilgan plombalar, zaxira qismlari va asbobuskunalari joylashtirilgan qutilar sonini, ulaming joylashtirilgan joyi, mashinadan ajratib olingan qismlar sanab o'tilgan alohida ro‘yxat tuzishi lozim.
Balandligi 1 metrdan ortiq boigan qutilarga joylangan yuklar hamda balandligi 1 metrdan ortiq boigan maxsus idishlarga joylanmagan yoki o‘ralmagan asbob-uskuna, mashina va boshqa yuklarga qo‘ygan talabiga binoan, ularning ham idishi bilan birgalikdagi yoki idishsiz ogirligi (bmtto massasi) ko‘rsatilishi va yuk turgan joyning ikkita qarama-qarshi boimagan yon taraflari MT (14192-77 DAST) da ko‘zda tutilgan tegishli belgi va harflar bilan ogirlik markazi belgilanishi lozim.
Kirib kelgan yangi asming asosiy vazifasi tijorat tizimlari va davlatlar hamkorligi nazarda tutilgan Yevroosiyo transport aloqalari kompleksining balanslashgan va butun kompleksini tuzishdan iborat.
Jahonda yirik transport va transport-ekspeditorlik kompaniyalari, yuz ming o‘rta va mayda ekspeditorlik firmalari hamda transport korxonalarining kooperatsiya faoliyati shaklidagi yagona transport majmuasi yuzaga keldi.
Transport-ekspeditsion faoliyatning (TEF) jahon qonunchiligini shartii ravishda xalqaro va milliyga bo‘lish mumkin. Turh mamlakatlarda transport ekspeditsiyasi rivojlanishi darajasiga bog‘liq holda milliv qonunchilik oz yoki ko‘p miqdorda xalqaro qonuncbilik bilan uyg‘unlashadi.
Turli transpor hajariua transport-ekspeditsion faoliyatni reglamcntk?vcbi asosiy xaiqaro shartnoma va konvensiyalar: tarif va savdo bo‘yicha asosiy bitim (TSAB). U xalqaro savdoni huquqiy tartibga soluvchi umumiy masalalami boshqaradi. TSAB tarkibiga yuzdan ortiq davlatlar kiradi;
Chegara kesib o‘tish, transport vositalari texnik tavsifi tartibiga bo‘lgan yagona xalqaro talablami boshqamvchi Xalqaro savdo tashkilotining xizmatlari Savdosi bo‘yicha asosiy bitim.
1980- yil 77 davlat orasida xalqaro yukni aralash tashish konvensiyasi tuzilgan. Bu me’yoriy aktning asosiy mazmuni huquqiy-me’yoriy baza tuzishdan iboratki, u ikki tomonlama transport hujjati bilan xalqaro aloqada yukning aralash yuk tashishini tartibga soladi. Konvensiyaga ko‘ra yukni yetkazib berishga javobgar deb e’lon qilgan tashuvchi (ekspeditor) «aralash tashish ekspeditori» bo‘ladi;
Xavfli yuk tashish talablarini belgilovcM xavfli yukni xalqaro tashish haqidagi Yevropa bitimi (XYUXTB); 228 xalqaro yuk tashish haqidagi bojxona konvensiyasi;
Temir yolda xalqaro yuk tashish shartnomasi haqidagi konvensiya (TYUTK); chegaralarda yuk nazoratini o‘tkazish shartiari kelishuvi haqida xalqaro konvensiya; xususiy yuk tashish vositalarini vaqtincha olib kirish haqida bojxona konvensiyasi; konteynerlarga doir bojxona konvensiyasi; tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashish va ulami tashishga mo‘ljalangan maxsus transport vositalari haqida bitim (TBMT).
TEF ga doir milliy qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda e’tiboiga olinuvchi majburiy yoki tavsifiy xarakteiga ega me’yoriy hujjatlami ishlab chiqadigan va transport ekspeditsiyasi faoliyati masalalari bilan shug‘ullanadigan qator xalqaro tashkilotlar mavjud.
Ekspeditsiya uyushmasining xalqaro federatsiyasi (FIATA) TEF ni boshqarish bo‘yicha maslahatlar asosida ishlab chiqiladi. U transport-ekspeditsion xizmat haqidagi qonunchilik bo‘lmagan yoki endi ishlab chiqilayotgan, shuningdek, jiddiy qayta ishlashlar talab qilinadigan mamlakatlardagi o‘z a’zolariga transportekspeditsion xizmat (TEX) qoidalari modemini yo‘l!aydi. Bu tashkilot transport-ekspeditsion hujjatlar shaklini, ulami rasmiylashtirish va TEF ni amalga oshirishdagi harakatlarini ishlab chiqadi.
Qo‘mita ichki transport bo‘yicha BMT ning Yevropa iqtisodiy hay’ati BMT nomidan tuzilgan transport sohasidagi 50 dan ortiq bayonnoma, konvensiya va bitimlar ishlab chiqish miqyosida katta ish olib bormoqda.
«Effekt» xalqaro axborot tizimi qog‘ozsiz texnologiyadan foydalanishda transport-ekspeditsion hujjatlami to‘ldirish texnologiyasi va shakliga bolgan talablami bir me'yorga keltiradi.
TEF ni davlat miqyosida qo‘llash ikki asosiy maqsadni nazarda tutadi: mamlakat iqtisodini rivojlantirish va turg‘un faoliyatini ta’- minlash maqsadida milliy transport-ekspeditsion faoliyatning rivojlanishini yo‘lga qo‘yish;
Yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli transport-ekspeditsion xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
Chet elda transport-ekspeditsion faoliyatni boshqarishning asosiy mexanizmlari: ekspeditor yoki tashuvchilaming TEF da ishtirok etishlarini ta’minlovchi litsenziyalash; taqdim etilayotgan transport-ekspeditsion xizmatlar sifatini oshirishni ta’minlovchi sertifikatsiya;
TEF rivojlanishining usul va yo£nalishlarini iqtisodiy boshqaruvchi TEF doirasidagi soliq siyosati;
TEF ning barcha ishtirokchilari, ayniqsa, fuqarolar (iste’molchilar)ni huquqiy himoyalash;
TEF ni barcha nuqtai nazarda standartlash; sug'urta sohasida siyosat.
Mijoz va ekspeditor orasidagi o‘zaro munosabatning yuridik asosi deb, transport ekspeditsiyasi shartnomasi tan olinadi. Shartnomaning ikki tomoni — mijoz va ekspeditoming tengligi hamda yuqori darajada mas’uliyatliligi shartnomaning asosiy prinsipi hisoblanadi. Amaliyotda shartnoma tuzish mijoz va ekspeditor orasidagi telegraf, teletayp, telefon, elektron va hokazo aloqalardan foydalangan holda hujjat almashishgacha bo'lgan shaklda bo'lishi mumkin.
TEF ishtirokchilarining o‘zaro huquq va javobgarliklarini aniq belgilash transport-ekspeditsion faoliyatning umumiy qoidalari va transport-ekspeditsion hujjatlaming aniq shakllarida aks etadi. Umumjahon transport-ekspeditsion faoliyatni unifikatsiyalash jarayoni milliy qoidalami o‘z ichiga oluvchi, lekin xalqaro qonunchilik bilan kelishilgan yagona asosiy hujjatlar tashkil qilishga olib keladi. Bu ishni, asosan, FIATA olib boradi.
Rivojlangan mamlakatlar milliy ekspeditor va tashuvchilarga nisbatan proteksion choralar ko‘rishga katta ahamiyat bermoqda. Bu bilan ular ichki transport-ekspeditsion xizmat bozorida chet el firmalariga nisbatan yaxshiroq ish sharoitlari yaratmoqdalar. Bunga litsenziyalash va soliq siyosati yordami bilan erishiladi.
Yuk jo‘natuvchi qog‘ozning tagiga qora qog‘oz qo‘yib, oq qog‘oz ustidan hujjatni jo‘natish va yetib borish vaqti, vagonlar haqida madumotlar ichida nima borligi, yo‘nalishi, stansiya jo‘natuvchisi va qabul qiluvchining to‘liq nomi, ulaming kod raqami, pochta manzili, Davlat banki hisob raqami, Davlat banki bo‘limi nomi, ramziy belgisi, agar yukni qabul-jo‘natuvchi tomonidan aniqlangan bo‘lsa, joylar soni, o‘ramlar turi, yuk nomi, og‘irligini ko‘rsatadi. Agar grafada «Muhr va qayd uchun joy» bo‘lsa, jo‘natuvchi tashish jarayonidagi barcha zamriyatlami yozib o‘tishi kerak. Masalan, «xavfli», «zaharli», «yong‘indan xavfli», «suyultirilgan gaz» va hokazolar deb xavfli yuklaiga yoziladi. «Stansiya va yo‘nalish» bandiga katta ahamiyat berish kerak. Stansiya nomi bilan yo‘nalish temir yo‘l stansiyasi aifaviti bilan to‘g‘ri kelishi kerak (tarif boshqarmasi N°4, 2- kitob). Bunda agar yuk yo‘lda tushirilib qoldirilishi kerak bo‘lsa, o‘sha stansiya nomiga «... shu yo‘ldan tashlab o‘tilsin» (korxona nomi ko‘rsatiladi) degan belgi qo‘yiladi.
«Jo’natuvchi» («qabul qiluvchi») grafasida tashkilotning to‘liq va aniq nomi, ulaming maxsus kodlari yoziladi. Agar yuk alohida fuqaroga jo‘natilgan bo'lsa, uning familiyasi, ismi-sharifi, yuborilayotgan yuk kodi yoziladi. Dengiz transporti orqali jo‘natilayotgan eksport yuklari uchun «Yuk qabul qilib oluvchi» grafasida yuk jo‘natilayotgan port, xorijiy tashkilot nomi ko‘rsatiladi.
Yukning to‘g‘ri, aniq va to‘liq nomlanishi katta ahamiyatga ega. Shu bilan bog‘liq holda tashish usuli va yuk o‘tkazish to‘lovlari o‘rnatiladi. Jo‘natuvchi 1- raqamli Tarif (qiymat) boshqaruvi (Nsl), 1- qism, V bo‘limiga asosan yukni nomlashi shart. Nomlangan yukka «Yuk jo‘natuvchining plombasiga muvofiq» jo‘natuvchining tekshimvchisi familiyasi, ismi-sharifi, pasport seriya raqami, xizmat safari guvohnomasi raqami qo‘shiladi.
Tashish hujjatlari haqidagi ma’lumot to‘g‘riligi uchun aniq qilib yuk jo‘natuvchi yuk xatiga imzo chekadi. Tashishni hujjatlashtirishda u ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.
Yuk xati orqa tomonidagi grafaga «Yuk texnik shartlarining bo'limi talablari asosida to‘g‘ri joylashtirilgan va mahkamlangan» deb jo‘natuvchi yuklashning to‘g‘ri hamda mahkamlanganligini tasdiqlab (agar yukni ishlab chiqaruvchi jo'natgan bo‘lsa), imzo chekadi. «Yuk jo‘natuvchining maxsus arizasi va belgisi» grafasida ayrim hollarda yukning qiymati haqida ma’lumot va jo‘natuvchining ochiq harakat tarkibida tashishga roziligi ko‘rsatiladi. Tashish hujjatlarini to‘ldirish tartibi «Yuklar tashish qoidalarida»- ning 6- bo‘limida to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.
Yuk tashish hajmi vaqt birligi ichida tashilgan yoki tashishga mo’ljallangan yuk miqdоrini bildiradi.
Yuk aylanmasi vaqt birligi ichida tashilgan yoki tashishga mo’ljallangan yuk miqdоrini shu yukni o’rtacha tashish masоfasiga ko’paytirib aniqlangan transpоrt ishi birligini xarakterlaydi.
Namunaviy masalalar echish
To’g’ri va оrqa yo’nalishlar bo’yicha yuk tashish hajmi (Q), yuk aylanmasi (P) va o’rtacha tashish masоfasi (lo’rt) aniqlansin va yuk оqimi epyurasi chizilsin. A va B punktlar оrasidagi masоfa – 12 km. B va V punktlar оrasidagi masоfa – 10 km. Yuk jo’natuvchi va qabul qiluvchi puntklar оrasidagi yuk tashish hajmi jadvalda keltirilgan.


Adabiyotlar
1. Ibragimov N.N. Yuk va yo’lovchilarni tashishni tashkil qilish.T.:«O‘zbekiston», 2007
2. Normatov Sh.N. Yok va yo’lovchilarni tashishni tashkil etish. T.: « Cho’lpon », 2007.
3. Jurayev, M. N.  Avtomobil transportida yuklarni tashish. : uslubiy qo’llanma / M. N. Jurayev, N. Z. Arifjanova. - Toshkent : 2021
Download 29.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling