84x108 1/32 224 bet, qattiq muqova
A.S.Pushkin jahon she’riyatini
yangi taraqqiyot
bosqichiga ko‘targan, asarlari dunyo xalqlari tillariga
tarjima qilingan va hamon sevib o‘qilayotgan Firdavsiy,
Nizomiy, Navoiy, Bayron, Gyote singari buyuk shoirlar
sirasiga kiradi. Uning kitobxonlarni ham, mutaxas-
sislarni ham hayratga solib kelayotgan she’riy dahosi
«Yevgeniy Onegin» asarida o‘zining, ayniqsa,
porloq
badiiy tajassumini topgan.
1936-yilda buyuk shoir va adib Oybek tomonidan
katta mahorat bilan tarjima qilingan bu asar o‘zbek
xalqining rus shoiri ijodini
kashf etishida muhim
ahamiyatga molik bo‘ldi, o‘zbek she’riyatiga
yangi
adabiy janr va uslublarning kirib kelishi, she’riyati-
mizda poetik tafakkur va lirizmning chuqurlashishiga
samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Rus she’riyatining bu o‘lmas durdonasini adabiyot
shaydolari qizg‘in
kutib oladilar, degan umiddamiz.