Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1792365
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).

Ikkinchi guruh – insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan-to`g’ri ta`minlashga qaratilgan
fuqarolik jamiyatini alohida instituti – ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi
belgilab qo`yilgan konstitutsiyaviy qoidalardan iboratdir..
Konstitutsiyaning 67-moddasi bunga misol bo`la oladi. Unda qayd etilganidek: “Ommaviy axborot
vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda
javobgardirlar. Cenzuraga yo`l qo`yilmaydi”. Bunday qoida ilgari O`zbekistonning birorta
konstitutsiyasida, hattoki sobiq ittifoq konstitutsiyasida ham qayd etilmagan.


Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini
yuksaltirish
, matbuot, 
televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini
amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga
qo`ygan ustuvor vazifalardan biri etib belgilab qo`yilgan.Respublikamizda ommaviy axborot
vositalari erkinligi – konstitutsiyaviy tamoyillardan biri sifatida tan olindi. Shunga amal qilingan
holda ish olib borilmoqda.
Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea-hodisalar haqidagi barcha
ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik-axborot sifatida ommaga etkazib
turuvchi muassasadir. Buni ba`zan ommaviy axborot kommunikatsiyalari ham deb ataydilar.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davridanoq ommaviy axborot vositalarini
tom ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarish borasida bosqichma-bosqich
amalga oshirilayotgan uzviy islohotlar bugun ham mustahkamlanib borilmoqda.


Bugun O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni 13 million kishidan oshdi. 
Respublika hududida ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi. Mamlakatda Internet 
xizmatlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari provayderlari soni 921 tani tashkil qiladi, global 
tarmoqdan ommaviy foydalanish punktlari umumiy soni 963 taga yetdi.
O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga
olinmaganligini ham eslatish o`rinlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 1-
moddasida qayd etilganidek, “Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar,
axborot
agentliklari
, televidenie (kabelli, efir-kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, 
elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, 
mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”.
Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy
ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin.
1. Davlat ommaviy axborot vositalari - davlat tomonidan ta`sis etilgan yoki muayyan davlat
ulushi va davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan
ommaviy axborot vositalaridir.
2. Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga
esa nodavlat tashkilotlar
, jamoat
birlashmalari, xususiy shaxslar tomonidan ta`sis etilgan va ularning mablag’lari hisobidan
faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi.
3. Mahalliy ommaviy axborot vositalari-mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ta`sis
etilgan yoki ularning ulushi bo`lgan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar
hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, demakdir


Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va
rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay
ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbеkistonda
8250 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot, 870 dan
ortiq gazеta va jurnallar 100 ga yaqin davlat va
nodavlat tеlеradiostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. 
Rеspublikamizda faoliyat yuritayotgan OAVlar soni
2016 yilga kеlib 1200 tani tashkil etdi. Xususan, 
ularning 600 dan ziyodi viloyatlarda faoliyat
ko’rsatmoqda.





Birinchidan, davlat jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan
ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquq normalari yaratish orqali tartibga solib boradi. 
OAV ham o‘z faoliyatini muayyan huquq normalari asosida amalga oshiradi. Davlat
bunda OAVni tashkil etish, tugatish, ular faoliyatini litsenziyalash va kafolatlash kabi
masalalarga oid huquq normalarini belgilab beradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida OAV mulkchilikning turli xil shakllari ko‘rinishida
tashkil etiladi hamda ular bozor qonuniyatlari asosida faoliyat yuritadilar. Shu bilan birga, 
davlat OAVning barqaror faoliyat yuritishi hamda muayyan ijtimoiy funktsiyalarni amalga
oshirishlari uchun ularga har tomonlama yordam beradi.
Uchinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlatimiz 
o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda ularning mazmun va mohiyatini 
aholiga yetkazishda OAVdan asosiy vosita sifatida foydalanmoqda.
To‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarini shakllantirish 
jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida ishtirok etmoqda.
Beshinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarining huquq 
ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Fuqarolik jamiyati
institutini mustahkamlash
va rivojlantirish, OAVlarni
rivojlantirish bo’yicha bir
talay ishlar amalga
oshirildi. Bugungi kunda
O’zbеkistonda 8250 dan
ortiq nodavlat notijorat
tashkilot, 870 dan ortiq
gazеta va jurnallar 100 
ga yaqin davlat va
nodavlat
tеlеradiostantsiyasi
faoliyat ko’rsatmoqda. 
Rеspublikamizda faoliyat
yuritayotgan OAVlar soni
2016 yilga kеlib 1200 tani
tashkil etdi. Xususan, 
ularning 600 dan ziyodi
viloyatlarda faoliyat
ko’rsatmoqda.


•«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun
•(2007-yil 15-yanvar’);
•«Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’);
•«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’);
•«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002-yil 12-dekabr);
•«Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonun
•(1996-yil 30-avgust);
•«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006-yil 20-iyul’);
•«Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr);
•«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil 7-may);
•«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun
•(1999-yil 20-avgust).
Mustaqillik yillarida ommaviy
axborot vositalari faoliyatini
tartibga soluvchi quyidagi
qonunlar qabul qilindi: Istiqlolga
erishganimizdan so‘ng,
birinchi
navbatda
, sohaning huquqiy
bazasiga e’tibor qaratildi va
rivojlangan davlatlar
tajribalarini o‘rganish boshlandi. 
Ommaviy axborot vositalarining
xalqaro huquqiy asoslari bu
«Inson huquqlari xalqaro
umumjahon deklaratsiyasi, 
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar
to‘g‘risidagi xalqaro pakt», 
O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro tashkilotlar va boshqa
davlatlar bilan axborot
siyosatiga doir tuzgan bitim va
shartnomalari hisoblanadi. 
Mazkur huquqiy hujjatlar
axborotni izlash, olish, tarqatish
jarayonlari va ommaviy axborot
vositalari faoliyatini bevosita
yoki bilvosita tartibga soluvchi
normalardir.



Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling