Yuliy Yusupov: Inflyatsiya nimasi bilan zararli va unga qarshi qanday kurashish mumkin?
Iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashganligi
Download 41.07 Kb.
|
MAHALLIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya xavotiri
Iqtisodiyotning yuqori darajada monopollashganligi
Iqtisodiyotimizning ko‘plab tarmoqlarida, afsuski, raqobat muhiti juda bo‘sh. Bu, ko‘p jihatdan, alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlari uchun ko‘plab imtiyozlar (soliq, konvertatsiya, kredit, moddiy resurslardan foydalanishdagi) borligi, shuningdek bozorga yangi ishtirokchilar kirishi uchun to‘siqlar mavjudligi hamda tashqi raqobatdan yopiq ekaniga bog‘liqdir. Monopolchi korxonalar, bozordagi o‘zlarining istisnoviy mavqelaridan foydalanib, o‘ta yuqori monopol daromad olish maqsadida narxlarni osmonga ko‘tarib yuboradilar. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurashishda raqobat yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish muhim: barcha ishtirokchilar uchun teng o‘yin qoidalarini tuzish, bizda yuzaga kelgan imtiyozlar va ustuvorliklar tizimini parchalash, bozorlarga yangi ishtirokchilar kirishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish. Inflyatsiya xavotiri Inflyatsiya sharoitida aholi va tadbirkorlar, pullarining qadrsizlanishidan xavotirlanib, naqd puldan, plastik kartochkadagi va talab qilib olinguncha omonatlardagi mablag‘lardan imkon qadar tezroq qutulib qolishga harakat qiladilar (bu hodisa odatda “puldan qochish” deb ataladi). Natijada pul birliklari muomalasi tezligi ortadi, bu esa, pul massasi ko‘paygandek samarani beradi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda sotuvchilar tovarning bugungi kundagi narxiga ertangi inflyatsiyani kiritadilar, ya’ni mahsulotlarini aslidan qimmatroqqa sotishgagina rozi bo‘ladilar. Inflyatsiya xavotiri, avvalo, aholi va biznes davlatning inflyatsiyani jilovlay olishiga ishonmasligiga bog‘liqdir. Shu sababli, inflyatsiyaga qarshi kurash qat’iy, izchil va ochiq bo‘lishi lozim. Faqat shundagina aholi va biznes inflyatsiya xavotiridan voz kechadi, bu esa narx o‘sishiga qarshi kurashning muhim omili bo‘ladi. Inflyatsiya xavotiri, avvalo, aholi va biznes davlatning inflyatsiyani jilovlay olishiga ishonmasligiga bog‘liqdir. Ko‘ramizki, inflyatsiya o‘zini o‘zi yuzaga keltira olish xususiyatiga ega (“maosh–narxlar”, “inflyatsiya–devalvatsiya”, inflyatsiya xavotiri va boshqalar). Shu sababli, inflyatsiyani bartaraf etish uchun, shunchaki pul emissiyasini cheklashning o‘zi yetarli emas. Narx o‘sishining barcha asosiy sabablariga ta’sir ko‘rsatuvchi kompleks choralar tizimi talab etiladi. Yana bir bor ta’kidlayman: amalga oshirilayotgan islohotlar “uyqusirab” turgan xususiy tashabbus va tishbilarmonlik kuchlarini uyg‘otayotgan, bozor mexanizmlari to‘laqonli ishlay boshlayotgan bugungi kunda inflyatsiyaga qarshi kurashish ayniqsa muhimdir. Kuchli inflyatsiya xususiy tashabbusni va resurslarni ishlab chiqarish faoliyatidan chayqov tomonga burib yuboradi, moliyaviy tizimning omonatlarni investitsiyalarga aylantirish imkoniyatlarini cheklaydi, bozor kuchlarining iqtisodiyotimiz samaradorligini oshirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu sababli ushbu yovuz kuchga qarshi inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi va kuchaytiruvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga olgan holda kurashishga kuch tashlash nihoyatda muhim. FacebookTwitterLinkedInTelegramEmail Download 41.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling