Yuksak intellectual salohiyatli, ma`naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetk`azishda O`zbekiston Respublikasi eng yangi tarixi fanining tutgan o`rni. Reja
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “
Download 31.86 Kb.
|
2 Yuksak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun- mohiyatini talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak; O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bo‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, o‘z Ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat. Xulosa. Mustaqil O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Ayni paytda, O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan O‘zbekistonning eng yangi tarixi”ni o‘qitish, uning mazmun-mohiyatini ularga tushuntirish orqali, yuksak ma’naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov.I.A –”O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” NMIU 2011-yil I. Karimov ning “Yuksak ma’naviyat –Yengilmas kuch” Toshkent Ozbekiston 2008 yil 2. “Xalq so’zi” gazetasi 2011-yil 28-avgust 3. N. Jo’rayev, SH. Karimov “ Ozbekiston tarixi” 2-kitob, Toshkent 2011 yil 4. Q.Usmonov, N.Sodiqov “ O’zbekiston tarixi” Toshkent sharq nashriyoti 2003-yil “O’zbekiston Sovet mustaqilligi davri” Toshkent, Sharq 2000yil X. Ziyuyev “Tarix- o’tmish va kelajak ko’zgusi” Toshkent G’afur G’ulom 1998 yil. Download 31.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling