Yuklash mashinalari to’g’risida
Download 1.27 Mb.
|
Tajriba ishi № ппн, пдм yuklovchi mashinasi tuzilishini va ishla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlanish
- Yuklash organi
To’g’ridan-to’gri yuklovchi yuklash mashinalariningquyidagi xilari bor:
PPN-1s, PPN-3A, PPN-2G. Kon-qidiruv lahimlarini o’tishda cho’michni mashina ustidan oshirib to’kuvchi rukoyatli mashinalar eng ko’p tarqalgandir. Bu turdagi mashina PPN-1s gorizontal laximlarni o’tishda portlatib massivdan ajratilgan yirikligi 350 mm gacha bo’lgan tog’ jinslarini vagonchaga yoki boshqa transport vositasiga yuklashga xizmat qiladi. CHo’michli yuklash mashinalarining barchasi bir xil tuzilishga egadir, lekin ba’zi bir uzellarining bir-biri bilan bog’laniida farq qilishi mumkin. PPN-1s mashinasi (19.3-rasm) cho’mich 1, yurish qismi dvigateli 5, buriluvchi platforma 3, yurish qismi 4, ko’tarish mexanizmi 6, boshqaruv pulьti rukoyati 2, cho’michni orqaga qaytarish mexanizmi 7 dan tashkil topgan. Harakatlanish (yurish qismi) mexanizmi cho’yan qoplamali reduktor, pnevmatik dvigatelь va ikkita o’qli g’ildirak juftlaridan tashkil topgan. Yurish qismi – sharik tayanchli asos vazifasini bajarib, uning ustiga yuqorigi buriluvchi platforma o’tnatiladi. Asos markaziga tayanch (shkvorenь) o’rnatilgan bo’lib, bu yurish qismi bilan platformani birlashtirib turadi. Oldingi qismiga boltlar yordamida rolikli kronshteyn qotirilgan bo’lib cho’mich buriluvchi qismini avtomatik tarzda o’rta holatga qaytaradi. Reduktor korpusiga 8,8 kVt quvvatli pnevmatik dvigatel ulangan. Mashina chap qismida mashinist turib ishlashi uchun taglik, o’ng qismida esa mashinani lahimlar bo’ylab olib yurishda yurish qismini pnevmomotordan uzib qo’yuvchi moslamalar joylashgan. Yurish qismi korpusi oldingi qismida cho’mich uchun tayanch buferi, orqa qismida esa vagonchani mashinaga ulovchi ulash moslamasi joylashgan. Yuklash organi (19.4-rasm.) buriluvchi platmorma 6 ga o’rnatilgan bo’lib, kulisa 2 li (rukoyat) cho’mich 1 va to’rta muvozonatlashtiruvchi tross 3 va 3’lardan tashkil topgan. CHo’mich po’lat listlardan payvandlangan konstruktsiyalidir. CHo’michning old qismiga tog’ jinsiga yengil kirishi uchun uchqur tishlar o’rnatilgan. CHo’michning yuqorigi qismi tekis tarnov shaklida bo’lib, yuk tushirish vaqtida tog’ jinslari shu yerdan sirpanib tushadi. CHo’mich yuqoriga ko’taruvchi profilda ishlangan ikkita kulisaga biriktirilgan. Kulisalar bir- birlari bilan travers 4 bilan bog’langan bo’lib, bunga ko’taruvchi mexanizm plastinkali tortuvchi zanjiri 5 maxkamlangan. 19.3-rasm. PPN-1s yuklash mashinasi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling