Yuliy Yusupov: Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin?


Ortiqcha budjet xarajatlarini cheklash


Download 41.07 Kb.
bet4/5
Sana16.11.2023
Hajmi41.07 Kb.
#1777543
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHALLIY

Ortiqcha budjet xarajatlarini cheklashkerak bo‘ladi. Ular (imtiyozli kreditlar bilan birga) bugungi kunda pul massasi ortiqcha o‘sishining asosiy manbai bo‘lib kelmoqda. Davlat xarajatlarini (budjetdan tashqari fondlar xarajatlarini (YaIMning 35%)ni ham) iqtisodiyotimizning imkoniyatlariga muvofiq holga keltirish kerak! Ha, xarajatlarni qisqartirish (yoki o‘sishini cheklash) – unchalik ham xush yoqadigan chora emas. Biroq ortiqcha xarajatlarni faqat ortiqcha pul emissiyasi (bu inflyatsiya va bozor mexanizmlarining barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin) yoki soliqlarni ko‘tarish (bu biznesning raqobatbardosh bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, soliq islohotlarini yo‘qqa chiqaradi) evazigagina qoplash mumkin. Iqtisodiyotni liberallashtirish, soliq yukining kamayishi bir qancha vaqtdan keyin iqtisodiy rivojlanishning jadallashuvi va budjetga tushumlar ortishi ko‘rinishida ijobiy samara beradi. O‘shanda davlat xarajatlarini oshirishga qaytish mumkin. Hozir esa, “belni mahkamroq bog‘lash” talab etiladi.

Inflyatsiyaning boshqa omillari
Inflyatsiya boshqa omillar ta’sirida ham jadallashishi va yuzaga kelishi mumkin. Bular, avvalo, quyidagilardir:
Inflyatsiya–devalvatsiya” spirali
Agar milliy valyuta xorijiy valyutalarga nisbatan arzonlashayotgan bo‘lsa, bu import tovarlarning qimmatlashuvini anglatadi, u esa, inflyatsiyaning omili bo‘ladi. Biroq, boshqa tomondan olganda, devalvatsiyaning o‘zi ko‘pincha inflyatsiyaning oqibati bo‘ladi: ortiqcha pul massasi valyuta bozoriga chiqarib yuboriladi, xorijiy valyutaga talabni oshiradi, natijada milliy valyutaning “ichki” qadrsizlanishi uning “tashqi” qiymatida ham namoyon bo‘ladi. Ya’ni, inflyatsiya va devalvatsiya bir-birini to‘ldirib keladi. Shu sababli, ko‘pincha, inflyatsiyani jilovlash maqsadida (boshqa vositalar bilan birgalikda), inflyatsiya uchun “langar” sifatida, almashinuv kursini (bozor uslublari bilan) fiksatsiyalashdan foydalanadi. Lekin bu vosita pul emissiyasi qat’iy chegaralangan holdagina ish beradi. Aks holda, MB valyuta rezervlari bir pasda tugaydi va baribir devalvatsiya o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Hozir bizda valyuta bozori liberallashuvi amalga oshirilmoqda. Markaziy bank qanday almashinuv kursini qo‘llab-quvvatlashi kerak (yana bir bor ta’kidlayman – bu ma’muriy buyruqlar bilan emas, bozor uslublari bilan amalga oshiriladi), degan savol ko‘ndalang turadi. So‘mning qadrini tushirib, uni muvozanat darajasidan (ya’ni valyuta bozoridagi talab va taklif tengligini ta’minlovchi darajadan) past darajada belgilash jozibali ko‘rinadi. Masalan, talab va taklif muvozanatiga bir dollar uchun 7000 so‘m darajasida erishiladigan bo‘lsa (bu shartli ko‘rsatkich), almashinuv kursini sun’iy ravishda bir dollarga 8000 so‘m darajasida ushlab turish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun foydali bo‘ladi, chunki eksportimizni arzonroq, importni anchayin qimmat qiladi. Milliy valyutaning bunday sun’iy pasaytirilgan qiymatini ta’minlash ham murakkab emas – MB bozorda dollarni xarid qilib, ular o‘rniga so‘m bersa, kifoya. Biroq bu inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi: iqtisodiyotda so‘m ko‘payib ketadi, u narxlarning umumiy o‘sishini rag‘batlantiradi, buning ustiga import tovarlar dollar qimmatligi sababli qimmatlashadi.
Milliy valyuta kursini pasaytirish siyosatini eksportga yo‘nalganlik modelidan foydalanuvchi ko‘plab mamlakatlar qo‘llaydilar. Biz ham shuni amalga oshirishimiz lozim. Biroq bu modelni keyinroq, inflyatsiyani jilovlab olgandan keyin, qaytadan ko‘tarilib ketmasligi uchun ohistalik bilan qo‘llash talab qilinadi.
Maosh–narxlar” spirali
Iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining o‘sishi ish beruvchilar (jumladan davlat)ni ish haqini oshirishga majbur qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, inflyatsiyaning yangi bosqichini boshlab beradi: maosh ko‘tarilishi talab oshishiga (odamlarda ko‘proq pul paydo bo‘ladi) va bozor taklifi qisqarishiga (maoshning ortishi – bu ishlab chiqaruvchi xarajatlarining ortishidir) olib keladi, shuningdek ortiqcha budjet xarajatlari ham ortadi, ularni, birinchi navbatda, pul emissiyasi evaziga moliyalashtirishga to‘g‘ri keladi.
Shubhasiz, inflyatsiya sharoitida hukumat aholining ijtimoiy zaif qatlamlari manfaatlari haqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Biroq, shuni ham tushunish kerakki, ko‘p hollarda buning uchun qo‘llaniladigan choralar (davlat tarmog‘ida maoshlar oshirilishi, minimal ish haqining ko‘tarilishi) faqat inflyatsiyaning yangi bosqichini ochib beradi, u hukumatning say’-harakatlarini tezda qadrsizlantiradi. Bundan tashqari, valyuta bozorini liberallashuvi va moliya sohasining yetarli rivojlanmaganligi holatida maoshning ko‘payishi xorijiy valyutaga talabning ortishiga va “inflyatsiya–devalvatsiya” spirali ishga tushishiga olib keladi.
Shu sababli, inflyatsiyani jilovlash uchun hukumat aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangani ma’qul – bularga manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmlari, jamoat ishlarini tashkil qilish, xususiy biznes faoliyati uchun sharoitni yaxshilash (bu tadbirkorlarga boshqa xarajatlarni tejash hisobidan ish haqini ko‘tarish va ko‘proq ishchilarni yollash imkonini beradi).
Soliq–inflyatsiya” spirali
Inflyatsiya iqtisodiyotga soliq yukini kuchaytirishi mumkin, bu avvalo progressiv soliqlar (soliqqa tortiluvchi baza qanchalik katta bo‘lsa, soliq stavkasi shunchalik yuqori bo‘ladi) tufayli ro‘y beradi. Axir, oldinlari o‘rta yoki yirik deb hisoblangan va yuqoriroq soliq stavkalari bo‘yicha soliqqa tortilgan ish haqi inflyatsiya tufayli qiymatini yo‘qotadi, lekin yuqori stavkalar saqlanib qoladi.
Agar bizdagi vaziyat haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda rasmiy kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lanadigan bojxona to‘lovlari (mohiyatiga ko‘ra bular ham soliqlar) eng katta xavotir uyg‘otadi. Almashinuv kurslari birxillashtirilganda (bu yaqin kunlarda ro‘y beradi), rasmiy kurs kuchli devalvatsiyaga uchraydi. Pirovardida, to‘lanadigan bojxona to‘lovlari sezilarli darajada ko‘tariladi, bu import tovarlar qiymatining ortishini anglatadi, binobarin, inflyatsiyaning yanada avj olishiga xizmat qiladi. Shu sababli, hukumat rasmiy almashinuv kursi devalvatsiyasidan avvalroq yoki u bilan bir vaqtda bojxona to‘lovlari stavkalarini qisqartirishi juda muhim. Aftidan, hukumat bu masala ustida ish olib borayotgan ko‘rinadi.

Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling