Yuksak intellectual salohiyatli, ma`naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetk`azishda O`zbekiston Respublikasi eng yangi tarixi fanining tutgan o`rni. Reja
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni
Download 31.86 Kb.
|
2 Yuksak
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.
XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi: Kimki tutmas qalbida tarixni, U inson ham emas, olim ham emas. Biroq kimki uqsa o‘tmishini, Ko‘p boyitar o‘z turmushini. Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar. Buyuk shaxslar ta’kidlaganidek, “Yoshlar bilan ishlashda ham yangi yondashuvlar kerak...”. Zero, bugungi yoshlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish hukumatimiz oldiga qo‘yilgan eng oliy maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yuqoridagi mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun- mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan. Qonunga ko‘ra, yoshlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidorining to‘liq ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Bu qonunning qabul qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yuzasidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi” kabi qator hujjatlar ishlab chiqilishga mustahkam zamin yaratdi. Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan- yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur. Binobarin, hukumatimiz yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi. Download 31.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling