Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot


Download 78.91 Kb.
bet5/8
Sana06.08.2023
Hajmi78.91 Kb.
#1665468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 (1)

Vatanparvarlik fidoyilik, hamjihatlik, tinchliksevarlik, dahldorlik, mardlikni;

  • insonparvarlik ezgulik, andishalilik, rahmdillik, saxovatlilik,kamtarinlikni;

  • axloqiylik odoblilik,olijanoblik, halollik, bag‘rikenglik, vijdonlilik, o‘z-o‘zini anglashni;

  • mehnatsevarlik tirishqoqlik, tashabbuskorlik, intizomlilik va ijtimoiy faollikni o‘zida mujassamlashtiradi.

    Ushbu fazilatlar uzviylik va uzluksizlik asosida shakllantirilib, rivojlantirib boriladi. Ushbu fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, xalq og‘zaki ijodiga, milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalariga, buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodiy merosiga, san’at durdonalariga, moddiy va ma’naviy yodgorliklarimizga, qadimiy urf-odat va milliy an’analarimizga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uning qanday shaxsiy fazilatlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.
    Shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari ichida “Ma’naviy kamolot” ga alohida urg‘u beriladi.
    “Ma’naviy kamolot” deganda har bir shaxsdagi u mansub bo‘lgan halq va millat, qolaversa, butun insoniyatga xos bo‘lgan eng yaxshi, asrlar davomida hayotda o‘zini oqlab, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilib, bezavol yashab kelayotgan axloqiy-ma’naviy fazilatlarning davr talablari aosida mujassamlashuvi tushuniladi. Bunday fazilatlar orasida ayniqsa, vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiylik, mehnatsevarlik singari tayanch tushunchalar alohida o‘rin tutadi.
    Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik deganda, insonning o‘z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo‘lmasin o‘z kuch va g‘ayratini ayamasdan sarflashidir. Vatanparvarlik xalqimizning tarixiy hayotida muhim o‘rin egallagan (Spitamen, To‘maris,Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, va boshqalar faoliyati). Masalan, qadimgi ajdodlarimizdan Metexon (milodning 209 yili) Vatan haqida: «Vatan bizning olish-berish qilsak bo‘ladigan mulkimiz emas. Uning bir parchasida mozorlarda yotgan, o‘tgan avlod-ajdodlarimizning xoklari, o‘zimizva qiyomatgacha tug‘iladigan avlodlarimizning haqlari bordir. U dushmanga berilishi mumkin emas»,- degan edi. Bu fikrlar har bir kishini hayratga soladi, albatta. Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun xalq og‘zaki ijodi janrlaridan tortib sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarini mukammal o‘rganishimiz lozimdir.
    Vatanparvarlik, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtini, yerini, elini e’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida qayg‘urish, g‘amxo‘rlik qilish, taraqqiyotga o‘zining munosib hissasini qo‘shish, o‘z davlati, mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo‘lganda unga o‘z hayotini bag‘ishlashidir.
    Vatanparvar bo‘lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o‘z vatani tuprog‘ini e’zozlash, qadriga etish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o‘tmishi va buguni, kelajagidir.
    Vatan tuyg‘usi shunday tuyg‘udirki, u inson qalbida doimiy, yo‘qolmaydigan tuyg‘udir. Vatanga mehr-muhabbat har bir insonga ona suti va tarbiyasi bilan singadi. Tug‘ilib, unib o‘sgan joy muqaddasdir. Ta’bir joiz bo‘lsa, shuni ta’kidlash mumkinki, Olloh tomonidan yaratilgan jonli mavjudotning ba’zilari o‘zlari tug‘ilgan joyni qo‘msab yashaydilar. Masalan, baliqni oladigan bo‘lsak, u tepalikdan katta og‘irlik bilan tushadigan suv qarshiligiga qaramasdan o‘zini shu qarshilikka borib uradi. Baliqning bunday harakatining sababi, u qachondir o‘sha suvning yuqori qismida tepalikda dunyoga kelgan.
    Shu maqsadlar hisobga olingan holda, «Vatanni sevmoq iymondandir» deb hadislarda aytilganligi bejiz emasdir.
    Vatanparvarlik - yuksak ma’naviyat burchi sifatida qaralmog‘i lozim. Vatanga, uning ravnaqiga faqat vijdonli, iymon-e’tiqodli, halol, insofli, mas’uliyatli shaxslar hissa qo‘shsalar, u rivojlanadi, moddiy noz-ne’matlar ko‘payadi. Xalq to‘q yashaydi. Orzu umidlar amalga oshadi. Vatan mavqei ko‘tariladi. Ta’kidlash lozimki, vatanparvarlik tuyg‘usi tug‘ma xislat emas, balki kundalik hayotda shakllanadigan ma’naviyatning bir bo‘lagidir xolos. Bas, shunday ekan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ham vatanparvarlik shakllanadi. Ijobiy shakllangan vatanparvarlik esa mamlakatning kelajagini buyuk qilishga olib keladi.
    Insonparvarlik tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. Insonparvarlik – bu insonga bo‘lgan mehr-oqibat, sadoqat, samimiyatdir.
    Insonparvarlik tushunchasida juda ko‘plab tushunchalar o‘z ifodasini topadi. Bu tushunchalarga misol qilib insoflilik, iymon-e’tiqod, ishonch, mehmondo‘stlik, hurmat-izzat, odillik, adolatparvarlik, saxiylik, sabr- toqatlilik, o‘zi va o‘zgalarni tushunish, sadoqatlilik, mehnatsevarlik, sidqidillik kabilarni olish mumkin. Binobarin, bu tushunchalar insonparvarlikning shakllanishida muhim omillardandir.
    Insonning insonparvarlik xislati o‘zining o‘z xalqi farzandi sifatida his etishi, shu xalq deb, mehnat qilishi, uning fidokori bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu xislat o‘z navbatida insonning ma’naviyat darajasini ham ko‘rsatadi. «Ma’naviyat-taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak». Mehnat qilmagan inson insonparvarlikdan, vatanparvarlikdan uzoq bo‘ladi. Mehnat qilish insonparvarlik, vatanparvarlik xislatlarini kamol topishida asosiy negiz hisoblanadi. Sababi, mehnat qilish umuminsoniy qadriyatlardandir. Insonparavarlik fazilatlarini shakllantirishda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga mos holda, vatan tarixi va adabiyoti, san’at, xalq og‘zaki ijodi, milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimidan foydalanish taqozo etiladi.

    Download 78.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling