Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari 1 – ma’ruza mashg‘ulot
Download 78.91 Kb.
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar Baynalminallik
- Vatanparvarlik
- Insonparvarlik
Savollar
Ma'naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi? Ma'naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini bilasiz? Ma'naviyatni rivojlantirish hozirgi davrda davlat siyosatining ustivor yo'nalishi darajasiga ko'tarilish sabablari nimada deb bilasiz? Shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantirishni belgilab beruvchi asosiy fazilatlar qaysilar? Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdagi asosiy mezonlar haqida shaxsiy fikringiz. Ma’naviyat haqida allomalarimizning ibratli so‘zlaridan misollar keltiring? I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari haqida ma’lumot bering. Inson ma’naviy kamoloti deganda nimani tushunasiz? Ma'naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab bering? Ma'naviyatning shaxs, millat, jamiyat hayotidagi o'rni nimada? Tayanch tushunchalar Baynalminallik – bu barcha xalqlar bilan do‘st bo‘lib, tinchlik va taraqqiyot uchun kurashga chorlovchi faoliyat. Bu axloqiy qoida sifatida vatanparvarlikni boyitadi va ayniqsa o‘z milliy qobig‘iga o‘ralib qolishga yo‘l bermaydi. Bag‘rikenglik – bu qadimiy qadriyat bo‘lib, o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lishdir. Vatan (arabcha «vatan» - ona yurt ) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug‘ilib-o‘sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Vatan, eng avvalo, ob’ektiv muhit, borliq, zamin bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishi ongida aniq tasvir, qiyofa, siymolar tarzida shakllanadi. Vatanparvarlik – bu ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish, e’zozlash. Vatan ravnaqiga har bir fuqaroning o‘z hissasini qo‘shishga erishishi.Vatanparvarlik – bu ona - Vatan, mustaqil O‘zbekiston tushunchalarini o‘z ongiga singdirish va unga sodiq bo‘lishga erishish. Insonparvarlik – odamzotning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashishi, insonning baxt-saodati, teng huquqligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoiyllari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Download 78.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling