Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda o’rta osiyo allomalari ilmiy me’rosini o’rni reja: «Ma’naviyat va ma’rifat»


Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar


Download 349.15 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi349.15 Kb.
#1153730
1   2   3   4
Bog'liq
ALLOMA

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» haqidagi farmoyishi asosida mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida mazkur o‘quv kursi joriy qilindi.
«Milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot!»dir.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari: -vatan ravnaqi;-yurt tinchligi;xalq farovonligi; ijtimoiy hamkorlik; millatlararo totuvlik; dinlararo bag‘rikenglik; komil inson.
Mamlakatimiz taraqqiy ettirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqqan holda milliy g‘oyani rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Zero, Harakatlar strategiyasini Milliy strategiyamiz desak ham adashmaymiz.
Davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-apreldagi «O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida taniqli olimlar, ekspertlar, ijodkor ziyolilardan iborat ishchi guruh tomonidan Milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi5. Mazkur konsepsiyada mamlakatimizda milliy yuksalish g‘oyasi asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar aks etgan. Yurtimizda tinchlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash ,demokratik tamoyillarni to‘liq qaror toptirish, inson huquq va erkinliklari, qonun ustivorligi va adolat,moddiy hamda ma’naviy hayotning barobar rivojlanishi o‘z ifodasini topgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» degan ulug‘ maqsad bosh g‘oya sifatida maydonga chiqmoqda.
Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tushunchalari orasiga kiritilgan «Yagona Vatan tuyg‘usi», «Adolat-qonun ustivorligida», «Xalq roziligi», «Jaholatga qarshi- ma’rifat», «Innovatsion taraqqiyot» tushunchalari milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari degan ulug‘ maqsad davlat va jamiyat hayotining barcha sohasini kompleks rivojlantirishni,xalqimizga bunyodkorlik va yaratuvchanlik ruhini baxsh etishni nazarda tutadi.
Jahon tarixiga nazar solsak,har bir xalq avvalo ma’naviy birlashuvi,milliy g‘oyasi bilan yuksalgan.Bugun yangi hayot qurish,rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham milliy g‘oya masalasi juda muhim ahamiyatga ega.

Milliy g‘oya mohiyatini to‘liq anglab etmagan,eski mafkurani tasavvur qilib,bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Shu bois Prezident mamlakatimiz mafkurasining asosiy goyasini ta’kidlab o‘tdi:
«Biz yaratayotgan yangi O‘zbekiston mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»,-dedi davlatmiz rahbari.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaror qilindi. Markazning «Ma’naviyat targ‘ibotchisi» o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi.
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida «Ijod» jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etildi.
2021-yil 26- mart kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasini va ta’sirchanligini oshirishda muhim ahamiyatga egadir.
Mazkur qarorda ma’naviy–ma’rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirishning ustivor yo‘nalishlari ko‘rsatib berilishi bilan birga ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari» g‘oyasining keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish vazifasi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek oila ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan6.
Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining o‘quv rejalariga «Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlarining kiritilishi har bir mutaxassisning nafaqat malakali kadr, balki ma’nan komil va yuksak inson bo‘lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir,-dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda, -Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi-ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadiyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat».
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik, ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni chuqurroq o‘rganib yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va

jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «
Download 349.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling