Yuksak o’simliklar ularning tavsifnomasi va sistematikasi


Download 48 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi48 Kb.
#1806747
1   2   3   4
Bog'liq
YUKSAK O’SIMLIKLAR ULARNING TAVSIFNOMASI VA SISTEMATIKASI

3. Moxsimonlar-Bryophyta. Moxsimonlar hayot kechirishi, ekologiyasi jihatidan suvo’tlariga yaqin guruh bo’lib, xarakterli xususiyatlaridan biri ildizini bo’lmasligi, o’tkazuvchi naylar hosil qilmasligi va yog’ochlangan shakillarining bo’lmasligidir.
Moxsimonlarga 35000 turdagi o’simliklar kiradi. yer yuzining barcha materiklarida turlicha tarqalgandir. Ayrim vakillari daraxt po’stloqlarida epifit hayot kechiradi.
Moxsimonlar asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o’rta mintaqasida keng tarqalgan. Ayniqsa o’rmon va botqoq xududida ko’p uchraydi. Moxsimonlarning kelib chiqishi masalasi turlicha xal qilinadi. Filogenetik sistema asoschilari A. Taxtadjan, G. Gayekkel fikricha moxsimonlar psilofitlardan kelib chiqqan. Amerika biologlari G. Fray va A. Klark moxsimonlarni ipsimon yashil suv o’tlaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Bu fikrlar K. Meyer tomonidan ham tasdiqlangan. Moxsimonlar avtotrof o’simliklardir. Ularning tanasi poya va barg hosil qiladi, ildizi bo’lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Rizoidlar epidermisini o’sishi natijasida hosil bo’ladi. Moxsimonlarda o’tkazuvchi naylar bog’lami hosil bo’lmaydi. Moxsiomnlarning o’lchami 20-40 sm ni tashkil qiladi.
Moxsimonlar jinssiz, jinsiy va vegetativ usulda ko’payadi.
Jinssiz usulda ko’payish sporafit nasl deb nomlanadi. Sporangiyda yetilgan sporalar qulay sharoitga tushib protonema yashil o’simtani hosil qiladi.
Jinsiy ko’payish moxsimonlarda anteridiy va arxegoniynnig hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Jinsiy nasl gametofit deb nomlanib, o’zida sporofit naslni saqlash xususiyatiga ega. Vegetativ ko’payish vegetativ tananing biror bo’lagi bilan amalga oshadi.
Klassifikatsiyasi. Moxsimonlar 3 ta sinfga bo’linadi.
1. Sinf Jigar moxlari - Hepaticae 2. Sinf poya bargli moxlar - Musci 3. Sinf antotserotlar - Anthocerotales.
Jigar moxlar sinfi. Bu sinfni shunday nomlanishga sabab sinf vakillaridan biri morshansiya avlodi tallomidan 19 asrda yevropada jigar kasalligini davolashda foydalanilgan. Jigar moxlar vakillari tanasi dorzoventral tuzilishda bo’lib, tanasining usti ostiga o’xshamaydi. Tallomlari, shakillari plastinkasimon bo’lib, poya va bargga bo’linmagan. Morshansiya ikki uyli o’simlik bo’lib, bir tallomida arxegoniy, ikkinchi tollomida esa anteridiy yetishadi. Marshansiya jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko’payadi, zax va soya yerlarda ya’ni o’rmonlarda va ariq bo’ylarida o’sadi.

Download 48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling