Yuksak sporali o’simliklar paleozoy erasi silur davrining o’rtalari-oxirida, qariyb 400-430 mln yil oldin kelib chiqqan


Download 1.26 Mb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1542726
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo’sintoifa o’simliklar (bryophyta) kurs ishi

2-rasm. Sfagnumning hayot sikli
A-sporogon; B-gametofit; M-meyoz; a-protonema; b-gametofit poyaning bir qismi; d-sporogonli gametofit; e-sporogon; 1-ochilgan anteridiy; 2-spermatozoid; 3-arxegoniy; 4-oyoqcha; 5-kolonka (ustun); 6-sporangiy; 7-sporogen to’qima; 8-soxta oyoqcha; 9-o’zak; 10-skleroderma; 11-gialoderma; 12-xlorofill to’qima; 13-gialin hujayrala
S. fimbriatum biroz xususiyatsiz ko'rinishi mumkin bo'lsa-da, u mikroskopsiz ishonchli tarzda aniqlanishi mumkin bo'lgan Sphagnum turlaridan biridir. Masala ikkita muhim xususiyatni izlashdir - (1) shoxlar ustida joylashgan katta kurtak bilan qoplangan yulduzsimon kapitulum va (2) bo'yidan kengroq va uchi bo'ylab o’tgan va eng yuqori barg chetlarida ham yirtilgan fimbriat poya barglari.

3-rasm. Sphagnum fimbriatum

Ko'zga ko'ringan poya va keng, yaxshi ko’rinadigan poya barglarining kombinatsiyasi faqat Britaniyaning shimoliy va g'arbiy qismida keng tarqalgan Sphagnum girgensohnii bundan mustasno, boshqa barcha yashil turlarni istisno qiladi. Ushbu turning poya barglarini tekshirish ularning kengligidan balandroq va faqat barg cho'qqisida yirtilganligini ko'rsatadi.


Yashil yo’sinkabilar kichik ajdodi (Briumkabilar) – Bryidae
Mazkur kichik ajdod 13 ta qabila, 85 ta oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular ko’p yillik yoki bir yillik o’simlik bo’lib, kattaligi 1 mm dan to 50 sm gacha, goho undan balandroq bo’lishi ham mumkin. Ko’pchiligi yashil rangli. Bu ajdodcha vakillari yakka holda yoki to’p bo’lib chim hosil qilib o’sadi. Ular tuproqda, daraxtlarning tanalari, shoxlarning po’stloqlari orasida, tog’ jinslarida rivojlanadi. Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to’qimalari birmuncha shakllangan bo’lsada, haqiqiy floema, ksilema elementlari taraqqiy ctmagan. Barglari turli shakllarda va tomirli yoki tomirsiz. Sporogonlari o’simlikning uchki yoki yon tomonida taraqqiy etadi, bandli. Ko’sakchasi pristom tishli, qopqoqchali, ochiladigan yoki ayrimlarida kleystokarp, ya‘ni ochilmaydigan. Sporalari yumaloq, bir yoki ko’p hujayrali bo’lib, diametri 5 dan 200 mikrongacha. Sporasi qulay sharoitda o’sadi va undan ipsimon protonema taraqqiy etadi. Ajdodcha vakillari juda sershox, yaxshi taraqqiy etgan ipsimon protonemaga ega bo’lishi bilan sfagnumkabilar va andreyakabilardan farq qiladi. Ajdodcha vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. Arktikadan to Antarktidagacha bo’lgan joylarda xilma-xil turlari o’sadi. O’rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya (Funaria) turkumining turlari va erta bahorda cho’lda, qumlarda tortula (Tortula) turkumi turlari, tog’larda esa kakku zig’iri (Polytrichum) turkumining ayrim turlari o’sadi.Funariya (Funaria) turkumi 200 turni o’z ichiga oladi. Nam o’lchagich funariya (F. hygrometrica) turi keng tarqalgan (151-rasm). Uni ariq va buloq Bo’ylarida, eski devorlarlarda, tarnov ostida va shaharning soyali nam joylarida uchratish mumkin. Uning bargi poyasiga zich o’rnashgan bo’lib, bo’yi 1-3 sm keladi. Poyasi och-yashil rangli bo’lib,yashil gilamlar hosil qiladi. Poyaning yer ostki qismida rizoidlar ko’p bo’ladi. Funariyaning ichki tuzilishida poya markazida O’tkazuvchi boylamlar, po’stloq ho’jayralari va tashqi tomondan epiderma bilan qoplangan. Bargi bir qavat hujayralardan iborat. Nam o’lchagich funariya ikki uyli bir jinsli o’simlik. Jinsiy a‘zolar–arxegoniy va anteridiylar to’plamlari poyasining uchida barglar orasida joylashadi. Anteridiyda urug’ hujayralar-spermatozoidlar hosil bo’lib, urug’lanish sodir bo’lishi uchun albatta suvli muhit bo’lishi shart. Urug’lanish natijasida zigota hosil bo’ladi, zigotaning bo’lina boshlashi bilan sporofit nasl rivojlanadi. Sporogon va unda sporalar etishadi. Sporagon band va Ko’sakchadan iborat. Ko’sakchada ikki qavatli peristom-ichki va tashqi bo’lib, u ikki qator tishchali bo’ladi. Unda elatera ipchalari bo’lmaydi. Spora tukilib nam muhitga tushgandan so’ng protonema va undagi kurtakdan gametofit rivojlanadi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling