Yuliy Yusupov: Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin?


Inflyatsiya, pul emissiyasi va ortiqcha budjet xarajatlari


Download 41.07 Kb.
bet3/5
Sana16.11.2023
Hajmi41.07 Kb.
#1777543
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAHALLIY

Inflyatsiya, pul emissiyasi va ortiqcha budjet xarajatlari
Inflyatsiya yuzaga kelishining asosiy sababi – real iqtisodiy o‘sish sur’atlariga nisbatan pul massasi o‘sish sur’atining oshib ketishidir. Ya’ni, misol uchun, YaIM bir yilda real ko‘rsatkichda (narx ko‘tarilishini hisobga olmaganda) 5 foizga, pul massasi esa – 15%ga o‘sgan bo‘lsa, o‘rtadagi farq (10% = 15% — 5%) – bu oriqcha pul massasining o‘sishi, u inflyatsiyaning asosiy manbai bo‘ladi.
Pul massasi (agregat M1) va narxlarning umumiy darajasi (iste’mol narxi indeksi) o‘sishi, 1980–1990-yillarda, foizlarda

Muomaladagi pul miqdorini nazorat qilish Markaziy bank vazifasiga kiradi. MB pul masasiga uchta asosiy yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
– ochiq bozordagi amaliyotlar – valyuta va qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va sotish orqali (agar MB sotib olsa, milliy valyuta bilan to‘laydi va bu bilan muomaladagi pul massasini oshiradi, agar sotsa – aksincha bo‘ladi);
– tijorat banklariga kreditlar taqdim etish orqali (kreditlar qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha beriladi, shu sababli, agar MYu pul massasini qisqartirishni xohlasa, u qayta moliyalash stavkasini oshiradi, bu bilan undan qarz olishga rag‘batni susaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklarining o‘z kreditlari qimmatlashuviga va biznes hamda aholi tomonidan pulga talab kamayishiga olib keladi; binobarin, pul massasini ko‘paytirish uchun qayta moliyalash stavkasini tushirish zarur);
– davlatning ortiqcha xarajatlarini (ya’ni, davlatning budjet daromadlaridan ziyod xarajatlarini) moliyalashtirish orqali.
Bizning vaziyatimizda, narxlarning umumiy o‘sishini to‘xtatishni istasak, yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarishimiz mumkin:

  1. Markaziy bank ochiq bozorda amaliyotlar o‘tkazish va tijorat banklariga arzon kreditlar berish orqali pul emissiyasini cheklashi zarur. Shu jihatdan, yaqinda amalga oshirilgan qayta moliyalash stavkasini 9%dan 14% ga ko‘tarish to‘g‘ri tanlov bo‘ldi. Boz ustiga, bank tizimi liberallashuvida qayta moliyalash stavkasini yana ham yuqoriroq ko‘tarishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu vaqtinchalik, inflyatsiyani jilovlash uchun ko‘rilgan chora bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlik ta’minlanganidan keyin stavkani kamaytirish, kreditlarning biznes va aholi uchun hamyonbop qilish mumkin bo‘ladi.


  2. Download 41.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling