Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan


Sfagnumkabilar kichik ajdodi – Sphagnidae


Download 1.26 Mb.
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1542726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo’sintoifa o’simliklar (bryophyta) kurs ishi

Sfagnumkabilar kichik ajdodi – Sphagnidae
Bu ajdodchaga bittadan qabila (Sphagnales), oila (Sphagnaceae), turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq turlar kiradi. Keng tarqalgan turlariga S.cuspidatum, S. acutifolium, S. squarrosum kabilarni kiritish mumkin. Sfagnumlar ba‘zan torf yo’sinlari va oq yo’sin deb ham yuritiladi. Ular ko’p yillik o’t o’simlik Bo’lib, faqat sporadan o’sib chiqqan protonemada rizoidlar bo’ladi. Tanasi yumshoq, oqimtir yashil, qo’ng’ir yoki qizg’ish rangga ega. Poyasi shoxlangan. Tepa shoxlari poyasining uchida zich bo’lib, undan pastki shoxi esa bosh poyaga nisbatan ko’pincha gorizontal holda va poyaning pastki qismidagi shoxlari pastga qarab osilgan holda joylashgan. Poyasi uch qavatdan: tashqi gialoderma, undan so’ng skleroderma va markaziy qismi o’zakdan iborat. Sfagnumlarning poyasidagi barglari novdalaridagidan farq qiladi. Poyasidagi barglar siyrak, yirik novdadagi barglari esa zich joylashgan. Barglari yupqa, tomirsiz, ikki xil: uzunchoq, tirik, xlorofilli assimilyatsion hujayralardan va rangsiz, o’lik, spiralsimon yoki halqasimon qalinlashgan suv g’amlovchi–gialodermaga o’xshash ya‘ni gialinhujayralardan iborat. Bu hujayralar quriganda ichiga havo to’ladi va quqruq sphagnum oq tusga kiradi. Sfagnumlarning vegetativ organlari o’z og’irligiga nisbatan 30 barobardan ziyodroq suvni to’plash imkoniyatiga ega. Sfagnumlarning vegetativ ko’payishi novdalarining ajralishi tufayli, ba‘zan esa poyasi yordamida amalga oshadi. Sfagnumlar bir yoki ikki uyli o’simlik. Bir uyli vakillarida arxegoniy va anteridiylar tupning turli shoxchalarida joylashgan. Anteridiylar spiralsimon shaklga ega bo’lib, tepa shoxlarining qoplagich barglari Qo’ltig’ida bittadan joylashgan. Arxegoniylar esa qisqargan tepa shoxlarning uchki qismida 1-5 tadan o’rmashgan bo’ladi. Urug’lanish jarayonidan keyin zigota hosil bo’lib, unda sporogon taraqqiy etadi. Sporogonning uchki qismida qopqoqchasi bor, ostki qismi soxta peristom tishli. Ko’sakchaning ichida sporangiy taqasimon sharoitda plastinkasimon protonema, undan esa yangi sfagnum taraqqiy etadi. Sfagnumlar ko’proq shimoliy hududlarda, ayniqsa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy tumanlarida ko’p tarqalgan bo’lib, torfzorlar hosil qiladi. Bir metr qalinlikdagi torf qariyb 1000 yil mobaynida hosil bo’ladi. Torf xalq Xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladi. Torfda kul moddasi kam, lekin uglerodga boy bo’ladi. Boshqa o’simliklarning quruq vazni tarkibida 45 % uglerod bo’lsa, torfda 60 % gacha uglerod bo’ladi. Shuning uchun u eng yaxshi yoqilg’i hisoblanadi. Torfni quruq haydash yo’li bilan mum, parafin, fenol, karbon kislota, saxarin va spirt olinadi. Torf qishloq xo’jaligida organik o’g’it sifatida, torf chirindili tuvakchalar tayyorlashda, ekinlarni mulchalashda, sabzavot va mevalarni O’rab qo’yib saqlashda ishlatiladi. Torfdan karton va qog’oz tayyorlash mumkin. Torf shifobaxsh xususiyatga ham ega.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling