Yuklash-tushrish va tashish ishla


Ortish-tushirish ishlarida xavfsizlik tadbirlari


Download 1.23 Mb.
bet3/5
Sana04.05.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1425213
1   2   3   4   5
Bog'liq
ORTISH-TUSHIRISH ISHLARIDA XAVFSIZLIK CHORA-TADBIRLARI

Ortish-tushirish ishlarida xavfsizlik tadbirlari.

  • Ishlab chiqarish korxonalarida yuklarni ortish-tushirish, taxlash va joylashtirish bilan bog‘liq hamma yumushlar Mehnat haqidagi Qonunlar asosida “Ortish-tushirish ishlari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq belgilab qo‘yilgan. Ortish-tushirish ishlari ko‘tarish-tashish tuzilmalaridan foydalanib bajariladigan bo‘lsa, korxona ma’muriyati ishlarning xavfsiz amalga oshirishligiga javobgar shaxsni tayinlaydi. Bu shaxs yukni ortish-tushirish va tashish vositalari hamda usullarning to‘g‘ri tanlanishini kuzatib turishi lozim. Bunday ishlar tajribali xodim rahbarligida olib boriladi. Bunday shaxslar ”O‘zdavkontexnazorat” tashkilotlari vakili ishtirokida imtihondan o‘tkazilib, maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari shart hisoblanadi. Ish beruvchi (brigadir, master) yuk tushiriladigan maydonchani tayyorlaydi, yuklarni ortish-tushirish hamda taxlash tartibi va usulini aniqlaydi, ishlarni xavfsiz bajarish yo‘llari va usullari yuzasidan yo‘l- yo‘riq beradi, mexanizm va kranlar bilan ta’minlaydi. Ortish-tushirish ishlari asosan mexanizatsiyalashtirilgan usulda, ya’ni tushirgichlar yordamida, ishlar hajmi kichik bo‘lganida esa kichik mexanizatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.

Yuk tashuvchi mexanizmlar
Uzluksiz ishlaydigan lentali transportyorlar,xavo yordamida, rolganglar, tarnovlar
Avtomobillar, avto pogruzchiklar, elektropogruzchiklar temir yo’l vagonlari
Ko’prik kranlari, avtomobilga o’rnatiladigan aylanma kranlar, telfer, o’zi yurar aravachaga o’rnatiladigan tal
Yuk ko’tarish tashish uskuna va mashinalari “Davlatkontexnazorat”I idoralari tomonidan rasmiylashtiriladi. Texnik ko’rikdan o’tgandan so’ng ishlatilishi mumkin. Texnik ko’rik to’liq har 3yilda bir marta va qisman ko’rik esa har 12 oyda bir marta o’tkazilishi shart hisoblanadi. To’liq texnik ko’rikda yuk ko’tarish mashinalari yaxshilab qarab chiqiladi, statik va dinamik sinovlar o’tkaziladi
Statik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobilyaltini 25% ko’p yuk ortilgan holatda o’tkaziladi. Bunda yerdan 20-30 sm yuqoriga ko’tarilib, 10 minut davomida ushlab turiladi va shundan so’ng qoldiq deformatsiyalar sinchiklab tekshiriladi
Dinamik sinov mashinaning yuk ko’tarish qobilyatini 10%dan ko’p yuk bilan bir necha marta ko’tarib tushirib sinaladi.Har galgi sozlashdan so’ng yuk ko’taruvchi moslamalar sinovdan o’tkazilishi shart. Sinov meyoridagi yuk ko’tarish qobilyatidan 25% ko’p ortilgan holda bajariladi.
2011-yil1-apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasida
Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari
Hamda O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportidatashishga ruxsat berilgan Xavfli yuklar ro’yxati kuchga kirdi.
2011-yil 16-fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasida Xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida 35- son qarori qabul qilindi.
Xavfli yuklar
-o’ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo’lgani taqdirda tashish,yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar ,texnuka vositalari,qurilmalar ,bino va inshootlar,boshqa obyekt larning portlashi,yonishi yoki shikastlanishiga ,shuningdek odamlar hayoti va sog’ligiga,atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan moddalar materiallar,buyumlar,chiqindilar.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling