Yuksak maʼnaviyat yengilmas kuch


Download 11.16 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi11.16 Kb.
#1205079
  1   2
Bog'liq
E`zoza(1)


"Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuch" asarining inson va jamiyat hayotidagi oʻrni
Qarshiyeva E'zoza Oʻktamovna


Termiz davlat pedagogika instituti talabasi


Annotatsiya:Ushbu maqola "yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch asarining inson va jamiyat hayotidagi oʻrni haqida.Ma'naviyat tushunchasining mohiyati ma'no-mazmuni,salohiyati,yurtimizda yetishib chiqqan ma'rifatparvarlar hamda asarning butun jahondagi oʻrni asar haqida maʼlumotlarrni haqida bayon qiladi.
The role of the work "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" in the life of a person and sociaty
Qarshiyeva E'zoza Oʻktamovna


Pedagogical institute of Termiz State universitety
Annotation:this article is about the place of the work "yuksak manaviyat - yengilmas kuch" in the life of a person and societ.The essence of the concept of the spirituality, the potentsial of the intellektualls who grew up in our country, and the place of the work in the whole world, describes the information about the work.
Kalit soʻzlar:Inson, jamiat kelajak, fikr yoshlar, ruhiyat, imon-etiqod, millat, xalq, tarbiya, ma'naviyat, harakat, ma'naviy jasorat.
Mana'viyat insoniyatning kamolot darajasini belgilovchi murakkab serqirra tushuncha. Ma'naviyatning oʻrni ahamiyati ma'no-mazmuni muhtaram yurt boshimiz Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" asarida har tomonlama va chuqur tahlillar orqali yoritib berilgan. Ushbu asar 2008-

yil ma'naviyat nashriyoti tomonidan chop etilgan boʻlib 176 bet muqaddima va 4 bobdan iborat. Birinchi bob "Ma'naviyat- insonning ulugʻlanish va kuch- qudrat manbaidir"deb nomlanadi. Ushbu bobda"ma'naviyatni anglash", "maʼnaviyatni shakllantirishdagi asosiy mezonlar", "moddiyva ma'maviy hayot uzunligi" haqida tushunchalar berilgan.Ikkinchi bob "Mustaqillik - ma'naviy tiklanish yuksalish" deb nomlanadi. Bu bobda "milliy gʻoya va ma'naviy hayot","maʼnaviyat va jamiyatning yangilanishi","islohotlar va ularning ma'naviy mezoni"belgilangan. Uchinchi bob "Ma'naviyatga tahdid - oʻzligimiz va kelagimizga tahdid" beb nomlanadi. Ushbu bobda "globallashuv jarayonilari va ma'naviy tahdidlar", " fikirga qarshi fikir gʻoyaga qarshi gʻoya"lar berilgan. Toʻrtinchi bob "Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori" deb nomlanadi."Inson qalbiga yoʻl", "eng buyuk jasorat","xotima"dan iborat.Asar qaroqalpoq, tojik,turkman,qirgʻiz,qozoq tillariga tarjima qilinib, boshqa millat vakillarining ham ma'naviyatiga ta'sir etib kelmoqda.
Ushbu asarda keltirilgan ma'naviyat haqidagi tushunchalar, uni yuksaltirish haqida bildirilgan fikrlar faqatgina Oʻzbekistonni emas balki butun jahon, xususan, musulmon olamini oʻziga jalb etgan va Saudiya Arabistoni, Birashgan Arab Amirliklari, Misr, Arabiston Respublikasi, Quvayt, Bahrayn kabi mamlakatlarda asarning taqdimot marosimlari oʻtkaziladi.
Birinchi bobda: ma'naviyat inson ongi va ruhiyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan tushuncha har qaysi inson, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydigan alohida oʻrin tutishini taʼkidlalab oʻtadi va fikrlarni davom ettirib "Ma'naʼviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulgʻayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uygʻotadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezondir"fikirlari keltirilgan.Har qanday millat yoki xalqning maʼnaviyatini shakllantirishda uning tarixi, urf- odatlari, an'analari qadriyatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Asarda: chorizm mustamlakasi davrida maʼrifat gʻoyasini koʻtarib chiqqan jadid bobolarimiz Mahmudxoʻja
Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Isxoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma'rifatparvarlar oʻz shaxsiy manfaatidan kechib yurt manfaati uchun kurashgan ajdodlarimizning ilmiy- ijodiy merosi va faoliyatini diyorimizda Qori Niyoziy Toshmuhammad Sarimsoqov, Xabib Abdullayev, Safi Sirojiddinov, Obid Sodiqov,Sobir Yunusov, Yaxyo Gʻulomov, Boʻriboy Ahmedov, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Sayid Ahmad, Ozod Sharafiddinov, Lutfixonim Sarimsoqova, Xalima Nosirova, Olim Xoʻjaev, Razzoq Xamraev kabi nomlari dunyoga mashhur ilm-fan, madaniyat, san'at va adabiyot arboblarining yurtimizda yetishib chiqqanligi millatimiz ma'naviyatiga hissa qoʻshganligi haqida fikrlar keltirilgan.

Download 11.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling