Yulduzlarning absolyut kattaligi va yorqinligini hisoblash
Absalyut yulduz kattaligi
Download 0.7 Mb.
|
Madina
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yulduzlarning rangi va temperaturasi.
- E’tiborngiz uchun raxmat!
Absalyut yulduz kattaligi.Yulduz kattaliklarini aniqlashni va keyin shu asosda ularning haqiqiy yorqinliklarini solishtirishni maqsad qildilar. Bunday masofa sifatida astronomlar 10 parsekli masofani oldilar. Shunday qilib, yulduzlarning bizdan 10 parsek masofaga keltiril-ganda aniqlangan ko'rinma yulduz kattaliklari ularning absolyut yulduz kattaliklari deb ataladigan bo'ldi.Yulduzlarning rangi va temperaturasi.Ma'lumki, temir qizdirilayotganda, u dastlab to'q qizilrangga, keyin temperaturasi orta boshlagach, zarg'aldoq, sariq va oxirida oqrangga kiradi. Shunga o'xshab, yulduzlarning rangi ham ularning sirt temperaturalari haqida ma'lumot beradi. Xususan, Quyoshimiz sariqrangdagi yulduz hisoblanadi, sirtida temperaturasi 6000 K atrofida. To'q qizilrangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500-3000 K, zarg'aldoq rangdagilariniki 3500-4000 K, oqrangdagi yulduzlarning temperaturasi esa 17000-18000 K atrofida bo'ladi. Yulduz spektrining turli uchastkalaridagi nurla-nish energiyasining farqiga ko'ra, astronomlar ularning aniq rangini belgilaydilar va so'ngra yulduzning topilgan bu rang ko'rsatgichi asosida ham yulduzlarning temperaturalarini aniqlaydilar. Yulduzlarning rangi ko'krangga yaqinlashgan sayin ularning tempera-turalari ortib boradi. Bunday usullar bilan topilgan yulduz tempera-turasi faqat uning sirtiga taalluqli bo'lib, ularning ichki qismiga tegishli temperaturalari yulduzlarning spektri, massasi, zichligi va aniqlangan ichki bosimiga ko'ra nazariy hisoblashlar yordamida topiladi. Bunday yo'l bilan topilgan yulduzlarning ichki qismiga xos temperaturalar bir necha milliondan o'nlab million gradusgacha (markazida) boradi. Quyoshning markazida temperatura 16 million gradusni tashkil etadi. Qaynoq yulduzlarda esa u 100 million gradusgacha boradi.E’tiborngiz uchun raxmat!Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling