Yuliy Yusupov: Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin?


Download 41.07 Kb.
bet1/5
Sana16.11.2023
Hajmi41.07 Kb.
#1777543
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHALLIY








MAHALLIY
Yuliy Yusupov: Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin?
04.09.2017, 11:18 23682
“Kommersant.uz” nashrida Yuliy Yusupovning “Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin” sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

Foto: “Kommersant.uz”
Iqtisodiy islohotlar avj pallasiga chiqdi. Valyuta bozori liberallashuvi jarayoni kechmoqda, erta-indin almashinuv kurslari tenglashadi, aholi va biznes valyutani banklarda va almashinuv shoxobchalarida bemalol sotish-xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eksport uchun baryerlar qisqaradi. Biznesni yuritish uchun ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, tadbirkorlarning moddiy resurslardan foydalanishini yengillatish bo‘yicha choralar rejalashtirilmoqda. Soliq islohoti muhokama etilmoqda. Bank islohoti eshik qoqmoqda. Raqobatni rivojlantirish va biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilmoqda. Ma’muriy islohotlarni o‘tkazish rejalari chop etilmoqda.
Ushbu choralarning amalga oshishi bozor mexanizmlarining ishlashi uchun sharoitlarni anchayin yaxshilaydi, demakki, mahsulotlarimizning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni, sotuv va bandlikni kengaytirish uchun asos va rag‘bat paydo bo‘ladi.
Reklamani yopish
Bularning bari iste’mol tovarlari va xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va butlovchi qismlar, ishchi kuchi, moliya, valyuta bozorlarining samarali va birgalikda ishlashini nazarda tutadi. Shuningdek, hukumatning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun turli xildagi pul va budjet siyosati vositalaridan foydalanishini taqozo etadi. Lekin, bu bozorlar yaxshi, beto‘xtov ishlashi, hukumat esa, bozor iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan samarali foydalana olishi uchun, bir o‘ta muhim shartni bajarish – kuchli inflyatsiyani yo‘qotish kerak.

Download 41.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling