Yukning dinamik ta’siri 1- §. Umumiy tushunchalar


Download 218.12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi218.12 Kb.
#1446444
Bog'liq
ShVsIY0xvwzqG9UINTmWEYyLujSQNrA8HWfYJEex



331
XIII bob 
YUKNING DINAMIK TA’SIRI
 
1- §. Umumiy tushunchalar 
Yuklarni statik va dinamik turga bo‘linishi yetarli darajada shartli 
tushuncha. Ixtiyoriy yuk qo‘yilishi bilan inshoot alohida nuqtalari 
ko‘chish oladi, ularning ko‘chish tezliklari noldan eng katta 
qiymatgacha oshib borib, so‘ngra yana nolgacha kamayadi, ya’ni jism 
qismlari tezlanish bilan harakat qiladi. Bu hol ko‘chish yo‘nalishiga 
qarama – qarshi tomonga yo‘nalgan inersiya kuchlarini paydo bo‘lishiga 
olib keladi. Nyuton qonuniga asosan inersiya kuchi miqdori jism 
massasini tezlanishiga ko‘paytmasiga teng. Agar past tezlanishlardagi 
hosil bo‘luvchi inersiya kuchlari yukga nisbatan kichik bo‘lsa va ularni 
hisobga olmasa ham bo‘lsa, bu yuk statik, agar inersiya kuchi miqdori 
yuk bilan solishtirarli bir xil bo‘lsa dinamik yuk deyiladi. Nazariy 
mexanika fanidagi Dalamber prinsipiga asosan har bir alohida olingan 
vaqt uchun inersiya kuchini statikka aylantirish mumkin, ya’ni har bir 
vaqtda konstruksiya elementi tashqi va inersiya kuchlari sistemasi 
ta’sirida muvozanatda bo‘ladi. Inersiya kuchlari xususiy og‘irlik kuchi 
kabi hajmiy kuchlar toifasiga kiradi, ya’ni jism hajmi har bir nuqtasiga 
qo‘yiladi. Shu sababli ular hisoblash sxemalarida yoyilgan yuk 
ko‘rinishida tasvirlanadi. Masalan to‘satdan qo‘yilgan P kuch ta’siridagi 
sterjenning vertikal ko‘chishi (13.1-rasm). 
13.1-rasm. Inersiya kuchlarini yoyilgan yukka keltirish: 
a) kuch vertikal qo‘yilgan hol; b) kuch gorizontal qo‘yilgan hol. 


332
Hisob sxemasida hisoblashlarni soddalashtirish uchun jism 
bo‘yicha taqsimlangan massasini, bir yoki bir nechta nuqtalarga 
qo‘yilgan massalarga almashtiriladi, inshootni esa og‘irlikka ega 
bo‘lmagan, inersiyasiz deb olib, massalar jamlangan nuqtalarga inersiya 
kuchlarini qo‘yiladi (13.2-rasm va 13.3-rasm).

– 
inshoot b 
– 
hisob 
sxemasi 
13.2-rasm. Taqsimlangan 
massani bir nuqtaga keltirish 
13.3-rasm. Taqsimlangan 
massani bir nuqtaga keltirish 
Umuman olganda inshoot yoki uning biror qismiga qo‘yilgan 
yukni ikki yoki undan ortiq jismlar o‘zaro ta’siri deb olish mumkin
inersiya kuchlari inshootga qo‘yilgan yuk bilan qo‘shilib inshoot 
sterjenlari kesimlarida dinamik kuchlanishlarni hosil qiladi. Tashqi yuk 
ta’siridan hosil bo‘luvchi statik kuchlanishni, yuk va inersiya kuchi 
birgalikda ta’siridan hosil bo‘luvchi dinamik kuchlanishga nisbati  K
D
ni dinamik koeffitsient deyiladi. 



=
=
st
D
d
st
D
d
К
К
τ
τ
σ
σ
(13.1) 
Natijada mustahkamlik sharti ko‘rinishi
[ ]
[ ]
τ
τ
τ
σ
σ
σ

=

=
st
D
d
st
D
d
К
К
(13.2) 
K
D
kattaligi nazariy yoki tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. (13.1) 
ifodani ba’zi hollarda qo‘llash mumkin emas, xususan statik yuk 
bo‘lmagan hol, mos ravishda statik kuchlanish ham yuzaga kelmaydi, 
inshoot faqat inersiya kuchlari bilan yuklangan bo‘ladi. 
Quyida inshootga ta’sir etayotgan dinamik yuklar eng sodda hollari 
va taqriban hisoblash usullari keltiriladi. Murakkab hollar va 
hisoblashning aniq usullari “Inshootlar dinamikasi” fani doirasida 
o‘rganiladi.
 
m
1
m
2
m


a) 
b) 
a) b) 

Document Outline

  • Материаллар
    • XIII bob 
    • YUKNING DINAMIK TA’SIRI 

Download 218.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling