Yulduzli tunlar: roman / Pirimqul Qodirov. − Tоshkent: Yangi аsr аvlоdi, 2015. 668 b


Download 1.08 Mb.
bet52/54
Sana18.02.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1209349
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Yulduzli tunlar

ALBER KAMYU
«Begona»
84x108 1/32 476 bet, qattiq muqova
Alber Kamyu – XX asrning fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sifiz haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», «Begona» kabi asarlar muallifi.
A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylaydi.
Alber Kamyuning «Vabo» va «Begona» asarlari Ahmad A’zam tomonidan mohirona tarjima qilingan. «Hikmatlar», «Yon daftarchalar» asarlari esa I.Bek tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan.
Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
FYODOR DOSTOYEVSKIY
«Jinoyat va jazo»
84x108 1/32 876 bet, qattiq muqova
Jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan tarkib topgan «Kamolot kutubxonasi» rukni bu gal atoqli rus yozuvchisi Fyodor Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo» romanini taqdim etadi.
«Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik – illat. Birinchisida inson tug‘ma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yo‘qchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo‘lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yo‘qchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqega ega bo‘lish maq sadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon o‘z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o‘z aybiga iqror bo‘lishga majbur etadi.
Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go‘zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
IVAN TURGENEV
«Otalar va bolalar»
84x108 1/32 320 bet, qattiq muqova
Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Asardagi voqealar o‘sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tag-tugi bilan yo‘q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko‘rsatib beradi. Turgenev Bazarovdagi nigilizmni (barcha narsalarni inkor qilish) tasvirlash orqali rus yoshlariga xos salbiy jihatlarni ham namoyon etgan. Kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishga o‘rgatuvchi ushbu asar mutolaasi kitobxonga zavq baishlaydi, degan umiddamiz.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling